• Axborot tizimidan (AT) avtonom foydalanish.
  • AT dan yirik boshqarish tizimining tarkibiy qismi sifatida foydala­ nish.
  • Axborot texnologiyasi va tizimlari




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/174
    Sana15.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #156878
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   174
    Bog'liq
    axborotlashtirish

    Ma’lumotlarni
    saqlash
    Ma’lumotlarni 
    qayta ishlash
    Ma’lumotlar
    integratsiyasi
    Taqsimlash
    . /
    n
    .
    XAQT
    FAQT
    AMT
    Ml AT
    AFT
    MB
    Lokal
    Taqsim­
    langan
    7.2-rasm. AAT ning turkumlanishi.
    Axborot tizimidan (AT) avtonom foydalanish. 
    Bu shaklda AT boshqa 
    tizim tarkibiga kirmaydi, balld mustaqil faoliyat ko'rsatadi. Bunga, masalan, 
    samolyot va temiryo‘l chiptalarini sotish tizimlari (,,Sirena“, ,,Ekspress“), 
    talab bo'yicha tegishli hujjatlarni tayyorlovchi axborot-qidirish tizimlari 
    va boshqa turdagi axborotli xizmat ko'rsatish tizimlari misol bo'la oladi.
    AT dan yirik boshqarish tizimining tarkibiy qismi sifatida foydala­
    nish. 
    Bunda hosil qilingan ma’lumotlar va chiquvchi axborotdan tizimning 
    boshqa bo'limlarining faoliyatida ham foydalaniladi. Bunday AT ga, 
    masalan, axborot-o'qitish tizimlari, loyihalashtirishning avtomatlashti­
    rilgan tizimlari, boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari misol 
    bo'ladi.
    Shu kabi axborot tizimlarini bir qancha belgilarga ko'ra turkumlarga 
    ajratish mumkin. 7.2-rasmda AT ni turkumlashning asosiy belgilari 
    ko'rsatilgan.
    Hujjatli axborot qidirish tizimi (XAQT) hujjatlashtirilgan ma’lu­
    motlarni saqlash va qayta ishlashni amalga oshiradi. Kutubxona faoliyatining 
    avtomatlashtirilgan tizimi XAQT ga misol bo'ladi.
    Faktografik axborot qidirish tizimi (FAQT) raqmli va mantli ma’lu­
    motlami saqlashda va qayta ishlashda qo'llaniladi. Tashkil qilinayotgan 
    AATning asosiy qismi FAQT turidagi tizimga misol bo'ladi.
    Ma’lumotlami ishlash usuliga ko'ra AAT ikki qismga: axborot-ma’lu- 
    motnoma tizimi (AMT) va ma’lumotlarni ishlashning avtomatlashtirilgan 
    tizimi (MIAT)ga bo'linadi.
    AMT talab-javob tartibida ishlaydi. Bunday tizimda tegishli axborotlar 
    talab bo'yicha qidiriladi va foydalanuvchiga qayta ishlanmagan holda beriladi. 
    Ikkinchi turdagi tizimda esa topilgan m a’lumotlar tegishli dasturlar 
    yordamida ishlanadi va foydalanuvchiga beriladi.
    Ma’lumotlarni integratsiyalashtirish darajasiga ko'ra AT avtonom va 
    ma’lumotlar bazasidan tashkil topgan turlarga bo'linadi. Avtonom fayli
    137


    tizimlarda (AFT) to'plangan ma’lumotlar o'zaro bog'lanmagan holatda 
    bo'ladi. Shu sababli bunday turdagi tizimlar o'rniga ma’lumotlar bazasidan 
    (MB) foydalanilmoqda.
    Taqsimlash darajasiga ko'ra AT elementlari bitta EHMda (lokal) va 
    hisoblash tarm og'ida (taqsimlangan) joylashgan turdagi tizimlarga 
    bo'linadi.

    Download 4,18 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   174




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish