masalalami yechish
Strategik
Taktik
♦
masalalami
*• masalalami
yechish
yechish
Tezkor
4.2-rasm. Boshqaruv darajasiga ko'ra axborotning taqsimlanishi.
Axborot texnologiyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan
foydalanib, javoblami shakllantirish imkonini beradi. Shunday qilib,
boshqaruvning har bir darajasida kerakli qarorni qabul qilish uchun asos
boiuvchi axborot paydo bo‘ladi.
Boshqaruv darajasi ahamiyatligiga ko‘ra qancha yuqori bo'lsa,
mutaxassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari
yordamida ba-
jaradigan ish hajmi shuncha kam bo'ladi. Biroq, bu holda, axborot
tizimining murakkabligi va intelektual imkoniyatlari hamda menejerning
qaror qabul qilish chog'idagi roli ortadi. Boshqaruvning har qanday
darajasi turli miqdor va turli darajadagi axborotga muhtoj bo'ladi.
Piramida asosini shunday
axborot tizimi tashkil etadiki, uning
yordamida ijrochi-xodimlar ma’lumotlarni qayta ishlash bilan, quyi
bo'g'indagi menejerlar esa tezkor boshqaruv bilan shug'ullanishadi.
Piramida yuqorisida — strategik boshqamv darajasida axborot tizimlari o'z
rolini o'zgartiradi va belgilangan vazifa yomon bajarilgan sharoitda qaror
qabul qilish bo'yicha yuqori bo'g'in faoliyatini qo'llab-quwatlovchi strategik
darajaga aylanadi.
Axborot va qarorlar mazmuniga muvofiq iqtisodiy obyektda m a’lum
bir darajaning axborot tizimi paydo bo'ladi (4.3-rasm).
Axborot tizimidagi ishlar quyidagi maqsadda olib boriladi:
— axborotga bo'lgan ehtiyojni aniqlash;
— axborot to'plashni amalga oshirish;
— tashqi yoki ichki manbalardan axborot kelishini amalga oshirish;
— axborotni
qayta ishlash, uning toiiqligi va ahamiyatini baholash
hamda uni qulay ko'rinishda taqdim etish;
— iste’molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun
axborotni chiqarish;
74
F oydalanuvchilar
Yuqori rahbariyat,
Direktorlar
kengashi
Bo'linmalar va
funksional xizmat
rahbarlari, bo'linmalar
menejerlari
4.3-rasm. Axborot tizimlari turlari
va boshqaruv darajalarining
o'zaro aloqalari.
— yo'nalishlarni baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil
qarorlar
va harakatlarni baholash, strategiyalarni ishlab chiqish uchun
axborotlardan foydalanishni tashkil etish;
— mazkur iqtisodiy obyekt xodimi qayta ishlagan axborotlar bo'yicha
teskari aloqani tashkil etish, keladigan axborotlarni tuzatishni amalga
oshirish.
Bu barcha harakatlar iqtisodiy obyektning axborot tizimi doirasida u
yoki bu axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Har qanday iqtisodiy obyekt uchun axborot
ehtiyojini aniqlashdan
tortib, to axborotdan foydalanishgacha bo'lgan tizim ishining ketma-
ketligini belgilash eng muhim masala sanaladi. Bu o'rinda gap, iqtisodiy
obyektda hal etiladigan masalalami turlarga ajratish,
axborotlarni olish,
qayta ishlash va foydalanish davriyligini belgilash, keladigan va chiqadigan
hujjatlarni standartlash, axborotlarni qayta ishlash tartibini standartlash
to'g'risida ketyapti.
Axborot tizimiga nisbatan so'rovlami, shuningdek, ularga javobning
shakllanish tartibini eskirgan va eskirmagan turlarga bo'lish mumkin.
Eskirgan vazifalami va axborotni qayta ishlash tartibini ajratib olish ularni
shakllantirish, keyinchalik avtomatlashtirish imkonini beradi.
Asosiy
masala, iqtisodiy obyektda foydalaniladigan axborot texnologiyasi buning
uchun infratuzilmani ta ’minlay olish yoki olmasligida.
Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul
qilish bilan bog'liq barcha harakatlar inson zimmasiga yuklatilgan. Axborotni
qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi
qoidalarni qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o'z
75
navbatida „sof axborot tizimi“ning boshqaruv axborot tizimiga, ya’ni
boshqaruv jarayonida qo'llaniladigan ma’lumotlarni yig'ish, saqlash,
to'plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi.
Axborot tizimida boshqarish, va shuningdek, insonning qaror qabul qilish
bo'yicha ishi qisman amalga oshirilgan.