maqsadida m a’lumotlarni qayta ishlash hamda ulardan har birining
ehtimolligini baholashdan iborat.
2. Rejalashtirish — bu tizimning kelajakdagi
orzu qilingan holatini
ishlab chiqish (rejali modelini ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish
uchun mablag'lami taqsimlashga nisbatan qarorlar qabul qilishdan iborat.
Rejalashtirish maqsad va mezonlarni tanlashni o‘z ichiga oladi. Shu maqsad
va mezonga nisbatan boshqaruv samaradorligi baholanadi.
3. Dasturlash rejasini amalga oshirish, ya’ni
tizim faoliyatining
algoritmini ishlab chiqish uchun boshqariladigan harakatlar ketma-ketligi
hamda o'zaro aloqasini bayon etuvchi dasturlarni ishlab chiqishdan iborat.
4. Tashkil etish — mustahkam (bardoshli) obyektlar yoki jarayon
lar tuzilmasini o'zgartirishi yoki ko'rishdan, ya’ni m a’lum bir holat-
larida boshqariladigan obyektlar faoliyatini reglamentlashtirishda foy
dalaniladigan u yoki bu qoida,
protsedura, usul, algoritmlarini belgilash
yoki o'zgartirish demakdir.
5. Me’yorlashtirish — tizimning xususiyatlarini ifodalovchi statistik
m a’lumotlarni doimiy ravishda yig'ish va
ular asosida tizimning bir
m e’yorda faoliyat ko'rsatishini ta’minlab turish.
6. Hisobga olish boshqariladigan obyekt va tashqi muhit parametrlari
majmuyini qayd etishdan iborat. U yana keladigan ma’lumotlami dastlab
qayta ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo arifmetik hamda
mantiqiy operatsiyalami o'z ichiga oladi.
7. Nazorat qilish — boshqariladigan obyektlarning m e’yorida
ishlashidan chalg'ishi to'g'risidagi ma’lumotlar mazmunini aniqlashdan
iborat.
8. OperBoshqarish — tasodifiy ta’sirlar sababli tizim ishining me’yoriy
rejasidan chetlashishini bartaraf etish maqsadida qaror qabul qilish, ya’ni
qayta aloqa asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor
o'lchovlari o'zgarishiga ko'ra boshqariluvchi obyektga ta’sir ko'rsatishidir.
9. Tahlil — tizimning joriy holatini o'rganishda ish
samaradorligini
oshirish uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat.
Shunday qilib, boshqaruv shakl nuqtayi nazaridan axborot jarayonini
ifodalaydi. Boshqaruv mohiyati esa boshqaruv tizimidagi olingan barcha
axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda boshqariladigan
ta’sir ko'rinishida boshqaruv obyektlariga natijaviy axborotlarni berishdan
iborat.
Boshqarish tizimi kishilarning moddiy dunyoda biron bir jarayonni
tashkil etish sohasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faoliyatdir.
Boshqarish tizimi ishlashi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar quyi
dagilardan iborat:
1) boshqarish
obyektlarining mavjudligi;
87
2) mazkur obyekt faoliyatining maqsadi ma’lum bo'lishi;
3) boshqarish tizimi mustaqil harakat qilishi uchun muayyan
huquqlaiga ega bo'lishi;
4) boshqaruvchi obyektning boshqariluvchi obyekt haqida mufassal
ma’lumotlarga ega bo'lishi.