Bu o'rinda shuni na/arda tutish kerakki. ohista (tezkor) hal etishni talab




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/174
Sana15.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#156878
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   174
Bog'liq
axborotlashtirish

Bu o'rinda shuni na/arda tutish kerakki. ohista (tezkor) hal etishni talab 
etuvchi oddiy masalalar nisbatan ko'p yuzaga keladi. D em ak. ular uchun 
tezkor qaror qabul qilinadigan. nisbatan quyi boshqaruv darajasi qabul 
qilinadi. Boshqaruv paytida, shuningdek, qabul qilinadigan qarorlarni 
amalga oshirish dinamikasini ham hisobga olish zarur. Bu hoi boshqaruvga 
vaqtinchalik om il nuqtayi nazaridan qarash im konini beradi.
Tezkor boshqaruv darajasi ko‘p marta qaytariluvchi vazifalar va 
operatsiyalarini hal etishni hamda keladigan joriy axborotlar o'zgarishini 
tez qayd etishni ta’minlaydi. Mazkur darajada bajariladigan operatsiyalar 
hajmi ham, boshqaruv qarorlarini qabul qilish dinamikasi ham yetarlicha 
yuqori. Uni ko'pincha vaziyat o'zgarishiga tez javob qaytarish zaruriyati 
tufayli tezkor boshqaruv darajasi, deb ham yuritishadi.
O 'rta (taktik funksional) boshqaruv darajasi birinchi darajada 
tayyorlangan axborotlarni oldindan tahlil etishni talab qiladigan masalalar 
yechimini ta’minlaydi. Mazkur darajada boshqaruvning tahlil vazifalari 
keng ahamiyatga ega bo'ladi. Hal etiladigan masalalar hajmi kamayadi
biroq ularning murakkabligi oshadi. Ayni paytda kerakli yechimni har 
doim ham tezkor ishlab chiqish imkoni bo'lmaydi. Buning uchun 
yetmagan ma’lumotlami yig'ish, tahlil etish va fikrlashga qo'shimcha vaqt 
talab etiladi. Boshqaruv xabar kelib tushgan vaqtdan, to qaror qabul 
qilish va uni amalga oshirguncha, shuningdek, qarorni amalga oshirish 
vaqtidan, to unga bo'lgan ta’sirni qayd etguncha bo'lgan ayrim oraliq 
to'xtalishlar bilan bog'liq.
Strategik daraja iqtisodiy obyektning uzoq muddatli strategik 
maqsadlariga erishishga yo'naltirilgan boshqaruv qarorlarini tanlashni 
ta’minlaydi. Madomiki, qabul qilinadigan qarorlar natijalari oradan uzoq 
vaqt o'tgach ko'rinar ekan, ushbu darajada strategik rejalashtirish kabi 
boshqaruv vazifalari muhim ahamiyatga ega. Boshqaruvning boshqa 
funksiyalari bu darajada yetarlicha to'liq ishlab chiqilmagan. Ko'pincha 
boshqaruvning strategik darajasi strategik yoki uzoq muddatli rejalashtirish 
deb yuritiladi. Ushbu darajada qabul qilingan qaroming haqqoniyligi uzoq 
vaqt o'tgachgina o'z tasdig'ini topishi mumkin. Qaror qabul qilish 
ma’suliyati juda katta. Bu matematik va mahsus apparatlardan foydalangan 
holdagi tahlil natijalari bilangina emas, shuningdek, menejerlaming kasbiy 
intuitsiyasi bilan ham belgilanadi.
Boshqaruvning uchta darajasidagi faoliyat mazmuni 4.2-jadvalda 
keltirilgan.
83



Download 4,18 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   174




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bu o'rinda shuni na/arda tutish kerakki. ohista (tezkor) hal etishni talab

Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish