disk defektlarini sozlash, dasturiy viruslar bilan kurashish va boshqa amal-
lami bajara olishi talab etiladi. Shu sababli ham quyida ko'pchilik hollarda
dastur-utilitalar deb nomlanuvchi servis dasturiy ta’minot
tarkibiga kiruvchi
dasturlar, ularning afzalligi va ulardan foydalanish haqida bayon etishni
lozim topdik.
Servis dasturiy ta’minot
—
foydalanuvchiga EHM bilan
ishlashda
qo'shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini
oshiruvchi dasturiy mahsulotlar to'plamidan iboratdir.
Funksional imkoniyatlariga ko'ra servis dasturiy vositalarini quyidagilaiga
ajratish mumkin:
• foydalanuvchi interfeysining foydalanish
imkoniyatlarini kengay-
tiruvchi dasturlar;
• ma’lumotlami buzilish va qoidasiz kirishlaridan
himoya qiluvchi
dasturlar;
• ma’lumotlami qayta ishlovchi dasturlar (arxivlash dasturlari);
• disk va tezkor xotira qurilmasi o'rtasida m a’lumot almashinuvini
tezlashtiruvchi dasturlar;
• disklar ishini nazorat, tahlil qiluvchi va ularga xizmat ko'rsatuchi
(disklami formatlovchi, disklami bo'laklarga ajratuvchi, mavjud defektlami
sozlovchi va h.k.).
Tashkil etish va amalga oshirish usuliga ko'ra servis vositalar qobiqli,
utilitalar va mustaqil dastur shaklida taqdim etilishi mumkin.
Qobiq dasturlar
— biror bir dastur va foydalanuvchi o'rtasidagi
qatlam yoki boshqa dastur ustida ustqurma bo'lgan dastur. Qobiq dasturlar
foydalanuvchiga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. Amaliyotda
quyidagi operatsion tizim qobiqlari keng tarqalgan:
Norton Commander
(NC) — Symantec firmasi mahsuloti va uning „klonlari" Volkov Com
mander (VC), Dos Navigator (DN), Far (File and archive manager).
Bulardan tashqari grafik interfeysli operatsion tizim qobiqlari mavjud:
Windows 3.x.
Utilitalar
— foydalanuvchiga disklar va faylli tizimlar bo'yicha
qo'shimcha xizmat ko'rsatuvchi dasturlar. Utilitalar ko'pincha quyidagi
vazifalami bajaradi:
• disklarga xizmat ko'rsatish;
• fayl va kataloglarga xizmat ko'rsatish;
• kompyuter zaxiralari to'g'risida axborot taqdim etish;
• kompyuterlarni viruslardan ximoya qilish.