Kompyuterni boshqaruvchi dasturlar haqida




Download 212,5 Kb.
bet6/15
Sana23.01.2024
Hajmi212,5 Kb.
#143653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KAMCHIBEKOVA RAYXONOY KKKK
JORAYEV.SH, Tavsifnoma F, O`zbеkiston Rеspublikasi (1), 1-mavzu «Talaffuzi og‘ir bolalar bilan ishlash metodikasi» fani, Korrespondensiya (3), Korrespondensiya (3), 3-mavzu.google uchun vaqtincha, 1.1.1, Dunyoqarashning mohiyati1-mustaqil ish, O’rnatilgan tizimlarda rfid-fayllar.org, 1-mustaqil ishi topshirdi D. Egamberdiyev Qabul qildi G`aniyev A, AZIMOVA DURDONA, 7- amaliy ish Mavzu Openssl kutubxonasidan foydalangan holda ma, www rkaiser de c-winforms-tutorial
1.2. Kompyuterni boshqaruvchi dasturlar haqida.
Dasturiy taʼminot yoki Software bu Komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi tushuniladi. Aynan shu dasturiy taʼminotgina kompyuter — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama software yaʼni „soft“ — yumshoq, „ware“ — „mahsulot“ degan maʼnoni bildiradi. Dasturiy taʼminot 3 guruhga boʻlinadi: 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi: Task Manager (Windows OSda mavjut)), 2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : Microsoft Office, Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlassdir). Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi. Hisoblash tizimi tarkibi konfigurasiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib o’rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfigurasiyasi va dasturiy konfigurasiyasi alohida olib o’rganiladi. Bunday bo’linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki ko’p xollarda alohida olingan masala echimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin. Apparat ta’minoti. Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfigurasiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bo’lgan apparat konfigurasiyani tayyor blok va qismlardan yig’ib olish mumkin. Qurilmalarning, markaziy prosessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz. Tashqi qurilmalar, qoida bo’yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda periferik qurilmalar ham deb ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mo’ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi. Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi o’tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyayatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir.
Dasturiy ta’minot Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Кompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog’liqligi yo’qdek ko’rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan. Кompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog’lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida ko’rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko’rib chiqish shartli ekanlgini sedan chiqarmaslik kerak. Кompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy konfigurasiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi o’zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko’pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog’lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va o’zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo’lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni o’zaro aloqada bo’lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni o’rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatasiya qilish va texnik xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti 7 sathiga ega bo’lgan hisoblash tizimi ko’p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni o’rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi. Rasm 1. Asos dasturiy ta’minoti. Dasturiy ta’minotning eng quyi sathi-asos dasturiy ta’minotidan iboratdir. Bu ta’minot asos apparat vositalari bilan aloqaga javob beradi. Qoida bo’yicha, asos dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dastur va ma’lumotlar doimiy xotira (DX) mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida yoziladi va ularni ishlash jarayonida o’zgartirish mumkin emas. Amalda, ishlatish vaqtida asos dasturiy vositalarini o’zgartirish zaruriyati kelib chiqsa, DX mikrosxemasi o’rniga qayta dasturlash imkoniga ega bo’lgan doimiy xotira qurilmasidan foydalaniladi. Bu xolda DX mazmunini hisoblash tizimi tarkibida bevosita o’zgartirish mumkin (bunday texnologiya flesh texnologiya deb ataladi), yoki hisoblash tizimidan tashqarida, maxsus programmator deb ataladigan qurilmalarda bajariladi.
Tizimli dasturiy ta’minot. Bu sathdagi dastur, kompyuter tizimining boshqa dasturlari va bevosita apparat ta’minoti bilan o’zaro bog’lanishni ta’minlaydi, ya’ni bu dasturlar dallollik vazifasini o’taydi. Amaliy dasturiy ta'minot Xizmatchi dasturiy ta'minot Asos dasturiy ta'minot Tizimli dasturiy ta’minot Butun hisoblash tizimining ekspluatasiya (ishlatish) ko’rsatkichlari ish sathining dasturiy ta’minotiga bog’liqdir. Masalan, hisoblash tizimiga yangi qurilma ulash vaqtida boshqa dasturlarni shu qurilma bilan bog’lanishini ta’minlash uchun, tizimli darajada dastur o’rnatilishi kerak. Aniq qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishga javob beruvchi dasturlar qurilma drayverlari deyiladi va ular tizimli sath dasturiy ta’minoti tarkibiga kiradi. Tizimli sath dasturlarining boshqa sinfi foydalanuvchi bilan bog’lanishga javob beradi.Aynan shu dasturlar yordamida foydalanuvchi, hisoblash tizimiga ma’lumotlarni kiritish, uni boshqarish va natijalarni o’ziga qulay ko’rinishda olish imkoniga ega bo’ladi. Bunday dasturiy vositalar, foydalanuvchi interfeysini ta’minlash vositalari deb ataladi. Кompyuterda ishlash qulaylgi va ish joyi unumdoligi bu vositalar bilan bevosita bog’liqdir. Tizimli satx dasturiy ta’minoti majmuasi kompyuter operatsion tizimi yadrosini tashkil etadi. Operasion tizimning to’liq tushunchasini biz keyingi boblarda ko’rib o’tamiz, bu erda esa biz faqat, agar kompyuter tizimli sath dasturiy ta’minoti bilan jihozlangan bo’lsa, u holda kompyuter yanada yuqori darajadagi dasturni o’rnatishga va eng asosiysi dasturiy vositlarning qurilmalar bilan o’zaro aloqasiga tayyorligini bildiradi. Ya’ni operatsion tizim yadrosi mavjudligi – insonni hisoblash tizimida amaliy ishlarni bajarish imkoniyatining zaruriy shartidir. Xizmatchi dasturiy ta’minot. Bu dasturlar ham asos dasturiy ta’minot bilan, ham tizimli dasturiy ta’minot dasturlari bilan bog’langan. Xizmatchi dasturlarning asosiy vazifasi (ularni utilitalar deb ham ataladi) kompyuter tizimini tekshirish, sozlash va tuzatishdan iboratdir. Кo’p hollarda ular, tizimli dasturlarning funksiyasini kengaytirishga va yaxshilashga mo’ljallangandir. Dasturiy ta’minotning eng quyi sathi-asos dasturiy ta’minotidan iboratdir. Bu ta’minot asos apparat vositalari bilan aloqaga javob beradi. Qoida bo’yicha, asos dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dastur va ma’lumotlar doimiy xotira (DX) mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida yoziladi va ularni ishlash jarayonida o’zgartirish mumkin emas. Amalda, ishlatish vaqtida asos dasturiy vositalarini o’zgartirish zaruriyati kelib chiqsa, DX mikrosxemasi o’rniga qayta dasturlash imkoniga ega bo’lgan doimiy xotira qurilmasidan foydalaniladi. Bu xolda DX mazmunini hisoblash tizimi tarkibida bevosita o’zgartirish mumkin (bunday texnologiya flesh texnologiya deb ataladi), yoki hisoblash tizimidan tashqarida, maxsus programmator deb ataladigan qurilmalarda bajariladi.
Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Кompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir.


Download 212,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 212,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterni boshqaruvchi dasturlar haqida

Download 212,5 Kb.