|
ko'rsatm oqdaki, korxonalam ing axborot arxitekmrasi undagi biznes-Bog'liq axborotlashtirishko'rsatm oqdaki, korxonalam ing axborot arxitekmrasi undagi biznes-
arxitekturaga to'liq m os kelishi kerak, aks holda ulam i xarid qilish uchun
qilingan xarajatlar foyda keltirm aydi. Shuning uchun ham axborot
tizim larini loyihalashtirish, ishlab chiqish va joriy qilish bo'yicha kor-
xonaning axborotlashtirish strategiyasi bo'lishi kerak. Ushbu strategiya
korxonaning ixtisoslashishini, maqsadlari va yutuqlarga erishish omillarini
e ’tiborga olib, ular axborot tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasidagi oxirgi yutuq
lar, ya’ni hisoblash texnikasi narxining pasayishi, dasturiy mahsulotlar
yaratishning yangi texnologiyalarini kirib kelishi korxona boshqaruv
jarayonlaridagi yondashuvlami tubdan o'zgartirmoqda. Endilikda rahbar
xodim axborot jarayonlari ishtirokchilariga nisbatan asosiy boshqaruvchi
bo'lishini, axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasi bo'yicha
yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lishi va tadbirkorlik bo'yicha bilimlarga ega
bo'lishini talab etmoqda. Rahbarlarning axborotlashtirish masalalari
bo'yicha kom petent emasliklari sababli axborot-kom munikatsiya
texnologiyalarini joriy etish natijasida olinishi mumkin bo'lgan iqtisodiy
samaradorlik darajasi pastligicha qolmoqda. Korxonalarda bunday
texnologiyalar bilan bog'liq bo'lgan masalalar asosan axborot texno
logiyalari sohasi mutaxassislariga yuklatilmoqda, ular esa korxona boshqaruvi
bo'yicha o'zgacha tasawurga egadirlar. Bunday masalalami hal qilish oliy
darajadagi boshqaruvchilarga yuklatilib, ulardan axborotlashtirish bo'yicha
yuqori malakaga ega bo'lishlik talab etilmoqda.
Axborotlashgan jamiyatning asosiy omillaridan biri shaxsiy kom-
pyuterlardan foydalanishdir. Ishlaydigan respondentlar ish joylarida indi
vidual kompyuter bilan ta’minlanganlari — 21,33 %, hamkasblari bilan
foydalanayotganlari — 40,83 % va umuman ta’minlanmaganlari — 37,84 %
ni tashkil qilmoqda. Shaxsiy kompyuterlardan qaysi maqsadlarda foy-
dalanishayotganligiga qarasak, 41,2 % — hujjatlar bilan ishlashda,
36,5 % — ta’lim dasturlarida, 69,4 % — hordiq chiqarishda, 17,6 % —
internet tarmog'idan foydalanishda, 4,7 %— elektron kitoblami o'qishda,
0,6 % — chizma va rasmlar bilan ishlashda foydalanishib kelmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha shaxsiy kompyuterlardan foydalanish
tarkibini ko'rib chiqsak, u quyidagichadir: 42,7 % — sanoatda, 11,7 % —
transportda, 10,7 % — xizmatlar sohasida, 9,3 % — qurilishda, 7,7 % —
moliya va banklarda, 5,3 % — aloqa sohasida, 4,0 % — savdoda, 3,7 % —
kommunal xo'jaligida, 5,0 % — maorif va sog'liqni saqlashdadir1.
www.aci.ii7 — O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi m a’Iumotlari
asosida.
77
|
| |