137
avval to„lov qabul qiluvchining elektron imzosi bilan tasdiqlanishi
lozim.
Raqamli naqd pul, mazmunan debit tizimlarga tegishlidir. Raqamli
naqd pulning ikki turi mavjud – smart-kartalarda (
Mondex) va
kompyuterning qattiq diskida saqlanuvchi (misol sifatida quyidagilarni
keltirish mumkin:
Digicash, Netcash, CyberCoin) raqamli naqd pul.
Ayrim ekspertlarning xulosalariga ko„ra, vaqt o„tishi
bilan bu turlar
yagona turga birlashadi.
Bu tizimlar naqd pul kabidir. To„lovni amalga oshiradigan tizim
provayderdan qo„shimcha ravishda naqd pullarning elektron analoglarini
sotib oladi. Elektron pullarning hayot sikli (masalan,
Digicash
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan) quyidagi bosqichlarni o„z
ichiga oladi: avval mijoz o„z kompyuterida nominali va seriya raqamini
aniqlagan holda elektron kupyuralar yaratadi va o„z elektron imzosi
bilan tasdiqlaydi. So„ngra ularni bankka jo„natadi. Real pullar schotga
tushganda ularning faqat nominalini bilgan holda imzolaydi va mijozga
jo„natadi. Xarid davrida mijoz kupyuralarni sotuvchiga haqqoniyligini
tasdiqlash va sotuvchi hisobiga o„tkazishni
amalga oshirish uchun
bankka jo„natadi (bunda sotuvchi sotib oluvchi haqida hech qanday
ma‟lumot olmaydi, ammo sotib oluvchi (xaridor) savdoni amalga
oshirganini har doim isbotlay oladi, chunki u o„z kupyuralarining seriya
raqamlarini biladi). Bunday tizimlarning asosiy ustunliklari sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin:
tizimlar mikro to„lovlar uchun to„g„ri keladi;
anonimlik ta‟minlangan bo„lishi mumkin.
Negativ tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
kupyuralarni qo„shimcha sotib olish zarurati;
kredit taqdim etish imkoniyatining yo„qligi.
Internet tarmog„i orqali savdoga nisbatan muhokama qilinadigan
masalalardan
biri
tavakkalchilikning
taqsimlanishi
muammosi
hisoblanadi. Karta orqali xarid amalga oshirilayotganda hamma tavakkal
qiladi – karta raqamini
habar qilayotgan foydalanuvchi, uni qabul
qilayotgan magazin va o„tkazishni amalga oshirayotgan bank. Ammo,
mutaxassislarning fikricha, Internet-magazinda xarid uchun kredit
kartochkadan
foydalanayotgan
inson
uni
oddiy
magazinda
foydalanayotgan insonlardan kam tavakkal qilmaydi.
Kredit kartochkalar foydalanuvchilari himoyasi sxemasi ancha
avval ishlab chiqilgan va Internet-tranzaktsiyalarga tadbiq qilingan.
Masalan, magazin xodimi (kuryerga ham)
majburiyatlariga xaridor
138
pasportini kredit kartochkadagi axborotlar mazmuniga nisbatan
tekshirish kiradi. Pasport mavjud bo„lmaganda operatsiya bekor qilinishi
mumkin. Shu sababli, Internet-magazindan boshqa kredit kartochka
bo„yicha biror narsa sotib olish qiyin. Magazin mijoz imzosi bilan
tasdiqlangan slip kartochkani olmagunga qadar so„nggi
bank schotidan
pulni o„tkazmaydi.
Bank va to„lov tizimi kam tavakkal qiladi, chunki zarurat
tug„ilganda mijozga qaytariladigan pullar kartani qabul qilgan savdo
nuqtasidan olinadi. Bu operatsiyada magazin eng ko„p tavakkalchilik
qiladi.
Buning sababi, biror narsa yuzaga kelganda u mahsulotsiz va
pulsiz qolishi mumkin. Magazin tavakkalchilikni minimumga keltirish
uchun zarur bo„lgan summani mijoz schotidan tezda olmaydi, faqat uni
zahiralaydi. Keyinchalik xaridor va sotuvchi mahsulotni berishda
uchrashadilar. Shu jarayonda slip (xaridni hujjatli tasdiqlash) yaratiladi
va kartochka egasi uni imzolaydi. Qabul
qilingan slip magazin va
jarayon markazi uchun kelishuv amalga oshganligining tasdig„i bo„ladi.
Slipni olish davrida kassir (yoki kuryer) kartochka egasi imzosini
namuna bilan taqqoslaydi va tortishuvli vaziyatlarda pasport talab qilishi
mumkin.
Umuman, savdo tashkilotlari uchun Internet orqali ishlashdagi
tavakkalchilik kredit kartochkalaridan odatdagi foydalanishlardagi
tavakkalchilik bilan mosdir. Rossiyaning ko„plab virtual magazinlari
«Multikarta» jarayonlash markazi
bilan ishlaydilar va kredit
kartochkalarini mualliflashtirish bilan bog„liq bo„lgan barcha
masalalarini hal qiladilar.
Turli bosqichlarda to„lov tizimi tarmog„iga fizik ulanish uchun turli
texnologiyalar qo„llanilgan. Avval kirish telefon tarmoqlari orqali
amalga oshirilgan. Bog„lanish o„rnatilishi va mualliflashtirish o„tgunga
qadar foydalanuvchilar ko„p vaqt kutishlariga to„g„ri kelgan. Hozir
ko„plab magazinlar Internetdan X.25 tarmog„iga o„tish uchun provayder
tomonidan taqdim etilayotgan shlyuzdan foydalanmoqdalar.