6.9-rasm. Texnologik jarayonni ko'p bosqichli tashkil
qilishning asosiy chizmasi.
Ular axborot bazasida jamlanadi va saqlanadi. Axborot bazasida na
faqat birlamchi ma’lumotlar saqlanadi, balki turli masalalami yechishda
ko‘p marotaba foydalaniladigan shartli-doimiy, doimiy, m a’lumotnoma
va boshqa turdagi axborot ham saqlanadi. Boshlang‘ich axborotni saqlash
va jamlash qandaydir vaqt oralig'ida olinadigan ma’lumotlar ehtiyoji bilan
bog'langan. Kompyuter tizimining yana bir tomoni, undan foydalanilgan
vaqtdan boshlab kiritilgan axborotni saqlashga moyillik o‘tgan davr natijaviy
axborotini shakllantirish imkonini yaratadi.
Axborotni saqlash bilan ma’lumotlarni
izlash protsedurasini ham
bog'lash mumkin, ya’ni foydalanuvchi talabiga mos keluvchi axborotni
tanlash protsedurasi.
Texnologik jarayonni qurishni avtomatlashtirilayotgan
iqtisodiy
obyektning tashkiliy tuzilishiga muvofiq boshqaruvning ierarxiya darajasi
bo'yicha ulami tarqatilishini hisobga olgan holda amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir. Ma’lumotlarni ishlab chiqish texnologik jarayonining uch
bosqichli global tizimi quyidagi 6.9-rasmda keltirilgan
Birinchi bosqich
— bitta yoki bir nechta
kuchli shaxsiy kompyuter
yoki meynfreymlami o'z ichiga oluvchi hududiy yoki idoralaming markaziy
hisoblash tizimi. Uning asosiy vazifasi — umumiy iqtisodiy va moliyaviy
nazorat, boshqaruv xodimlariga axborotli xizmat ko'rsatishdir.
Ikkinchi bosqich
— korxonalar (birlashmalar), tashkilotlar va
firmalarning
hisoblash tizimlari, ular meynfreymlar,
kuchli ShEHM
larni o'z ichiga oladi, ma’lumotlarni ishlab
chiqish va tarkibiy birlik
doirasida boshqaruvni ta’minlaydi.
124