• M a’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi
  • Fayl-server (F S —m odeli)




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/174
    Sana15.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #156878
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174
    Bog'liq
    axborotlashtirish

    Fayl-server (F S —m odeli)
    Mijoz-server
    7.1-rasm. ,,Fayl-server“ va ,,mijoz-server“ texnologiyalari.
    um um iy bazasiga jam oa h o ld a kirish unga xos x ususiyatdir. 
    Foydalanuvchilardan bid tomonidan fayl yangilangan taqdirda boshqa 
    foydalanuvchilaming kirishiga qarshi himoyalanadi. So'ralgan ma’lumotlar 
    ,,fayl-server“ dan ishchi stantsiyaga o'tkaziladi va ular ma’lumotlar bazasini 
    boshqarish tizimi vositalari bilan qayta ishlanadi (7.1-rasm).
    ,,Mijoz-server“ konsepsiyasi. Mazkur konsepsiyaga asosan, m a’lu­
    motlami ishlab chiqish vazifasi mijoz — ishchi stantsiyasi va ma’lumotlar 
    bazasining mashina serveri o'rtasida bo'lishi mo'ljallangan. Ma’lumotlami 
    qayta ishlashni mijoz so'raydi va u tarmoq bo'ylab ma’lumotlar bazasi 
    serveriga uzatiladi. So'rov ma’Iumotlari o'sha yerda qidiriladi. Qayta ishlangan 
    ma’lumotlar tarmoq orqali serverdan mijozga uzatiladi. „Mijoz-server" 
    arxitekturasi uchun xos hususiyat — bu ma’lumotlar bazasidan so'rov 
    uchun SQL dasturlash tilidan foydalanish. Bu tarmoq mijozlarining turli 
    xildagi umumiy m a’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi (7.1-rasm).
    M a’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi 
    — bu ma’lumotlar bazasini 
    yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo'ljallangan dasturiy, tillar 
    vositalarining to'plamidir. Ma’lumotlar bazasiga murojat qilish bilan bog'liq 
    barcha jarayonlami avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan boshqarish 
    dasturi o'zagi MBBTning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
    MBBTning tarkibiga ma’lumotlami qayta ishlash dasturlarining to'plami 
    kiradi. Bu to'plamni taijimonlar (translatorlar), talab va dasturlash tillari, 
    muharrirlar, servis dasturlari va boshqalar tashkil qiladi.
    MBBTning asosiy vositalarini quyidagilar tashkil etadi:
    • ma’lumotlar bazalari tuzilmalariga topshiriq berish (tasvirlash) 
    vositalari;
    • ma’lumotlarni kiritish, ko'rish va muloqotlar rejimida ishlashga 
    mo'ljallangan darcha shakllarini loyihalash vositalari;
    135


    • berilgan sharoitlarda ma’lumotlarni tanlash uchun talablar yaratish, 
    shuningdek, ulami ishlash bo‘yicha operatsiyalar bajarish vositalari;
    • ishlov natijalarini foydalanuvchiga qulay ko'rinishda bosmaga 
    chiqarish uchun m a’lumotlar bazasi ma’lumotlaridan hisobot yaratish 
    vositalari;
    • til vositalari — makroslar, qurilgan algoritmik til (Dbase, Visual 
    Basic yoki boshalar), talablar tili (QBE — Query Example, SQL) va 
    h.k. Ular m a’lumotlarni ishlashining nostandart algoritmlarini, shunin­
    gdek, foydalanuvchi topshiriqlaridagi voqealami ishlash protseduralarini 
    bajarish uchun qo'llaniladi.
    Shunday qilib, ma’lumotlar banki bir necha m a’lumotlar bazasi, 
    boshqarish va amaliy dasturlardan tashkil topadi. Bu elementar AT ga 
    yuklatilgan vazifalami bajarishda asosiy rol o'ynaydi. Shu bilan birga, 
    ma’lumotlar bankining samarali faoliyati uning ta’minlovchi elementlariga 
    ham bog'liqdir. Bu ta’minot tarkibiga quyidagi elementlar kiradi.
    Texnik ta ’minot ma’lumotlar banki va foydalanuvchilaming ish fao­
    liyatini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratadigan texnik vositalardan 
    tashkil topadi. Bunday vositalar jumlasiga EHM, tashqi qurilmalar, ax­
    borotni tashish, uzatish vositalari, aloqa tarmoqlari, abonent punktlari va 
    boshqalar kiradi.
    Matematik ta’minot — funksional masalalami yechish va ma’lumotlar 
    bankini boshqarish usullari, matematik modellar va algoritmlar to'plamidan 
    tashkil topadi.
    Dasturiy ta ’minot — ma’lumotlar bankining faoliyatini amalga oshi­
    rish dasturlari va turli xil qo'shimcha vazifalami bajarish uchun mo'ljallangan 
    servis dasturlaming to'plamidan iborat bo'ladi.
    Axborot ta ’minoti — ma’lumotlarni turkumlash va ixchamlashtirish, 
    ifodalash va taqdim etish tizimlaridan tashkil topadi.
    Lingvistik ta ’minot — MBBTda foydalaniladigan tillar, lug'atlar 
    majmuasi orqali tashkil qilinadi.
    Tashkiliy ta ’minot — ma’lumotlar bankining kundalik faoliyatini 
    ifodalovchi rasmiy hujjatlar, me’yoriy ko'rsalmalai to'plamidan iborat 
    bo'ladi.
    Yuqorida aytib o'tilgandek, ma’lumotlar banki inson-mashina tizimi 
    hisoblanadi, ya’ni axborot tizimidir. Hozirgi kunda ma’lumotlar banklari 
    inson faoliyatining turli sohalarida, masalan, iqtisodiyot tarmoqlarini 
    boshqarishda, ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqarishda, ommaviy axborot 
    xizmatlarini ko'rsatishda qo'llanilmoqda. Bunda ma’lumotlar bankining 
    axborot tizimi sifatida faoliyat yuritishida quyidagi ikki shaklning biridan 
    foydalaniladi:
    136


    ATT

    Download 4,18 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish