M a’lumotlar bazasi qaytarilmaydigan m a’lumotlarning yaxlitlangan
jamlamasi sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari hal
etiladi. M a’lumotlar bazasida ko‘p qirrali kirish va aynan bir xil m a’lu
motlardan turli foydalanuvchilaming foydalanish imkoni mavjud.
Tashkil etiladigan ma’lumotlar bazasining tuzilmasi muammo sohasi
ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. M a’lu
motlar bazasidagi mantiqiy o'zaro bog'liqlik m a’lumotlar modeli turiga
muvofiq tashkil etiladi.
Normativ-ma’lumotnomali va boshqa ma’lumotlar qoida bo'yicha
alohida massivlarda joylashtiriladi. Bu massivlami yuzaga keltirish va yuritish
texnologiyasi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Mazkur massivlar ma’lumotlar
bazasining boshlang'ich yuklanish bosqichida tashkil etiladi.
Operativ (tezkor) hisobot ma’Iumotlari m a’lumotlar bazasiga vazi
falami yechish reglamentiga muvofiq kiritiladi. Bu ma’lumotlar m a’lum
davrda to'planadi. Ma’lum bir hisob-kitob qilingach (masalan, ombor-
xonada qolgan tovarlami hisob-kitob qilish), to'plangan tezkor hisobot
ma’Iumotlari yo'q qilinadi yoki arxivda saqlanadi.
M a’lumotlar bazasi foydalanuvchining
bitta shaxsiy kompyuterida
monopol joylashgan bo'lishi mumkin. Bunday holatda u faqat m a’lum
ShK tashqi xotirasiga joylashtiriladi va axborot bazasiga bir vaqtda bir
necha foydalanuvchining kirishi ta’minlanadi.
Kompyuter tarmog'i mavjud bo'lgan holda ko'pchilik foydalaniladigan
rejimda ishlash, ,,mashina-server“da joylashadigan markazlashgan m a’lu
motlar bazasidan foydalanish imkoniyati tug'iladi.
Bunday holatda har
bir foydalanuvchi o'z shaxsiy kompyuteri orqali barcha foydalanuvchilar
uchun umumiy bo'lgan markazlashgan axborot bazasiga kirishga ruxsat
oladi.
Tarmoq texnologiyasida har bir foydalanuvchi o'z
ShKda lokal
ma’lumotlar bazasini tashkil etishi ham mumkin. Bu ma’lumotlar bazasi
faqat mazkur avtomatlashgan ish joyi uchun zarur bo'lgan axborotni
saqlaydi. Kompyuter tarmog'ida m a’lumotlar
bazasini tashkil etish va
jamoa bo'lib foydalanish banklar, biija, investitsiya jamg'armalari va boshqa
bozor iqtisodiy tuzilmalarining axborot tizimlari samaradorligini oshiradi.
Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar konfiguratsiyasiga bog'liq
holda turli ishlash texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin. M a’lumotlarni
tarmoqli ishlab chiqishning turli konsepsiyalari mavjud,
misol tariqasida
,,fayl-server“ va „mijoz-server" ni keltirish mumkin.
,,Fayl-server“ kontseptsiyasi tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda
markazlashgan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va „fayl-server" uchun
ajratilgan kompyuterga mo'ljallangan. ,,Fayl-server“dagi ma’lumotlaming
134