|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari univers
|
bet | 3/15 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 420,43 Kb. | | #121573 |
Bog'liq falsafa 2023yQadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat
o‘ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o‘rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo‘jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo‘liga o‘tgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo‘lishini o‘ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bi- limlar rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Bunday ruhdagi falsafıy g‘oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551-479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hik- matlari», ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta’limotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezonlar aks etgan.
Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda mil- liy g‘oyalar majmuyi, millatning mafkurasi sifatida odamlarning ma’naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. U hozirgi Xitoyda ham o‘zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi
— taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukm- dori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi.
Tartib, Konfutsiy nuqtayi nazariga ko‘ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgi- laydi. U, ya’ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binoba- rin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib — insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyat- laridan biridir.
Konfutsiyning ta’kid1ashicha, shaxs faqat o‘zi uchun emas, balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfutsiy ta’limotida insonning hayotdagi ijtimoiy o‘rni nihoyatda ulug‘, u o‘ziga ra o ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rmasligi, o‘ziga ravo ko‘rgan narsani boshqalariga ham ra o ko‘rishi lozim. Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik g‘oyalari takomilida muhim o‘rin tutgan.
Qadimgi Xitoyning ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao- Szidir (VI—V asrlar). Uning ta’limotiga ko‘ra, olam, jamiyat va in- son hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni — tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg‘unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko‘ra, olamning asosini tashkil etu chi «Si», ya’ni beshta unsur — olov, suv, havo, yer na yog‘och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi.
Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy va o‘zgarmas, hara- katsiz holda bo‘lishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ik- kinchi holatga o‘tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash, ya’ni In na Yan orasidagi munosabat — bizni o‘rab tur- gan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbayidir .
In va Yan o‘rtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayo- nida doimo yaxshilik tomonida turishi, o‘zini qurshab turgan ta- biat va atrofdagi olamga mehr ko‘rsatishi lozim. Bo‘lmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao- Szi bu o‘rinda ekologik falokatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta o‘ch oladi», degan edi Lao-Szi. Buni ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi.
Umuman, tabiat, jamiyat va insonga nisbatan ehtiyotkor mu- nosabatda bo‘lish, Ona zamin va Vatanni asrab-avaylash, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda yaxshilik tomonida turish — qadimgi xalqlarga xos bo‘lgan falsafaning bosh g‘oyalaridir. O‘sha, hamma narsa oddiy tushunilgan qadim zamonlardayoq buyuk aql egalari odamlarni tabiatni asrashga, insonni qadrlashga chaqirgani bejiz emas.
Afsuski, odamzod nasii o‘zi yaratgan buyuk daxolarning barcha o‘gitariga hamma vaqt ham quloq solavermagan. Ilm va fanda necha-necha kashfıyotlar qilingan, ammo ulardan o‘z vaqtida kerakli tarzda foydalanilmaganiga ko‘hna tarix guvoh. Bugun ham ajdodlarimizning Vatan, tabiat, jamiyatni asrash, undagi tartib va qoidalarni buzmaslık to‘g‘risidagi da’vati eskirgani yo‘q. Yillar, asrlar o‘tishi ularning qadrini tushirmaydi
Arab xalifaligi va Islom falsafasi.
Movarounnahr arab xalifaligi tarkibiga kiritilishi arafasida Turk qog‘onoti tizimiga mansub edi. U mayda amirliklardan iborat bo‘lib, ular o‘rtasida tinimsiz to‘qnashuvlar ro‘y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog‘onoti bi- lan sosoniylar Eroni o‘rtasidagi to‘qnashuvlar o‘ta shiddatli tusda yuz berar edi.
XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu hudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movaroun- nahr hududida yashovchi xalqlar, Ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo‘qligi, o‘zaro qirg‘in-barotlarning avj olishi sabab bo‘ldi.
Movarounnahrga arab xalifaligi bilan birga Islom dini ham kirib keldi. Ushbu dinning nazariy asoslari musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lmish Qur’on va Hadislarda aks etgan bo‘lib, Islom asrlar davomida yurtimiz tarixi va xalqimiz tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Bu haqda manbalar ko‘p va biz shu sabab bu to‘g‘rida keng to‘xtamaymiz. Islom falsafasi va uning nazariy hamda amaliy masalalari haqida ham yurtimizda manbalar bisyor.
Islomda kalom ilmi shakllangan va u islom ilohiyotining o‘ziga xos falsafıy ta’1imotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishda Qur’onga tayanadi va Ollohning haqligi, uni olamning yaratuv- chisi ekanligi, olam va insonning Olloh tomonidan yaratilgani va odamzodning tangri oldida mas’ul ekanligini ta’kidlaydi.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom vafotlaridan buyon o‘tgan asrlar davomida Islomda turli mazhablar va oqimlar shakllandi, kalom bilan yonma-yon ma’naviy jarayonlar silsilasida mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o‘rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari ham namoyon bo‘ldi.
Qadimgi Yunon falsafasi an’analarida siyosiy faoliyat va donishmandlik ko‘p hollanda bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan bo‘lsa, Islom falsafasida siyosatga, aksincha, inson faoliyatining yuksak bir shakli sifatida qaraladi. Islomda davlatni boshqarish — bu san’at, ammo u ‹Olloh hammani teng qilib yaratgan» degan ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilmog‘i zarur, ijtimoiy adolat esa teng huquqlilikka amal qilish tufayli barqaror bo‘la oladi, deb hisoblanadi.
Diniy bag‘rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili. Musulmon Sharqi, jumladan islom joriy etilganidan keyin Vatanimiz hudu- didan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning muhim muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mutafakkir islomiy qadriyatlar mavzuni chetlab o‘tmagan.
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Moturidiy va imom Burxoniddin Marg‘inoniylar peshqadamlik qilganlar. Imom Buxoriy (810-870-yillar) yirik ilohiyotchi, mu- haddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to‘plagan, ulardan ishonchli deb topganlarini maxsus to‘plam holiga keltirgan. Bu to‘plam ‹Saxixi Buxoriy» nomi bilan mashhurdir. Imom iso Termiziydan (824-892) «Sunani Termiziy meros bo‘1ib qolgan. Bu mazhab- ning muhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu Mansur Moturidiy (vafoti 944-y.)ning «Tavhid» va «Ta’vilot» asar- larida va Burhoniddin al-Marg‘inoniy (1123—1197)ning Hidoya» to‘plamida o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Dunyoviy ilmlar sohasida Muhammad al-Xorazmiy (783—850) va Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 797—865) butun musulmon Sharqi va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk allomalardir. Muhammad al-Xorazmiy arab xalifaligining poytaxti Bag‘dodda «Donishmandlik maskani» (•Bayt ul-hikma••) ga rahbarlik qilgan. Uning «Astronomiya jadvali», ‹Hind hisobi to‘g‘risida risola», «Quyosh soati to‘g‘risida risola», «Musiqa haqida risola», «Tiklash va qarshi qo‘yish hisobiga oid muxtasar kitob» kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi.
Sharq xalqlari orasida «Buyuk matematik» unvoniga sazovor bo‘lgan Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 798-y.da Quvada tug‘ilgan)
astronomiya va matematika sohalarida nom taratdi. Uning
«Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob», «Astronomiya asoslari» asarlarida koinot xaritasi tuzdi.
Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo‘g‘rofiy kengliklar to‘g‘risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma’lumotlar berilgan, ilm-fanning yangi yo‘nalishlariga asos solingan. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda hissiy va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida dunyoqarashni shakllantirishning muhim omillari bo‘lib keldi va undan keyin yashagan ilm ahliga ta’siri sezilib turdi.
XIV asrning oxiri-XV asrning boshlarida Amir Temur amalga oshirgan harbiy yurishlar natijasida o‘lka mustaqilligi qo‘lga kiritildi. Temur va temuriylar davrida uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu ilm-fan va madaniyatning gullab-yashnash bosqichi bo‘ldi. Ma’naviyatga homiylik harakati avj oldi. Bunga Samarqandda Ulug‘bek astronomiya maktabining vujudga kelishi, rasadxonaning qurilishi, mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqalarning fandagi jonbozligi yaqqol misoldir.
Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir.
Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o‘tgan. u qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan.
Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari univers
|