Ishlab chiqarish sohasida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha
axborot
tizimlarini ajratib ko'rsatish mumkin: mashinasozlik majmuyi, yoqilg'i-
energetika majmuyi, transport majmuyi,
metallurgiya majmuyi, kimyo-
o'rnion majmuyi, transport majmuyi, metallurgiya majmuyi.
Ijtimoiy sohada axborot tizimlari quyidagi yo'nalishlar bo'yicha
ajratiladi: sog'liqni saqlash, nafaqa va ijtimoiy ta’minot, ta’lim,
madaniyat
va aholi dam olishi, ijtimoiy va sotsial hayot, xizmatlar va aholi maishiy
hayoti,
savdo va umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit
muhofazasi.
Boshqaruv sohasida axborot tizimlari quyidagi yo'nalishlar bo'yicha
ajratiladi: deputatlar
korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va
statistika, tashqi iqtisodiy faoliyat,
moliya organlari, bank tizimlari,
huquqni muhofaza etish organlari va hokazolarga xizmat ko'rsatish.
Boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy tizimlarida obyekt sifatida iqti
sodiyotni boshqarishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan ishlab
chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy funksional jarayonlar xizmat qiladi. Axborot
tizimlari boshqarish xizmatlari xodimlarining axborot xizmat ko'rsatish
tizimlari bo'lib, axborotni to'plash, saqlash,
uzatish va qayta ishlash
bo'yicha texnologik vazifalami bajaradi. U ma’lum iqtisodiy obyekt uchun
qabul qilingan metodlar va tuzilmaviy boshqaruv faoliyati tomonidan
belgilangan reglamentda shakllanadi va ishlaydi, uning oldida turgan maqsad
vazifalami bajaradi.
Tashkiliy-iqtisodiy tizimlar xalq xo'jaligida qabul qilgan boshqarish
organlari tuzilmasiga muvofiq kichik sinflarga bo'linmasligi mumkin.
Tashkiliy-iqtisodiy tuzilmalarda barpo etilgan avtomatlashgan axborot
vositalari axborotni qayta ishlash va boshqaruv
qarorlarini qabul qilish
uchun mo'ljallangan axborot, iqtisodiy-matematik metodlar va modellar,
texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislar yig'indisini o'zida
aks ettiradi.