.2 .2 . Amaliy dastur paketlarining tasniflanishi




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/174
Sana15.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#156878
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   174
Bog'liq
axborotlashtirish

6 .2 .2 . Amaliy dastur paketlarining tasniflanishi
Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchilaming aniq bir masalalarini 
ishlab chiqish va bajarish uchun mo'ljallangan. Amaliy dasturiy ta ’minot 
operatsion tizimlar boshqaruvi ostida ishlaydi. Amaliy dasturiy ta ’minot 
tarkibiga quyidagilar kiradi:
• turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketi;
• foydalanuvchi va axborot tizimlari umumiy ish dasturlari.
ADP odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u bundan keyingi 
aniq yo'nalishda rivojlanadi.
Amaliy dasturlar paketi — bu muayyan sinf masalalarini hal etish 
uchun mo'ljallangan dasturlar majmuidir. Barcha amaliy dastur paketlarini 
uch guruhga ajratish mumkin: operatsion tizimlar imkoniyatlarini ken- 
gaytiruvchi paketlar, umumiy belgilanishdagi paketlar, avtomatlashtirilgan 
boshqarish tizimida ishlashga mo'ljallangan paketlar.
Amaliy dasturlar paketi dasturiy ta ’minlanishning eng dinamik 
rivojlangan qismidir. Amaliy dasturlar paketi yordamida hal qilinayotgan 
masalalar doirasi doimo kengaya boradi.
Hoziigi vaqtda o'z funksional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga 
ko'ra farqlanuvchi amaliy dasturlar paketlarining keng spektori mavjud.
Amaliy dasturlar paketlarining quyidagi turlari farqlanadi:
• umumiy vazifadagi (universal);
• uslubiy yo'naltirilgan;
• muammoli yo'naltirilgan;
• EHM global tarmoqlari;
• hisoblash jarayonini tashkil etish (m a’muriylashtirish).
Amaliy dasturlar paketlarining tasniflanishi 6.8-rasmda berilgan.
117


6.8-rasm. Amaliy dastur paketlarining tasniflanishi.
Umumiy vazifali amaliy dastur paketlari — bu universal dasturiy 
mahsulotlar bo'lib, axborot tizimlari va foydalanuvchilaming funksional 
masalalarini ishlab chiqishni va ishga solishni avtomatlashtirishga qaratilgan.
Integrallashtirilgan paketlar deb umumiy ishlaiga mo'ljallangan amaliy 
dastur paketlaridagi dasturlaming xususiyatlarini o'zida mujassamlashtiigan 
amaliy dasturlar paketlariga aytiladi. Zamonaviy integrallashtirilgan amaliy 
dasturlar paketlari o ‘z ichiga quyidagilarni kiritadi: matn tahrirlagichi, 
elektron jadval, m a’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, kommuni- 
katsion (ulovchi) modul va boshqalar.
Integrallashtirilgan paketlarga qo'shimcha modul sifatida fayllarning 
eksport-import tizimi, kalkulator, kalendar, dasturlash tizimlarini kiritish 
mumkin.
Uslubiy yo'naltirilgan amaliy dasturlar paketlarining farqi shun- 
daki, ularning algoritmik asosi masala yechimining qandaydir ma’lum 
bir iqtisodiy — matematik usuliga asoslangandir. Bunday amaliy dasturlar 
paketlariga quyidagi usullarni kiritish mumkin:
118


• matematik dasturlash (chiziqli, dinamik va boshq.);
• tarmoqli rejalashtirish va boshqarish;
• ommaviy xizmat ko'rsatish;
• matematik statistika.
Uslubiy yo'naltirilgan paketlar qo'llanish sohasidan qat’iy nazar, 
masalaning umumiy holdagi yechimini beradi. Uning namunasi sifatida 
chiziqli dasturlash va tarmoqli rejalashtirish paketlarini ko'rsatib o'tish 
joizdir. Masalan, tarmoqli rejalashtirish amaliy dasturlar paketlari korxona, 
bo'lim, sex, laboratoriya ish rejalarini shakllantirish imkoniyatini beradi. 
U jadval shaklida ifodalanib, unda har bir ish qachon boshlanib, qachon 
tugashi, ularni amalga oshirish uchun qancha va qanday zaxiralar kerakligi 
ko'rsatiladi.
Muammoga yo'naltirilgan amaliy dasturlar paketlari — bu eng keng 
tarqalgan amaliy dasturlar paketlaridir. Umumiy holda muammoga 
yo'naltirilgan amaliy dasturlar paketlari deb xalq xo'jaligi, fan va 
texnikaning biror bir sohasidagi mavjud muammoni yechishga qaratilgan 
amaliy dasturlar paketlariga aytiladi. Bunday amaliy dasturlar paketlarining 
juda ko'p turlari ichidan sanoatda va nosanoat sohasida boshqarish 
funksiyasini avtomatlashtirishga qaratilgan amaliy dasturlar paketlarini 
ko'rib chiqamiz.
Hozirgi kunning eng-dolzarb masalasi — integrallashgan axborot 
tizimlarni yaratish masalasidir. Uning asosiy maqsadini qisqacha qilib 
„Mijoz-server" (clientg'server) deb aytish mumkin. Uning asosiy ma’nosi 
mijoz-foydalanuvchi uchun u istagan har qanday xizmat servisini bajo 
keltirishidir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, zamonaviy G'aib bozorida 
iqtisodiy ishlab chiqarish faoliyatini avtomatlashtiradigan juda ko'p amaliy 
dasturlar paketlari mavjud. Ularni shartli ravishda 4 guruhga ajratish mumkin.
Shunday qilib, tizimli va amaliy dasturlar ta’minoti foydalanuvchining 
dasturlari uchun axborotni qayta ishlash vositasi bo'lib xizmat qiladi. 
Undan tashqari amaliyotda ba’zan shunday asl nusxa masalalar uchraydiki, 
ularni yechish uchun amaliy dasturlar paketlari qo'l kelmaydi. Bunday 
hollarda ushbu masalalami yechish uchun masalani yechish shartlarini 
inobatga oluvchi maxsus dastur tuziladi va EHM da yechiladi.

Download 4,18 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   174




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 .2 .2 . Amaliy dastur paketlarining tasniflanishi

Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish