Axborot texnologiyasi va tizimlari




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/174
Sana15.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#156878
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   174
Bog'liq
axborotlashtirish

+Jri(x; у)
Koordinata 
tekisligidagi nuqta
*
о
(
0

0
)
x
6.11-rasm.
Displey ekranidagi tasvir foydalanuvchi ko'ziga ko'zg'almaydigan bo'lib 
ko'rinishi uchun nur piksellar bo'yicha ko'p marta (sekundiga 16 marta) 
yugirib o'tadi.
Vektorli kompyuter grafikasida obyektni tasvirlash uchun matematik 
formulalar hamda kompyuter buyruqlaridan foydalaniladi. Bunda bazaviy 
element bo'lib chiziq hisoblanadi. Ushbu chiziqlar kombinatsiyalari har 
xil murakkab tasvirlami yaratish imkonini yaratadi. Shuning uchun vektorli 
kompyuter grafikasini ko'pincha „obyektga yo'naltirilgan grafik", „chizish 
grafikasi" va ba’zi bir vaqtda „hisoblanadigan grafika" ham deyiladi.
Vektor grafikasining asosiy elementi bo'lgan chiziqning har xil 
turlarining matematik ifodalanishini ko'rib chiqamiz, ammo biz nuqtadan 
boshlaymiz.
a) Bu obyekt (nuqta) tekislikda ikkita ko'rsatkich (son) bilan bel­
gilanadi: (x, y) (6.11-rasm).
b) To'g'ri chiziq. Algebra kursidan bilamizki, to'g'ri chiziqni chizish 
uchun ikkita parametr kerak bo'ladi. Odatda, to'g'ri chiziq grafigi
tenglamasi bilan tasvirlanadi. к va b parametrlami aniqlab, cheksiz to'g'ri 
chiziq grafikasini chizish mumkin (6.12-rasm).
y = k x + b
у
kx + b
x
*■
6.12-rasm.
9 — R.X. Alimov va boshq.
129


у
х 
х
х
О
(0; 0) 


6.13-rasm.
d) To‘g‘ri chizik kesmasi. Bu obyektni chizish uchun to‘rtta parametmi 
aniqlash kerak bo'ladi (6.13-rasm).
x, — kesmaning boshlanishi;
x2 —
kesmaning tugashi.
e) Ikkinchi darajali egri chiziq. Bu turkumdagi obyektlarga parabola, 
giperbola, elipslar, aylanalar kiradi. Ikkinchi darajali egri chiziqda egish 
(bukish) nuqtasi bo'lmaydi. Umumiy holda formulasi quyidagicha bo'ladi:
jc2 + а 1ў + a^cy + ajc + aj?+ a =  0.
Demak, ikkinchi darajali cheksiz egri chiziq grafikasini ifodalashda 
beshta (a,, av av a4, a5) parametr yetarli. Ikkinchi darajali egri chiziqning 
kesmasi grafikasini vujudga keltirishda yana ikkita parametr (boshlanishi va 
tugallanishi) talab qilinadi.
0 Uchinchi darajali egri chiziq grafikasi. Bu ko'rinishdagi egri chiziq 
grafikasida egish (bukish) nuqtasi mavjud. Formulasi quyidagicha bo'ladi:
7 = x5.
Demak, uchinchi darajali egri chiziq grafikasini chizishda to'qqizta 
parametr qo'llaniladi, uchinchi darajali egri chiziq kesmasini chizishda 
esa yana ikkita qo'shimcha (boshlanishi va tugallanishi) parametr talab 
qilinadi.
Amaliyotda berilgan koeffitsiyentlar asosida uchinchi darajali egri 
chiziq grafikasini tuzish ko'p mehnat talab kiladi. Shuning uchun ham 
vektorli redaktorlarda (COREL DRAW) uchinchi darajali egri chiziqning 
alohida ko'rinishi hisoblangan Beze egri chizig'i deb nomlanuvchi grafika 
qo'llaniladi. Beze egri chiziq grafikasi bilan talabalar tajriba mashg'ulotlarida 
COREL DRAW grafik redaktorida ishlaganda yaqinroq tanishadilar.

Download 4,18 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   174




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish