Ma’lumotlami himoyalash.
Tizim ma’lumotlar bazasida saqlanilayot
gan axborot va dasturlarni tashqi ta’sirlardan, begona foydalanuvchilardan
himoyalashni ta ’minlashi lozim.
Tizimning rivojlanishi.
Tizim tarkibi doimo yangi elementlar, dasturlar
bilan ta’minlanishi, axborot massivlari o‘zgartirilishi
va yangilanib borishi
zarur.
Yuqorida keltirilgan talablarga javob beradigan MB quydagi tamoyillarga
asoslangan holda tashkil qilinishi mumkin:
M a’lumotlarning integratsiyalashtirish tamoyili.
Bu tamoyilning
mohiyatiga ko‘ra o‘zaro bog‘lanmagan axborotlar yagona ma’lumotlar
bazasiga birlashtiriladi. Buning natijasida ma’lumotlar foylalanuvchi va uning
amaliy dasturlariga axborot massivlari ko‘rinishida taqdim etiladi.
Axborat
massivlaridan foydalanilganda kerakli ma’lumotlami qidirish, qayta ishlash
jarayonlarini
boshqarish osonlashadi, m a’lumotlarning ortiqchaligi
kamayadi, ma’lumotlar bankini yuritish yengillashadi.
M a’lumotlarning yaxlitligi tamoyili.
Bu
tamoyil orqali MBda
saqlanayotgan axborotlarning aniqligi ortadi, ya’ni ulaming xususiyatlari
va tavsifnomalari tegishli soha obyektlari bilan to'liq ifodalaniladi.
Ma’lumotlaming yaxlitligi noto‘g‘ri axborotni kiritish yoki uning ma’lum
bir qismini xotiradan o'chirib tashlash natijasida buzilishi mumkin. Shuning
uchun ham kiritilayotgan
axborotlarni nazorat qilish, saqlanayotgan
ma’lumotlami
doimo tekshirish, maxsus tizim yordamida tiklash va boshqa
tadbirlar orqali MB ning yaxlitligini ta’minlash mumkin.