|
Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o‘z aksini topgan
|
bet | 2/15 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 420,43 Kb. | | #121573 |
Bog'liq falsafa 2023yHindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o‘z aksini topgan.
Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan.
Qadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o‘ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o‘rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo‘jalik shakli yuzaga kelgan.
Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o‘z o‘rniga ega. U diniy-falsafiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan.
Zardo‘shtiylik ta’limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo‘lgan davr mahsuli bo‘lgan diniy-falsafiy ta’limotlardan biri zardo‘shtiylikdir.
Moniy ta’limoti yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. u zardo‘shtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan.
Tasavvuf va uning tariqatlari. Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko‘pgina ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplatonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo‘ldi.
Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohiyotchisi Abu Homid Fazzoliyning (1059-1111) «Diniy ilmlarning tiriltirilishi» asarida bayon etilgan.
Rasmiyatchilik, aqidachilikni tasavvuf ahli qabul qilmagan.
Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan.
Kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubrodir (1154-1226). Xevada tug‘ilgan, yozgan asarlari orasida «Sharhus-sunna val-masolih", «Usuli ashara», «Favoihul-jamol» kabilar mashhurdir.
Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviydir (1166 yilda vafot etgan). U Turkistonning Sayram muzofotida tug‘ilgan, mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140 yilda vafot etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga yetgan, orif maqomiga erishgan.
Bahouddin Naqshband (1318-1389 yillar) naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o‘z aksini topgan
|