Shunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot tizimi butun iqtisodiy
obyekt jamoa faoliyatining maqsadga yo'naltirilgan axborot muhiti,
korporativ axborot tizimi ham bo'lishi mumkin. Hozirda zamonaviy
ko'rinishdagi bunday tizim iqtisodiy obyektlarda murakkab vazifalami
hal qila oladigan, yagona axborot tizimiga integrallashgan, universal va
ixtisoslashgan turli mutaxassislar, turli apparat-dasturiy platforma majmuyini
o'z ichiga oladi.