|
. M a ’lumotlar bazasini tashkil qilish tam oyillariBog'liq axborotlashtirish7.2 . M a ’lumotlar bazasini tashkil qilish tam oyillari
Ma’lumotlar bilan amal bajarishning ilk tizimlari axborot ishlashning
an’anaviy usullariga asoslanib tuzilgan edi. Har bir muayyan holat uchun
tashqi foydalanuvchining o'z mantiqi ishlab chiqiladi. U axborot tuzilmasi,
tanlash operatsiyasi, axborotni yangilash va o'chirish kabi tushunchalami
o'z ichiga oladi. Ma’lumotlar va dastur o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik yuzaga
keladi: ma’lumotlami o'zgartirishda, yo dasturni almashtirish yoki ma’lu
motlarni qaytadan tuzish zaruriyati yuzaga keladi.
Murakkab axborotlarni ishlab chiquvchilar duch kelgan bu va boshqa
qiyinchiliklari ma’lumotlar ustida amal bajarish uchun tizimlarga nisbatan
standart talablaming shakllanishiga olib keldi. Asosiy talablardan biri —
m a’lumotlarning iloji boricha mustaqil yoki axborot tuzilmasining fizik
tushunchalardan alohidaligini ta’minlash. Bunda hamma ma’lumotlar ko'p
foydalanuvchilar kirishi mumkin bo'lgan holda ba’zi standart ichki
tuzilishli qilib saqlanadi.
Axborotga bo'lgan talablaming turli-tumanligi, masalalar ko'lamining
tobora ortib borishi va boshqalar zamonaviy AT lari oldiga bir qator
talablar qo'ymoqda. Bunday talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:
M a’lumotlarning aniqligi.
M a’lumki, m a’lumotlar bazasi tegishli
sohaning axborot modelini tashkil qiladi. Shu sababli ham MB da saq
lanayotgan axborotlar obyektlarning holati, xususiyati va ular o'rtasidagi
aloqalarni to'liq va aniq ifodalashi lozim. Aks holda tashkil qilingan MB
xatarli bo'lishi va zarar keltirishi mumkin.
Tezkorlik va unumdorlik.
Tizimning tezkorligi qo'yilgan talabga javob
berish vaqti bilan aniqlanadi. Bunda nafaqat EHM ning tezkorligini,
balki ma’lumotlarning joylanishi, izlash usullari, talabning qiyinligini va
boshqa olimllarni ham hisobga olish zarur. Tizimning umumdorligi esa
vaqt birligi ichida bajarilgan talablaming miqdori orqali aniqlanadi.
|
| |