Kompyuter texnologiyasi hisobiga tejalgan vaqt mutaxassislar sonining
qisqarishiga olib keladi, deb xulosa chiqarish to‘g‘ri emas. Chunki hisob-
kitobni o'tkazish
asosiy vazifa, ya’ni zarur qarorni qabul qilishning bir
qismi sanaladi, holos. Hisob-kitoblarni amalga oshirish vaqti qisqarganda
tahlil va qaror qabul qilish vaqti uzayadi.
Shu tariqa avtomatlashtirilgan axborot tizimini va texnologiyalarini
yaratish mutaxassislar sonining qisqarishiga olib kelmaydi, balki ularning
mehnatini sifat jihatidan o'zgartirish imkonini beradi.
Axborot texnologiyalarini turli sohalarga qo'llash quyidagi natijalarga
olib keladi. Masalan, boshqaruv tizimiga avtomatlashtirilgan axborot
texnologiyalarini qo'llash quyidagi natijalarni beradi:
— boshqaruv
darajasi miqdori qisqarishi;
— m a’muriy xarajatlaming kamayishi;
— o'rta boshqaruv bo'g'ini xodimlarining ishdan ozod bo'lishi;
— avtomatlashtirish hisobiga xodimlami qo'l mehnatidan ozod qilish,
intellektual faoliyat uchun vaqt qolishi;
— matematik uslublar va intellektual tizimlarni tatbiq etish hisobiga
boshqaruv vazifalarini hal qilishning oqilona variantlariga ega bo'lish;
— zamonaviy tashkiliy tuzilma yaratiladi;
— avtomatlashtirilgan texnologiya tashkiliy jihatdan moslashuv-
chanlikni yuzaga keltiradi;
— ish unumdorligining oshishi;
— vaqtni tejash;
— boshqaruvchilar malakasi va kasbiy bilimining oshishi;
— raqobatchilik afzalligi kuchayadi;
— tushum, daromad ko'payadi, ortiqcha xarajat kamayadi.
Axborot tizimiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo'llash
quyidagi natijalarni beradi:
— axborot oqimi
tuzilmasini takomillashtirish;
elektron pochta yordamida samarali muvofiqlashtirish;
— ishonchli axborot bilan ta’minlash;
— ma’lumotlami qog'ozda tashuvchilami optik-magnitli tashuvchilarga
almashtirish axborotlarni kompyuterda qayta ishlashni oqilona tashkil etishga
va qog'ozdagi hajmining kamayishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo'llash
quyidagi natijalarni beradi: