|
Dialogli texnologiya EHM ni foydalanuvchiga vaqinlashtiradi, ammoBog'liq axborotlashtirishDialogli texnologiya EHM ni foydalanuvchiga vaqinlashtiradi, ammo
axborotning ruxsatisiz kirishdan ximoyalashni ta’minlash bo'yicha
kuchavtirilgan choralarni qo'llashni talab qiladi.
Dialogli tizim samaradorligini foydalanuvchi nuqtayi nazaridan
aniqlash maqsadga muvofiqdir, u javob qaytarish vaqti, xizmat ko'rsatishni
kutish vaqtini va vazifani hal qilish vaqtini tizimning asosiy ko'rsatkichlari
deb hisoblaydi.
6 .3 .3 . M a ’lumotlarni grafik usulida qayta
ishlash texnologiyalari
Zamonaviy axborot texnologiyalarining eng rivojlanib borayotgan
sohalaridan biri — bu kompyuter grafikasi vositalaridir. Kompyuter
grafikasi nafaqat iqtisodiyot masalalarini hal qilishda, balki xalq
xo'jaligining boshqa sohalarida ham keng qo‘llanilmoqda.
„Kompyuter grafikasi" tushunchasi adabiyotlarda juda keng talqin
qilinadi. Horijiy adabiyotlarda bu bilan bir qatorda yana mashina grafikasi
(inglizcha „machine graphics") va mikrokompyuter grafikasi (inglizcha
„microcomputer graphics") atamalari ham qoMlaniladi.
Kompyuter grafikasini passiv (sust) va interaktiv guruhlarga boMish
awaldan m a’lum. Bundan bir necha o‘n yil awal olimlarning, san’at
ustalarining, multiplikatsion filmlar qahromonlarining suratlari alfavitli —
raqamli chop etuvchi qurilmalardan chiqarish keng tarqalgan edi. Bunda
rasm ma’lum nuqtalarga bir xil belgilami tushirish orqali, rang tafovut
esa ba’zi bir joylarda shu belgilami bir necha marta tushirib (och rang
uchun) mashina qog‘ozi sathida hosil qilinadi. Tasvirni bunday usulda
hosil qilish passiv kompyuter grafikasiga tegishlidir.
Interaktiv kompyuter grfikasi bu shundayki, bunda tasviming holati,
uning shakli, mazmuni, oMchamlari va rangi displey ekranida interaktiv
qurilmalar yordamida dinamik ravishda uzluksiz o ‘zgartirilib, boshqarib
turiladi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda hosil qilinadigan grafiklar amaliy
jihatdan qaraganda hammasi interaktivdir.
Grafik tasvirni hosil qilishning zamonaviy usullari bilan yaxshiroq
tanishish uchun kompyuter grafikasining usullarini ko'rib chiqamiz.
Vektorli funksional kompyuter grafikasi — bu usulda vektorli
displeylardan foydalaniladi. Vektorli qurilmalarda xotirlovchi elektron nurli
trubka qoMlanilib, nur ekran bo'yicha berilgan traektoriya bo'yicha bir
marta yugurib o'tadi va shu holat ikkinchi buyruq kelmaguncha trubka
xotira qurilmasida saqlanib qoladi.
1 2 8
|
| |