II Q I S M . A V TO M A TL A SH TIR ILG A N A X BO R O T
T E X N O L O G IY A L A R IN I JO R IY E T IS H V O SU T A L A R I
6-BO B. AXBOROT TIZIMLARINING AXBOROT, DASTURIY
VA TEXNOLOGIK TA’MINLANISHI
Darslikning oldingi boblarida ta’kidlab o ‘tganimizdek, axborotli
texnologiya tizim sifatida ikki qismdan tashkil topadi:
a) ta ’minlovchi qism;
b) funksional qism.
T a ’minlovchi qism
tarkibiga kirgan quyi tizim lar axborotli
texnologiyaning faoliyatini belgilaydi va miqdoriy jihatdan qat’iy belgilanadi.
Bular quyidagilardan iborat:
1. Tashkiliy ta’minot
— boshqarish subyektida axborotli texnologiyani
tashkil qilish maqsadga muvofiq yoki muvofiqmasligi to ‘g‘risida qarorni
ishlab chiqishga qaratilgan.
2.
Axborot ta’minoti — boshqarish subyekti faoliyatida xizmat qiluvchi
barcha ma’lumotlaming to'plamidan tashkil topadi.
3.
Matematik va dasturiy ta’minot — boshqarish subyekti ma-
salalarining yechilish yo'llarini ifodalaydi va tegishli dasturlardan iborat
bo'ladi.
4.
Texnologik ta’minot — to'plangan ma’lumotlarni qayta ishlash
jarayonlarining boshqarish usullarini ifodalaydi.
5.
Lingvistik ta’minot — axborotlarni ifodalashdagi tegishli belgi va
algoritmik tillardan tashkil topadi.
6.
Ergonomik ta’minot — axborotli texnologiya unsurlarining faoliyati
uchun tegishli shart-sharoitlami yaratadi.
7.
Huquqiy ta’minot — boshqarish subyekti va xodimlarning burchlari,
majburiyat va huquqlarini belgilaydi.
8.
Texnik ta’minot — avtomatlarni qayta ishlash jarayonlariga mos
holda tegishli vositalar bilan ta’minlashni ifodalaydi.
9.
Mutaxassislik ta’minoti — axborotli texnologiya tizimlari bilan
ta’minlanadi.