iqtisodiy obyektning axborot tizimini




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/174
Sana15.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#156878
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   174
Bog'liq
axborotlashtirish

iqtisodiy obyektning axborot tizimini
tashkil etadi. Bn tizim dinam ik 
rivojlanuvchidir, chunki axborot o'zgarishlarga uchraydi, uning tezligi 
iqtisodiy obyekt bajarayotgan vazifalarga bog'liq. Axborot tizimiga kiradigan 
m a’lum ot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va 
ma’lum otlarni yig'ish tizimi ko'rib chiqiladi. C hiqadigan axborot sifatida 
esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, y a ’ni axborotdan maqsadli 
ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. D em ak, axborot tizimi axborotni 
boshlang'ich yig'ish va undan ikkilam chi foydalanish tizim i bilan o'zaro 
bog'liq.
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun 
boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Q arorlar qabul qilish ishlab 
chiqarishga ta’sir ko'rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini 
tashkil etadi.
Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning 
moddiy namoyon bo'lishi bilan bog'liq. Bunda axborot tizimining ikki 
tomoni, ya’ni texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot 
tizimiga texnologik yondoshuv uni axborot protseduralarini(ma’lumot 
yig'ish, ro'yhatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va xoka- 
zolar) kompleks amalga oshirish bilan bog'liq boshqaruv jarayonlarining 
biri sifatida ko'rib chiqishni ko'zda tutadi. Protseduralami bajarish 
tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro'y beradi. 
Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini 
bajarishga yo'naltirilgan.
Axborot tizimiga mazmuniy yondoshuv u yoki bu tashkilotning 
funksional vazifasi bilan bog'liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit 
va ko'rsatkichlar, massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal 
qiluvchi axborot vazifalari doirasi va natijalar ro'yxati axborot tizimining 
mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot axborot tizimining mazmunida, 
asosiy faoliyatida qanday rol o'ynamasin, har bir tashkilotning tuzilishi 
va har bir bo'linma faoliyatining yo'nalishi aks etadi.
Axborot tizimlariga texnologik yondoshuv axborotni protseduralar 
obyekti sifatida ko'rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondoshuv esa 
axborotning m a’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi.

Download 4,18 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   174




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish