|
model va uslublari ifodalanishining mantiqiy darajasini, protseduralarniBog'liq axborotlashtirishmodel va uslublari ifodalanishining mantiqiy darajasini, protseduralarni
amalga oshirish vositalari jismoniy darajasini ifodalaydi.
Axborot texnologiyasidagi ma’lumotlarni qayta ishlash protsedura
larni qo‘rib chiqamiz.
Axborotni qayta ishlash turli usullarda olib borilishi mumkin: paketli,
real vaqt tartibi, vaqtni bo'lish va dialogli.
Birinchi usulning mohiyati shundan iboratki, bunda awal biror
belgilari bo'yicha bir xil bo'lgan iqtisodiy kompleksi uchun vazifalar
paketi hosil qilinadi. Belgilar shunday quriladiki, bir xil masalalarning
chiqish ma’Iumotlari boshqalari uchun kirish (dastlabki) ma’lumotlar
bo'ladi.
„Paketli qayta ishlash usuli" ma’lum vazifalar majmuasini bajarish
tartibidir, unda shu vazifalar asosan avtomatlashgan holda, shu hisoblash
tizimidan tashqarida ro'y berayotgan voqea bilan sinxronlashmasdan,
xususan bajarish uchun vazifa bergan shaxslar bilan bog'lanmasdan
ishlanadi.
Masalalarning yechilish natijalari butun paketni qayta ishlash tugashi
bilan chiqadi, ya’ni foydalanuvchi javobni kutishga ancha vaqt sarf etadi.
Javob olishni tezlatishga axborotni bir nechta dasturda parallel qayta ishlash
yo'li bilan erishish mumkin.
Bunda har bir dasturni bajarishga ma’lum vaqt kvanti ajratiladi,
ya’ni natijalar butun massiv qayta ishlanguncha olinishi mumkin. Bir
masaladan ikkinchisiga o'tish maxsus dastur yordamida ustunlik belgisi
bo'yicha avtomatik bajariladi. Bunday tartib o'matilganda foydalanuvchi
ish jarayoniga amalda aralashmaydi. Foydalanuvchining EHM bilan
muloqotining bunday ko'rinishi ko'p vaqt sarf etishni talab etadi va juda
mashaqqatlidir.
Agar foydalanuvchi EHM dan uzoqda joylashgan bo'lsa, u holda
paketlarni mashinaga qayta ishlash uchun uzatish va natijalarini olish
teleqayta ishlash usulida amalga oshiriladi, bu foydalanuvchilaming
uzoqlashgan EHM lardan abonent bo'g'inlari orqali keng foydalanishlarini
ta ’minlaydi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari sharoitida bir qism masalalar
darhol javob berishni talab etadi. Aniq vaqt usuli (real vaqt) shu masalalar
uchun mo'ljallangan. Unda EHM bilan unga nisbatan tashqi hisoblangan
jarayonlar orasidagi munosabat shu jarayonlar kechadigan tezlik bilan
teng o'lchovli sur’atda ta’minlanadi. Bu usul bo'yicha ko'pincha uzluksiz
jarayonlami, masalan, texnologik jarayonlami boshqarishda foydalaniladi.
EHM ishining ko'p dasturli usulida vaqtni kvantlashdan va bevosita
kirish usulidan foydalanish bilan birga shunday usuldan foydalanadiki,
1 2 6
|
| |