Rastrli komp’yuter grafikasi




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/174
Sana15.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#156878
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   174
Bog'liq
axborotlashtirish

Rastrli komp’yuter grafikasi. 
Qurilmalarda tasvir uni hosil qiluvchi 
nuqtalaming yig'indisi sifatida paydo bo'ladi (rikcel va PEL -lar yig'indisi). 
Rastr deb gorizontal qatorlaming vaqt birligidagi yig'indisiga aytiladi. 
Bunda har bir qator alohida PEL-lardan tashkil topadi. N ur ketma-ket
130


liar bir qator bo'ylab yugurib o'tadi (sekundiga 25 marta). Har bir PEL 
lardan o'tayotganda nurning erkinlik darajasi o'zgaradi. Displeylar turli 
rejimda ishlashi mumkin. Bir qator piksellar sonining ekrandagi qatorlar 
soniga ko'paytmasi displeyning sezuvchanlik darajasini ko'rsatadi. Sezua- 
chanlik darajasi qanchalik katta bo'lsa, shunchalik hosil qilinadigan 
tasvirning sifati ham yaxshi bo'ladi, lekin teskari nisbatda apparatura 
tannarxi qimmatlashib boradi.
Fraktal grafikasi. Fraktal grafikasi vektorli kompyuter grafikasiga 
o'xshash hisoblanadigan grafika deyiladi. EHM xotirasida xech qanday 
obekt saqlanmaydi, faqatgina tenglamalar va teoremalar saqlanadi. 
Tenglamaning koeftsiyentlarini o'zgartirish natijasida har xil obektlar 
hosil qilinadi.
Demak, fraktal kompyuter grafikasining bazaviy usullari matematik 
tenglama va teoremalardir. 6.14-rasmda oddiy fraktal obyekti — teng 
tomonli fraktal  keltirilgan.
Oddiy fraktal 
„uchburchagi"
6.14-rasm.
Hozirgi vaqtda zamonaviy dasturiy taminlanishda rangli tasvirlar bilan 
ishlash vositalariga katta e’tibor qaratildi. Rangni kodlashtirish quyidagicha 
olib boriladi: Ikki xil rangga (oq-qora) ikki bit joy ajratiladi, bir bayt 
ajratilsa, unda 256 ta rang hosil qilinadi, ikki bayt (16 bit) ajratilsa — 
65536 rang. Bu rejim High Collor deb nomlangan. Agar kodlashtirishga 
uch bayt (24 bit) ajratilsa, unda 16,5 min. rang hosil qilinadi. Bu rejim 
True Collor deb ataladi.
Amaliyotda ko'pgina rang modellari, tiplari mavjud, ammo kompyuter 
grafikasida faqat uchtasi qo'llaniladi. Bularga RGB (Red,Green,Blue), SMYB 
(Cuan, Magenta Yellov, Vlask) va HSB (Hue, Saturation, Brightness) 
rang modellari turlari kiradi. RGB modeli kompyuterga qulay keladi, 
SMYB modeli bosmaxona ishlariga loyiq bo'ladi, HSB modeli esa 
foydalanuvchiga qulay keladi.
Amaliyotda keng tarqalgan rastrli grafik redaktorlari quyidagilar: Adobe 
Photoshop, Photostyler, Picture Publisher va vektorli grafik redaktorlari 
Adobe Illustrator (7.0), Macromedia Freehand (8.0), va CorelDraw (5 da 
9 versiyalari).
131



Download 4,18 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   174




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish