4.5-rasm.
Boshqarish darajalarining o'zaro ta’siri.
faoliyatini kompleksning umumiy maqsadlarini bajarishga yo‘naltiradi.
Ancha murakkab tuzilishli boshqaruvchi jarayonda boshqarish qismi ko‘p
darajali tuzilmaga ega bo'lishi mumkin. Bu ko'plab boshqaruv tizimlari
uchun xos xususiyat.
Odatda, obyektning boshqarish qismida boshqarishning oliy, o'rta,
quyi darajasi farqlanadi (4.5-rasm). Ulardan har biri o'z
funksiyalari
to'plami, kompetentsiya darajasi bilan izohlanadi va tegishli axborotga
muhtoj bo'ladi.
Boshqarishning yuqori darajasida strategik boshqarish, iqtisodiy obyekt
vazifasi,
boshqarish maqsadlari, uzoq muddatli rejalari,
ularni amalga
oshirish strategiyasi belgilanadi. Boshqarishning o'rtacha darajasi — texnik
boshqaruv darajasi hisoblanadi.
Bunda taktik rejalar tuziladi, ularni amalga oshirish nazorat qilinadi,
resurslar kuzatib boriladi va xokazo. Boshqaruvning quyi darajasida tezkor
boshqaruv rejasi, ya’ni hajm-taqvim (kalendar)
rejalari bajariladi, tezkor
nazorat va qayd etish amalga oshiriladi.
Boshqarish darajasi (boshqaruv faoliyat turi) hal etiladigan masa-
laning murakkabligi bilan belgilanadi. Masala qanchalik murakkab bo'lsa,
82