|
ma’lumotlardan mustaqil bo'lishi ta'minlanmagan. Ayrim joylarda bitta Pdf ko'rish
|
bet | 102/174 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 4,18 Mb. | | #156878 |
Bog'liq axborotlashtirishma’lumotlardan mustaqil bo'lishi ta'minlanmagan. Ayrim joylarda bitta
muammoli sohasining turli masalalariga oid axborot massivlarida ma"-
lumotlar takrorlanadi. Bu hoi turli masalalar bo‘yicha bir hil ma’
lumotlarni bir necha marta kiritishga olib keladi va dastlabki ma’lumotlarga
o'zgartirishlar kiritganda ancha muammolarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, amaliy dasturlar MBBT da universal algoritmik tilda
yaratilishi mumkin.
M a’lumotlaming mustaqilligi
— MBBT ga qo'yilgan asosiy talab,
talablaming kuchli tili esa foydalanuvchining talablarini qondirishning
muhim shartidir. Bu tillar assotsiativ manzillashtirish va ma’lumotlar
to'plami bilan amallar bajarish vositalariga ega. Bu esa o'z navbatida EHM
lardan samarali foydalanishga sharoit yaratadi.
MBBT
ikki tartibda: interpretator va kompilator tartibda ishlashi
mumkin.
Interpretator tartibda
dasturlaming buyruqlari bosqichma-bosqich,
birin-ketin bajariladi. Unda har bir buyruq nazorat qilinadi, so'ngra
mashina tiliga aylantirib, bajariladi. Tegishli amallar bajarilgandan keyin,
ular xotiradan o'chiriladi, tizim qayta ishlash bosqichiga o'tadi va keyingi
buyruqni bajarishga kirishadi, interpritator tartibida ,,Exe“ kengaytirmali
fayl hosil qilinmaydi. Bunday faylni hosil qilish uchun kopilator tartibida
foydalaniladi. Kompilator tartibida buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki
ular ,,exe“ faylga yoziladi. Exe faylni hosil qilish jarayoni ikki bosqichdan
iborat bo'ladi: boshlang'ich dasturni nazorat qilish va uni obj turga
aylantirish; matn muharriri yordamida dasturni exe faylga aylantirish.
Exe faylning bajarilishi uchun MBBT ning mavjud bo'lishi shart emas,
interpretator tartibida ishlaydigan MBBT ga dBase III Plus, FoxBase va
Karat kiradi, kompilator tartibida Clipper, panel tartibida esa Clario
ishlaydi.
MBBT foydalanuvchi bilan m a’lumotlar bazasi o'rtasidagi aloqani
ta ’minlovchi dastur sifatida ishtirok etadi. Uning funktsiyalari menyu va
dasturlar ko'rinishida namoyon bo'ladi.
Menyu tartibi MBBTning funksiyalari ekranda tasvirlanadi. Foyda
lanuvchi kursorni harakatlantirish orqali tegishli funksiyani aniqlashi va
bajarishga chaqirishi lozim. Tizim aniqlangan funksiyalami bajarib bo 'l
gandan so'ng yana menyu holatiga qaytadi.
Dasturiy tartibda tegishli buyruqlar kiritiladi, dasturlar qayta ishla-
nadi va bajarishga chaqiriladi. Bu holda MBBT interpritator tartibida
ishlaydi va foydalanuvchidan dasturlash tillarini bilish talab qilinadi.
142
|
| |