|
-BOB. AXBOROT TEXNOLOGIYASI - IQTISODIYBog'liq axborotlashtirish4-BOB. AXBOROT TEXNOLOGIYASI - IQTISODIY
TIZIM SIFATIDA
4.1. Tizim, uning xususiyatlari va tasnifi
Hozirgi kunda fan va texnikada ko‘p qo'llaniladigan tushunchalardan
biri — tizimdir.
Tizim
— bu tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik
degan ma’noni anglatadi. Umumiy holda tizimga quyidagicha ta ’rif
keltiramiz.
Tizim
— bu o‘zaro bogMiq va yagona maqsadga erishish uchun ma’
lum qoida asosida o'zaro munosabatda boMadigan elementlar to'plamidir.
Bu elementlar to'plami oddiy elementlar yigMndisidangina iborat boMmay,
har bir element ham o'z navbatida tizim bo'lishi mumkin.
Tizimlami turli belgilarga ko'ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman
olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo'lishi mumkin (mavhum —
inson ongi mahsuli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyektlar to'plamidan tashkil topadi.
O'z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, kimyoviy) va organik
(biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy
o'rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri
insonlar o'rtasidagi munosabatlami aks ettirishdir.
Mavhum tizimlar inson ongining mahsuli bo'lib, har xil naza-
riyalar, bilimlar, gipotezalardan iborat. Yangi axborot texnologiyasi ham
moddiy tizim elementlarini (kompyuterlar, hujjatlar, insonlar), ham
nomoddiy tizim elementlarini (matematik modellar, inson bilimlari va
hokazo) o'z ichiga oladi. Shu orada axborot texnologiyasiga ta’rif berib
o'tish maqsadga muvofiqdir.
Axborot texnologiyasi
— obyektning, hodisa yoki jarayonining
(axborot mahsulotining) ahvoli haqida yangicha ma’lumot olish maqsadida
m a’lumotlami yig'ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullari
majmuasi (boshlang'ich ma’lumotlar) dan foydalanish jarayonidir.
Tizimlar tuzilishi bo'yicha oddiy yoki murakkab bo'lishi mumkin.
Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi elementlar soni kam bo'lib, sodda
tuzilishga ega bo'ladi.
Murakkab tizimlar esa bir nechta elementlardan tashkil topgan bo'lib,
bu elementlar ham o'z navbatida alohida tizimlarga bo'linishi mumkin.
Vaqt davomida o'zgarishga qarab tizimlar
|
| |