Ishlab chiqarish me'yorlari konstruktiv-texnologik hujjatlarda ko’rsa-
tiladi. Masalan. materiallar sarflash me'yori marshrutlash haritasida
saqlanadi. Unda detallami tayyorlash ning texnologik jarayoni aks ettiriladi.
Taqvim-reja me’yorlari detal yoki mahsulotga nisbatan sexning kunlik
ehtiyojlarini aks ettiradi.
Yetkazib beruvchining buyurtmachi bilan shartnomasi yetkazib berish
rejasini, yetkazib berish partiyasi hajmini aks etgiradi.
Reja hujjatlari esa
tayyor mahsulotlar, detallar chiqarish bo‘yicha sanoqli reja ko'rsatkichlarini
ifodalaydi. Tashkiliy-boshqaruv hujjatlari nizom, qoida, aktlar,
protokollar, qarorlar, buyruqlar va hokazolarni o'z ichiga oladi.
Hisobot axborotlariga oid hujjatlari
kirim-chiqim hujjatlari, tovar va
materiallarni ortish va to'xtatish, shuningdek, buyumlar kelib tushishi bo'yicha
hisobot malumotlarini o'z ichiga oladi. Bular — nakladnoylar, kirish-chiqish
orderi, omborxona kirish-chiqish kartochkasi, inventarlash vedomostlari va
boshqa hujjatlar. Reja ko'rsatkichlari bajarilishi borasidagi ma’lumotlar
reja-grafiklarda,
hisobotlarda, statistik ma’lumotlarda ko'rsatiladi.
Ko'rsatkichlar tizimi rejalash tizimi bilan belgilanadi. Rejani bajarish
ko'rsatkichlari (bo'lim darajasida) faqat hisobot uchungina emas, balki
boshqarish va tartibga solish maqsadlari uchun ham xizmat qiladi. To'lov
topshiriqlari buyurtmachining keltirilgan mahsulotga to'lov faktlarini aks
ettiradi.
Barcha hujjatlar hujjat mazmunini
ifodalovchi nomi, hujjat tarkibini
belgilovchi shakli bilan farqlanadi. Yuzaga kelish xususiyatiga ko'ra, hujjatlar
ilk ma’lumotlami saqlovchi boshlang'ich hujjatlarga va boshqa hujjatlaming
axborotlarini qayta ishlash natijalarini ko'rsatuvchi natijaviy hujjatlarga
bo'linadi.
Har qanday hujjat uch qismdan tashkil topgan: sarlavqa, asosiy va
tasdiqlovchi qismlardan.
Sarlavha qismida hujjat uchun doimiy yoki o'zgarmas bo'lgan
ma’lumotlar joylashadi. Asosiy qismda hujjat
uchun shartli doimiy va
o'zgaruvchan bo'lgan ma’lumotlar joylashadi. Tasdiqlovchi qismda hujjat
uchun yuridik huquq beruvchi m a’lumotlar joylashadi. Hujjatlarda
ifodalangan ma’lumotlaming joylashishiga ko'ra, ulami quyidagi turlarga
ajratish mumkin: chiziqli,
anketali, jadvalli va aralash.
Mashinadan tashqaridagi axborotlar bazasini yuritish vositalariga
quyidagilar kiradi:
• muammo sohasi hujjatlarida saqlanuvchi texnik-iqtisodiy axborotlarni
kodlash va tasniflash tizimi;
• foydalanish uchun tavsiya qilingan hujjatlaming tipik shaklini aks
ettiruvchi hujjatlaming muvofiqlashtirilgan tizimi;
• hujjatlashtirishni tashkil etish va yuritish tizimi (6.2-rasm ).
110
6.2-rasm. Mashinadan tashqaridagi axborot bazasini
yuritish vositalari.
Bo‘lim
axborot
manbayi
Boshlan-
g‘ich
hujjatlar
Qabul qilish,
ro‘yxatdan оЧка-
zish, nazorat
Ma’lumot-/
Ma’lumot
ni
kiritish
Mashina tashuvchilarda
ma’lumot massivini
tayyorlash
Mashinadan
tashqari ma’
lumot
massivlari
ni kiritish-f
*
ga tayyorlasm
Tuzatish
Protokolni
tahlil qilish
Mashinogramma
protokoli bilan
6.3-rasm. Axborotlar massivini mashina tashuvchilarida
shakllantirishning
tipik texnologik chizmasi.
Mashinadan tashqaridagi axborotlar bazasi mashina ichidagi axborotlar
bazasini shakllantirish manbayi bo‘lib hizmat qiladi.
Quyidagi 6.3-rasmda hujjatlarda joylashgan ma’lumotlami kompyuterga
kiritish texnologik chizmasi keltirilgan.