6.1-rasm. Axborot ta’minoti guruhlari.
Shu sababli axborot bilan ta ’minlashni ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Mashinadan tashqaridagi axborot ta’minoti.
2. Mashina ichidagi axborot ta’minoti (6.1-rasm).
Odatda, boshlang'ich axborotlar mashinadan tashqari muhitda,
boshqaruvchi shaxsning qaror qabul qilish jarayonida hosil boiadi hamda
nomashinaviy soha hujjatlarida qayd qilinadi.
EHM dan foydalanuvchining amaliy ilovasini yaratish va u bilan
ishlash uchun nomashinaviy soha muloqatlari mashina ichidagi ta’minotga
o‘tkazilishi kerak. U erda EHM ichki axborotlar bazasini tashkil etadi.