6 .3 . A xborot tizimlarining texnologik ta’minoti




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/174
Sana15.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#156878
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   174
Bog'liq
axborotlashtirish

120


6 .3 . A xborot tizimlarining texnologik ta’minoti
6.3.1. Texnologik ta ’minot tushunchasi, maqsadi va vazifalari
Murakkab iqtisodiy tizimlarda samarali boshqaruv ta’sirini ishlab 
chiqish uchun boshqaruvning tegishli algoritmlarini yaratish bilan bir 
qatorda, turli-tum an axborotning katta hajmlarini qayta ishlab chiqish 
ham talab qilinadi. Iqtisodiyotda boshqaruv avtomatlashtirilgan axborot 
tizimlarini ishlab chiqish zaruriyati xuddi shundan kelib chiqqan.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining texnologik va funksional 
nuqtayi nazardan ko‘rib chiqishni bir necha tashkil qiluvchi elementlarga 
bo‘lish mumkin. Texnologik nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilganda avto­
matlashtirilgan axborot tizimida boshqaruv apparati hamda texnik-iqtisodiy 
axborot, ularni texnologik ishlab chiqish usullari va vositalari o'zaro 
farqlanadi. Qolgan elementlar texnologik o'zaro bog'langan, iqtisodiy- 
matematik usullar va boshqaruvning texnik vositalaridan yagona tizimli 
foydalanish sharoitida ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan axborot 
texnologiyalarini tashkil qiladi.
Texnologik ta ’minlanish iqtisodiy obyektlarni boshqaruvning av­
tomatlashtirilgan tizimlaridagi axborotli jarayonlami EHM va boshqa texnik 
vositalar yordamida amalga oshiradi.
Texnologik ta ’minlash metodik va tashkiliy-uslubiy materiallarni, 
EHM yordamida axborotni qayta ishlashning yagona texnologiyasini 
ta ’minlovchi amallar va jarayonlami qayta ishlash va joriy etishga 
mo'ljallangan tizimlar jamlanmasidan iborat. Ma’lum tartibda, aniq ketma- 
ketlikda bajariladigan amallar (protseduralar) majmuasi texnologik jarayonni 
tashkil etadi.
Axborotni qayta ishlashning namunaviy texnologik jarayoni deyil­
ganda, qo'yilgan masalaning ratsional yechilishini ta ’minlaydigan, 
funksional tugallangan, qaytariladigan amallar to'plami tushuniladi.
Ratsional ishlab chiqilgan texnologik EHM lardan foydalanishda 
maksimal operativlik, samaradorlikni ta’minlashi lozim. Har bir berilgan 
holda texnologik jarayonni qurishning optimal variantini tanlash kerak. 
Texnologik ta’minotning namunaviy jarayonlari va amallari (protseduralari) 
quyidagilardan iborat:
• axborotni yig'ish va ro'yxatdan o'tkazish;
• axborotni tayyorlash;
• axborotni kiritish;
• qayta ishlash;
• axborotni uzatish;
121


• axborotni to'plash, jamlash va saqlash;
• bilimlami taqdim etish.
Axborotni yig'ish va ro'yxatdan o'tkazish jarayoni deb bajarilayotgan 
operatsiyalar haqidagi boshlang'ich ma’lumotlarni birlamchi hujjatlarga 
tushirish va birlamchi hujjatlardan umumiy hujjatga ko'chirish protse- 
duralariga aytiladi.
Axborotni yig'ish uni ro'yxatdan o'tkazish bilan kuzatiladi: hujjatda, 
mashinali tashuvchilarda. Eng keng tarqalgan axborot tashuvchi bo'lib 
qog'ozli hujjatlar hisoblanadi. Shu paytgacha birlamchi hujjatlarga axbo­
rotni yozish asosan qo'lda bajariladi, ammo axborotni qayd yetish yetarlicha 
mehnat talab etuvchi protseduralar bo'lib qolmoqda.
Shuning uchun dastlabki hujjatlarni to'ldirishni imkon boricha avto- 
matlashtirishga harakat qilinadi. Bunda korxonaning quyi bo'linmalarida 
kompyuterdan foydalaniladi. Kompyuter tarmog'i mavjud bo'lganda ushbu 
hujjatlar kom m unikatsion kanallar bo'yicha qayta ishlash uchun 
avtomatlashtirilgan axborot tizimining axborot bazasiga uzatiladi.
Axborotni to'plash protsedurasi obyektdan kelib tushgan xabar 
beruvchi axborot bergan inson tomonidan qabul qilinib va hujjat shak­
lidagi axborot tashuvchilariga tushirishdan iborat.
To'plangan axborot tayyorlanishi lozim, chunki kompyuterda joy- 
lashtirilgan muammoli soha modeli, kiritilishi lozim bo'lgan axborot 
tuzilishi va tashkil etilishiga o'z chegaralarini qo'yadi.
Tayyorlangan va kiritilishi lozim bo'lgan axborotning nazorati xato- 
laming oldini olish, aniqlash va tuzishga qaratilgan. Har qanday xato 
kiritiladigan axborotning buzilishiga, demak, qayta ishlash natijalari 
noaniqligiga hamda shuning hisobidan tizimni boshqarishda kamchiliklarga 
yo'l qo'yilishiga olib boradi. Axborot va ma’lumotlar to'liqligi va aniqligini 
nazorat qilish protseduralarini ko'zdan kechirish, mantiqiy va arifmetikdan 
iborat. Ko'zdan kechirish uslubidan ma’lumotlami to'plash va tayyorlash 
bosqichlarida foydaliniladi va qo'lda bajariladi. Mantiqiy va arifmetik nazorat 
avtomatlashtirilgan uslub bo'lib, ma’lumotlarni o'zgartirish bosqichida 
qo'llaniladi.
Ko'zdan kechirish uslubida hujjatning to'liqligi, aktualligi, javobgar 
shaxslar imzosi va h.k. tekshirish maqsadida ko'rib chiqiladi.
Nazoratning mantiqiy uslubi asl ma’lumotlarni me’yoriy yoki qayta 
ishlangan ma’lumotlar bilan taqqoslaydi, funksional bog'liq ko'rsatkichlar 
bo'yicha mantiqiy qarama-qarshi bo'lmaslik bo'yicha nazariy tahlil olib 
boriladi.
Arifmetik uslub jadval shaklidagi hujjatlarni qator va ustunlar 
yig'indisi, formula bo'yicha, murakkab yoki tub sonlar belgilari, balans
122


uslubi, qayta kiritish va shunga o'xshashlarga asoslanib nazorati tushuniladi. 
Tasodifiy yoki ataylab axborot buzilishining oldini olish uchun tashkiliy 
va maxsus tadbirlar o'tkaziladi.
Bu axborot to'plash, tayyorlash va kiritishga mas’uliyatli xodimlar 
huquq va majburiyatlaridan iborat.
Hozirgi davrda dastlabki axborotni to'plash, tayyorlash va boshlang'ich 
nazoratga mas’ul xizmatchilar joylaridagi kompyuterlarda amalga 
oshirilmoqda, demak, tayyorlash va kiritish fazalari birlashib ketadi.
Kompyuterga axborotni kiritish oldingi amalga oshirilgan pro- 
tseduralaiga ko'p jihatdan bog'liq. Hujjatlarda qayd qilingan axborot, asosan, 
qo'lda kiritiladi, bir turdagi axborotni ko'p marotaba kiritish tizimlarida 
skaner qurilmalaridan foydalanish keng tarqalgan. Aloqa kanallari orqali 
uzatilgan axborot kompyuter xotira qurilmasida qayd qilingan va saqlanadi. 
Kiritish jarayoni bajarilganda korxonaning axborot bazasida ma’lumotlaming 
nazorati, dastlabki qayta ishlanishi va qayd qilish protseduralari bajariladi.
Iqtisodiy axborotni qayta ishlash natijaviy axborotga erishish maqsadida 
dastlabki m a’lumotlar ustida mantiqiy va arifmetik amallarni bajarishni 
ko'zda tutadi. Arifmetik amalga — algebraik qo'shish, bo'lish, ko'paytirish 
va boshqalar kirsa, mantiqiy amallarga — ma’lumotlarni solishtirish, 
birlashtirish, ma’lumotlar farqi va shunga o'xshash amallar kiradi. Axborotni 
qayta ishlash — ishlab chiqilgan algoritm asosida belgilovchi qabul qilingan 
qoidalar to'plami.
Axborotni qayta ishlash jarayonida joriy hisobotlar va belgilangan 
hisobotni berishda tasvirlangan natijaviy ko'rsatkichlar shakllantiriladi va 
monitor yoki chop qilish qurilmasida tasvirlanadi.
Axborotni qayta ishlash jarayoni bajariladigan amallarni nazorat qilish 
va ma’lumotlami tuzatish bilan kuzatiladi. AAT da ma’lumotlami tuzatish 
kiritish protsedurasi bajarilishida va uning tugatilganidan so'ng amalga 
oshiriladi. Ushbu jarayon bajarilishida o'tgan davr ma’lumotlarini ham 
tuzatishga e’tibor qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborotni uzatish turli usullarda bajarilishi mumkin. U odatdagi aloqa 
vositalari — kurer, pochta orqali yuborish, transport vositalarida yetkazish 
orqali amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi vaqtda axborotni uzatishda 
zamonaviy masofaviy aloqa vositalari — elektron pochta, faks, fizik aloqa 
kanallari — telefon, optik tola, radiokanal, shu jumladan, yo'ldoshli 
aloqalardan keng foydalanish imkoniyatlari ochilgan. Kommunikatsion 
tizimlar yordamida axborotni masofaga uzatish vositalari doimo rivoj topib 
bormoqda. Axborotni uzatishning ushbu uslubi hududiy taqsimlangan 
AAT fnrna obyektlarining uzoq masofada joylashgan filiallarini boshqarishda 
alohida o'rin tutadi.

Download 4,18 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   174




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6 .3 . A xborot tizimlarining texnologik ta’minoti

Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish