Shuning oqibatida tugallanmagan ilovalar hajmi ko‘payib borayapti. Mavjud
tizimlarni yangi sharoitlarga moslash yoki texnik vositalar, operatsion
tizimlar bilan ishlash uchun modifikatsiyalash harajatlarining o‘sib borishi
tufayli ilovalar sonini oshirish oqsayapti. Bunday holatdan chiqib ketish
uchun oxiridagi foydalanuvchilarni shaxsiy tizim
va ularning ilovalarini
yaratishga jalb etish, ularga kuchli asbob-uskuna vositalarini yetkazib berish
lozim.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi asosiy bo‘g‘in bari bir inson
bo‘lib qolaveradi. Shuni qayd etish lozimki, hozirgi yangi axborot
texnologiyalari faoliyatida tizimning oxiridagi
foydalanuvchi bilan
loyihalovchi, operator, dasturchi, xizmat ko‘rsatuv xodimi o ‘rtasida aniq
tafowut yo‘q. Bugungi kunda interpretatsiya uslubi orqali o‘z dasturiy —
mo‘ljallangan mahsulotni — amaliy dasturlar paketini tezda ishlab chiqish
imkonini beruvchi tayyor dastur vositalari mavjud.
Texnik qarorlarning butun ahamiyatiga qaramasdan, avtomat
lashtirilgan axborot tizimining ahamiyati va qimmatini loyihalashtirish
ishtirokchilari ishlab chiqadigan noyob mahsulotlar belgilaydi. Ayni paytda
avtomatlashtirilgan axborot tizimining uzoq vaqt va mustahkam ishlashi
uchun undan foydalanish bo‘yicha batafsil bayon etilgan yo‘riqnomaning
boiishi hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Avtomatlashtirilgan
axborot tizimini yaratish, ishlash va rivojlanish
natijalarini belgilovchi asosiy omillar quyidagicha:
• xodimning axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirish tizimida va
boshqaruv qarorini qabul qilishda faol ishtirok etishi;
• axborot faoliyatining axborot biznesi sifatida talqin qilinishi;
• aniq bir obyektda amalga oshiriladigan dasturiy-texnik, texnologik
platformaning mavjudligi;
• axborot tizimi va texnologiyasi sohasida foydalanuvchilar talablariga
muvofiq ilmiy hamda amaliy ishlanmalarni yaratish va tatbiq etish;
• tashkiliy-funktsional o‘zaro harakat shartlarining shakllanishi va
uning matematik, model, tizim va dasturiy ta’minoti;
• berilgan samaradorlik mezonlarini hisobga olgan holda boshqaruv
sohasida aniq amaliy vazifalami qo‘yish va hal etish.