• 3. Elektron dekanat va elektron doskalar. 4. Taqsimlangan kafedra. Tayanch tushunchalar
  • 1. Axborot – ta‘lim muhiti. O’quv muassasining virtual fazosi




    Download 0.97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana26.02.2024
    Hajmi0.97 Mb.
    #162822
      1   2   3   4
    Bog'liq
    12-Zamonaviy o`itish texnologiyalariga kirish.
    TUSHUNTRISH-XATI, Kombinatorika tarixi, 10 sinf 2chi chorak, elektr1, diplom ishi, 1-5, 17-ma\'ruza, Reference-301191106678, Amaliyot xati, Амалиёт ҳисоботини тайёрлаш услубий қўлланма, N0EIFUbesDUysh66QiMrTqjsASqtuTIIpwVQxshQ, 1. Qo‘shma gap haqida umumiy tushuncha. Qo’shma gap turlari-azkurs.org, Язык программирования C#, Maktablarda “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqlari-fayllar.org, 13.00.01-IMTIHON DASTURI


    12-ma’ruza. 
    Mavzu:Zamonaviy o’qitish texnologiyalariga kirish. 
    Reja: 
    1. Axborot – ta‘lim muhiti.
    2. O’quv muassasining virtual fazosi.
    3. Elektron dekanat va elektron doskalar. 
    4. Taqsimlangan kafedra.
    Tayanch tushunchalar: axborot-o’qitish muhiti, o’quv muassasining virtual fazosi, elektron 
    xodimlar bo’limi, elektron dekanat, avtomatlashgan test tizimi, on-line auditoriyalar - 
    seminarlar va maslahatlar. 
    Yuqori sifatdagi va yuqori texnologik axborot-o‟qitish muhitini yaratish, asosan, ta„lim 
    tizimining texnologik bazasini tubdan modernizatsiyalash, postindustrial jamiyat talablariga 
    javob beradigan ochiq ta„lim tizimiga o‟tish imkoniyatini yaratadigan yetarlicha murakkab 
    bo‟lgan texnik masala sifatida ko‟riladi. Shu bilan birga, axborot ta„lim muhitini yaratish faqat 
    texnik masala emasligini inkor etib bo‟lmaydi. Uni yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish 
    uchun barcha ta„lim tizimining ilmiy-uslubiy, tashkiliy va pedagogik potentsialini to‟liq ishga 
    solish kerak bo‟ladi. Shu munsabatda, zamonaviy axborot-ta„lim muhiti ishlatilayotgan sharoitda 
    pedagogika munosabatlarini ham hisobga olmog‟i lozim.
    Г.Ю.Беляев keltirgan belgilarni asosiy hisoblab ta„lim muhitini tipologik belgilarini ta‟riflanadi:
    1.Ixtiyoriy darajadagi ta„lim muhiti tizimidan kelib chiqqan murakkab tarkibli ob‟ektdir. 
    2.Ta„lim muhitining butunligi, tizim, effekti etishishlik sinonimi bo‟lib bunda uzluksiz ta„lim 
    darajasida o‟qitish va tarbiyalashdan iborat kompleks amalga oshirish nazarda tutiladi.
    3.Ta„lim muhiti ma‟lum bir ijtimoiy hamjamiyat bo‟lib unda insonni dunyoga ijtimoiy-madaniy 
    adaptatsiyasi orqali odamlarni bir-biriga munosabatini rivojlanadi.
    4.Ta„lim muhiti, har xil sifatdagi ayrim hollarda bir birini inkor etuvchi sifatlarga ega lokal 
    muhitlar turlarini shakllovchi keng spektrdagi modullikka egadir.
    5.Maqsadli – baholashli rejalashda ta„lim muhitlari ijobiy hamda salbiy tavsiflardan iborat 
    tarbiyaviy effekt beradi, tarbiya yo‟nalishi ta„lim jarayonining umumiy mazmunidan kelib chiqib 
    maqsadli buyurtiriladi.
    6. Ta„lim muhiti nafaqat ta„lim berish sharoiti, balki o‟qitish va tarbiyalash vositasi ham bo‟ladi.
    7.Ta„lim muhiti, pedagogik ta‟sir, tendentsiyalari, bosh shart-sharoitlaridan koordinata 
    sistemasini tashkil etuvchi ijtimoiy, predmetli va psixologo-didaktik komponentlarning dialektik 
    o‟zaro ta‟sir jarayoni bo‟lmoqda.
    8. Ta„lim muhiti, o‟quv situatsiyadan hayotga o‟tish davrida shaxsiy faoliyatni shakllantiradi.
    Bevosita AO‟M (axborot o‟qitish muhiti) tushunchaga ta‟rif berilayotganda mavjud bo‟lgan har 
    xil yondoshishlar ko‟rib chiqiladi.
    AO‟M sifatida quyidagilar tushuniladi:
    - Ta„lim jarayoni sub‟ekti sifatida inson bilan uzluksiz bog‟liq bo‟lgan axborot-texnik, o‟quv-
    uslubiy ta„limotning tizimli tartibga solingan to‟plamiga aytiladi;
    - Antroposofik regevant bo‟lgan, o‟quvchi va o‟qituvchining talantlari va ijodiy potentsiallarini 
    ochishga mo‟ljallangan axborot anturajiga aytiladi.
    - axborotni an‟anaviy va elektron tashuvchilarga uyg‟unlashtirish yo‟li bilan qurilgan, virtual 
    bibliotekalarni, taqsimlangan ma‟lumotlar bazalarini, o‟quv-uslubiy majmualarni va 
    didaktikaning kengaytirilgan apparatini o‟z tartibiga olgan yagona axborot-ta„lim fazasiga 
    aytiladi.
    O‟quv muassasining virtual fazosi. 
    Axborot-ta„lim muhiti bu yangi darajadagi pedagogik tizimdir. ATM tushunchasining bir 
    qator ta‟riflari mavjud. Ushbu yondashuvning bitta varianti deb «Axborot-ta„lim muhiti bu 
    pedagogik tizim plyus uning ta‟minoti, ya‟ni moddiy-texnik, moliyaviy-iqtisodiy, normativ-
    huquqiy, boshqaruv va marketing quyi tizimi» deb qarash mumkin. Barcha ATM nazariy yadrosi 


    bo‟lib pedagogik tizim hisoblanadi. ATM deb ataladigan yangi tashkil qilingan pedagogik 
    jarayonlar tadqiq qilinadigan pedagogik fanning yangi yo‟nalishi to‟g‟risida gapirish mumkin. 
    Bunga «Elektron pedagogika» deb nomlanadigan yangi yo‟nalish kiradi. 
    O‟quv yurtining VF o‟quv jarayonini tayyorlash va o‟tkazish hamda o‟qituvchi va talaba 
    bo‟lgan asosiy foydalanuvchilarning har qanday toifalarining funktsional majburiyatlarini 
    amalga oshirish imkoniyatini ta‟minlaydigan o‟zaro bog‟liq bo‟lgan servis xizmatlarning 
    to‟plami (dasturiy modullar)ni o‟z ichiga oladi. Bunda axborot resurslarining tarkibi va mazmuni 
    o‟quv yurti tomonidan, servis xizmatlar to‟plami namunaviy dasturiy ta‟minot bilan belgilanadi. 
    Boshqacha aytganda, VF bu alohida o‟quv yurtida o‟quv jarayonni ta‟minlaydigan servis 
    xizmatlar va axborot resurslarning to‟liq to‟plamini o‟z ichiga olgan dasturiy kompleks 
    hisoblanadi. VF ma‟murlashtirish namunaviy metodika asosida o‟zining o‟qitish metodikasini 
    amalga oshirgan holda asosiy o‟quv yurtini boshqaradi.
    VF har bir o‟quvchiga quyidagi imkoniyatlarni ta‟minlaydi:
    - o‟quv-metodik ta‟minoti joylashtirilgan elektron kutubxonadan foydalana olish;
    - o‟qituvchi bilan elektron pochta orqali muloqat qilish; 
    - har bir o‟qitiladigan kurs bo‟yicha telekonferentsiya;
    - o‟z virtual o‟quv guruhining talabalari bilan muloqat qilish;
    - on-line rejimda va bir qator imkoniyatlar bilan o‟qituvchidan maslahat olish.
    Virtual vakillikning asosiy funktsiyalarini amalga oshiruvchi VF asosiy quyi tizimlari 
    bo‟lib quyidagilar hisoblanadi:

    Download 0.97 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Axborot – ta‘lim muhiti. O’quv muassasining virtual fazosi

    Download 0.97 Mb.
    Pdf ko'rish