|
Ishlab chiqarish va iqtisodiy obyektlarning mavjudligi jam iyatning uBog'liq axborotlashtirishIshlab chiqarish va iqtisodiy obyektlarning mavjudligi jam iyatning u
yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. Bunday har bir obyekt
o'zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa obyektlar) bilan
muayyan munosabatlarda bo'ladi va o'zaro ta’sirning mavjudligini ham da
o 'z vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko'plab turli elem entlardan
tashkil topadi.
Iqtisodiy obyekt
— bu yon-atrofdan zaxiralar oladigan va ularni o 'z
faoliyati mahsulotlariga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir.
Iqtisodiy obyektning muhit bilan o'zaro ta ’siri natijasida turli xil
o'zgarishlar yuz beradi. Bu o'zgarishlar bir-birigi o'ta qarama-qarshi ikki
shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular: degradatsiya (iqtisodiy obyektning
murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya’ni iqtisodiy obyektning
yemirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, iqtisodiy obyekt va muhit
o'rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo'lishi mumkin, shu tufayli
iqtisodiy obyekt bir qancha muddat o'zgarmay qoladi yoki faqat teskari
o'zgarishlarga uchraydi. Obyektda bu o'zgarishlar boshqarish zururiyatini
yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo'naltirilgan ta ’sir
ko'rsatadi.
Boshqarish muhim funksiya bo'lib, usiz hech bir iqtisodiy obyekt
maqsadga yo'naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi
raqobat kurashida obyektni saqlab qolish, ko'proq foyda olish, muayyan
bozorlarga chiqish va hokazolardir.
Boshqarish aniq bir iqtisodiy obyektlarning o'ziga xosligi va boshqarish
maqsadlariga bog'liq holda ulami barqarorlashtirish, sifat belgilarini saqlash,
muhit bilan iqtisodiy muvozanatni ushlash, iqtisodiy obyektni tako-
millashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon
beradi.
Iqtisodiy obyektni tizim sifatida ko'radigan bo'lsak, u quyidagi
elementlardan tashkil topgan bo'ladi:
1) boshqaruvchi subyekt;
2) boshqariluvchi obyekt.
Bu elementlar o'rtasidagi aloqa ham katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy
obyekt deb ishlab chiqarish korxonasini olsak (aksionerlik jamiyati,
firmalar, kichik korxonalar va hokazo), boshqaruvchi subyektga bu ishlab
chiqarish korxonalarining rahbar organlari, bo'linmalari kiradi (direktor,
bo'lim boshliqlari va hokazo). Boshqariluvchi obyektga esa korxona sexlari,
ishlab chiqarish bo'limlari misol bo'ladi. Agar boshqaruvchi subyektdan
ma’lum bir ma’lumot boshqariluvchi obyektga yo'naltirilsa, bu aloqa „to'g'ri
aloqa" deyiladi. Korxona miqyosida bunga reja va turli xil ko'rsatmalar,
|
| |