|
Axborot texnologiyasi va tizimlariBog'liq axborotlashtirishavtomatlashtirilgan
yoki
avtomatlashtirilmagan
bo'lishi mumkin.
Tashkiliy tizimlar bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki
o'ziga xosligi shuki, tizimning asosiy elementi murakkab, faol tizim
bo'lgan insondir. Inson yurish-turishi, xulqi jihatlarining amaliy talablarini
bayon etuvchi norasmiy modellarini tuzish juda murakkab, ba’zan esa
iloji yo'q. Ayni paytda inson tashkiliy tizimlarda qaror qabul qiluvchi
shaxs (QQSh) hisoblanadi.
Tashkiliy tizimlarning ikkinchi o'ziga xosligi — ko'p maqsadli ishlash
xususiyatidir. Ushbu tizimlar faoliyatining samaradorligi umuman olganda
ham uning kichik tizim va elementlarini tashkil etuvchilariga ko'ra ko'plab
miqdordagi texnik, iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlar bilan belgilanadi.
Samaradorlikni baholashning ko'pqirraliligi ko'pgina o'zaro bog'liq jihatlar
bo'yicha boshqarishni tashkil etish zaruriyatiga olib keladi. Bunda tizimning
boshqa elementlari bilan moddiy va axborot jihatdan o'zaro ta’sirini tashkil
etish talab etiladi.
Uchinchi o'ziga xoslik — tashkiliy tizimlarning uzluksiz rivojlani-
shini o'z ichiga oladi, u yangi ehtiyojlar paydo bo'lishi, bu ehtiyojlarni
tashqi va ichki shart-sharoit hamda o'zgarishlar bilan bog'liq holda qondi-
rish yo'llarini takomillashtirishdan iborat. Oqibatda, obyektlar tarmoqlari
doimiy o'zgaradi, uning elementlari o'rtasida yangi aloqalar paydo bo'ladi.
Shuningdek, ham alohida obyekt, ham umuman tizim sifatida boshqarish
tizimi o'zgaradi.
Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat
paydo bo'lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday ri
vojlanish bosqichida boshqaruvga ehtiyoj bo'ladi. Boshqaruv uchun esa
tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborot talab qilinadi.
Axborot tizimi
tegishli iqtisodiy obyektlarda faoliyat ko'rsatuvchi va
turlicha tuziluvchi axborotlar majmuyi uning axborot tizimini tashkil etadi.
|
| |