• Matnlarni qayta ishlash tizimi (MQT)
  • Maslahat beruvchi axborot tizimi (MBAT)
  • Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT)
  • Axborot-ma’lumotnoma tizimi




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/174
    Sana15.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #156878
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   174
    Bog'liq
    axborotlashtirish

    Axborot-ma’lumotnoma tizimi 
    ko'p jihatdan foydalanuvchilar 
    so'roviga binoan iqtisodiy, texnik yoki texnologik mazmundagi axborotni 
    berish, yig'ish va saqlashga mo'ljallangan. Aytish mumkinki, axborot- 
    ma’lumotnoma tizimi raqamli yoki matnli aniqlashtirilgan maMumotlar 
    bilan ishlashga qaratilgan. So'rovning turiga va shakliga ko'ra natijani qanday 
    taqdim etishni belgilaydi. So'rov natijalari standart maMumotnoma shaklida 
    berilishi mumkin yoki foydalanuvchining xohishiga ko'ra uning so'rovini 
    qayta ishlash davomida ixtiyoriy ko'rinishda loyihalashtirilishi mumkin.
    Matnlarni qayta ishlash tizimi (MQT) 
    bevosita foydalanuvchiga 
    matnlarni (xat, maqola, referat, buyruq va hokazo) tahrir qilish, saqlash 
    va ko'paytirishga mo'ljallangan.
    Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MQIT) 
    EHM dagi hisob- 
    kitoblaming formallashgan algoritmlari bo'yicha maMumotlami hisoblashga 
    mo'ljallangan. Mazkur tizim ijodiy jarayonlami emas, eski jarayonlami 
    (hisob, hisobot, m uhandislik-texnik hisob-kitoblari va hokazo), 
    avtomatlashtirishga yo'naltirilgan.
    Maslahat beruvchi axborot tizimi (MBAT) 
    avtomatlashtirilgan 
    rejimda EHM da maMum bir holatlarda tashkiliy yoki texnik mazmundagi 
    qarorlaming ayrim variantlarini tuzib beradi. Bu tavsiyalar qaror qabul 
    qiluvchi shaxs ixtiyoriga beriladi. Maslahat beruvchi (kengashuvchi) axborot 
    tizimi asosiga real haqiqatga, ya’ni obyektdagi yoki boshqaruv tizimidagi 
    jarayonga o'xshash turli xil matematik modellar joylashtiriladi.
    Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT) 
    shunisi bilan ajralib turadiki, 
    EHM da ishlab chiqilgan qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi.
    93


    A\ni paytda ishlab chiqarish lizimi (texnologik jarayonlami boshqarishning 
    a\tomatlashtirilgan lizimi dispetcher boshqaruvi lizimi) E H M qabul 
    qilgan qarorlar ijrosini tegishli ijro mexanizmlari orqali avtomatik ravishda 
    amalga oshiradi.
    Ekspert tizimlari — EHM da ma’lumotlar bazasidan tashqari yana 
    ikkita — bilimlar va maqsadlar bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi. 
    Ma'lumotlar bazalari (MB) boshqaruv tizimi va obyektining miqdoriy 
    formal tavsifiga ega; bilimlar bazasi (BB) tashqi muhit haqidagi noformal 
    semantik tasawurlar, obyektlarning ayrim sifat tavsifini, ular orasidagi 
    munosabatlar, mumkin bo'lgan harakatlar, holatlar, abstraksiyalar, 
    stereotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi modellashtiriladigan 
    obyektlar uchun xos bo'lgan o'zaro bog'liq maqsadlar, kenja maqsadlar
    ularga etishish uslublari va vositalari to'g'risidagi tasvvurga ega. Bunday 
    tizimlar ijodiy, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida 
    juda dolzarb.
    Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo'yicha mutaxassislar 
    tajribasi va bilimini to'plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi.
    Demak, ishlab chiqarish jarayonlari uchun axborot texnologiyalarini 
    qo'llash tegishlicha mehnat vositalari, texnologik va ishlab chiqarish 
    jarayonlari, ilmiy tadqiqotlar, loyiha ishlari va ishlab chiqarishni texnologik 
    tayyorlashning kompleks avtomatlashtirish tizimlariga olib keladi.

    Download 4,18 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   174




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish