|
MBBT da foydalaniladigan dasturlash tillariga umumiy talablar bilan Pdf ko'rish
|
bet | 103/174 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 4,18 Mb. | | #156878 |
Bog'liq axborotlashtirishMBBT da foydalaniladigan dasturlash tillariga umumiy talablar bilan
bir qatorda quyidagilar ham qo'yiladi:
— tilning to'liq bo'lishi;
— vazifalami bajarish uchun tegishli vositalarning bo'lishi;
— aniqlangan m a’lumotlarni to'liq qayta ishlash va boshqalar.
Dasturlash tillari bir qator belgilarga ko‘ra turkumlarga ajratiladi:
— o‘zgaruvchanlik;
— jarayonlilik;
— foydalanilayotgan matematik apparat va boshqalar.
MBBT dagi dasturlar tegishli buyruqlarning to'plamidan tashkil
topadi. Yechilayotgan masalalarning qiyinligiga qarab, dasturlar oddiy
yoki murakkab tuzilishiga ega bo'ladi. Oddiy tuzilishga ega bo'lgan dastur-
larda buyruqlar ketma-ket joylashadi. Murakkab tuzilishli dasturlarda esa
buyruqlar modullar holatida, ya’ni asosiy modul va quyi dasturlar to 'p
lamidan iborat bo'ladi. M a’lumotlar bazasini hosil qilishda modullik ta-
moyilidan foydalanish qulay va samaralidir.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi quyidagilaiga imkon beruvchi
dasturiy vositalarning to'plamidir:
a) foydalanuvchilarni ma’lumotlarni aniqlash va amallar bajarish
tili vositalari bilan ta’minlaydi. Bunday vositalarga ma’lumotlami aniqlash
tili (MAT) va ma’lumotlar bilan amallar bajarish (MABT) kiradi. Ma’
lumotlar tili atamasi aytib o'tilganlarining har ikkalasini yoki ulardan
birini anglatadi. Ma’lumotlar so'zi m a’lumotlar tilini SIQQ, Paskal va
h.k. kabi tillar turidan farqlaydi. Lekin ma’lumotlar tili universal tilga,
masalan SQQ, Paskalga kiritilishi mumkin. Bunday hoda dasturlashning
universal tili va ma’lumotlar tili tegishli ravishda (kirituvchi) til va ma’
lumotlaming til osti deb ataladi;
b) foydalanuvchining ma’lumotlar modelini qo'llab-quwatlashni
ta’minlaydi. Ma’lumotlar modeli ba’zi ilovaga tegishli fizik ma’lumotlaming
mantiqiy taqdim etilishini aniqlash vositasidir;
d) aniqlash, yaratish va ma’lumotlar bilan mantiqiy amallar bajarish
(ya’ni tanlash, yangilash, kiritish va yo'q qilish)ga imkon beruvchi MAT
va MABT funksiyalarini amalga oshiruvchi dasturlar;
e) ma’lumotlaming himoyasi va yaxlitligini ta’minlaydi. Tizimdan
foydalanish faqat shunga huquqi (himoyasi) bo'lgan foydalanuvchigagina
ruxsat etiladi. Foydalanuvchilar m a’lumotlar ustida operatsiya bajara-
yotganlarida saqlanayotgan m a’lumotlarning muvofiqligi (yaxlitligi)
ta’minlanadi. Gap shundaki, MBBT ko'plab foydalanuvchilar jamoa bo'lib
ishlash rejimiga asosan tuziladi.
143
|
| |