139
narsa ta‟kidlanadiki, qo„llab-quvvatlash xizmatiga bo„lgan barcha
murojaatlarning 40%i hayolparast foydalanuvchilarning
parolni tiklash
iltimosi bilan bog„liq. Qo„llab-quvvatlash xizmatining bu yo„nalishdagi
harajatlarni smart-kartalar yordamida sezilarli darajada kamaytirish
mumkin.
Va nihoyat,
Forrester tadqiqotlarida shu narsa ta‟kidlanadiki,
Fortune 1000 qatoridagi kompaniyalar tarmoqni himoyalash uchun
yiliga kamida bir million dollar mablag„ sarflaydilar.
Bu xarajat katta
ko„ringani bilan buzishdan keladigan zarar bilan taqqoslanganda hech
narsa emas.
Elektron tijoratlar uchun mahsulotlar va raqamli sertifikatlar xizmati
ishlab
chiquvchi VeriSign kompaniyasining korporativ marketing
bo„yicha direktori Djina Klyayn Djorashning
xabar berishicha
buyurtmachilar raqamli sertifikatlarga 400 – 1000 dollar oralig„ida, bir
Web server sertifikatining to„liq xizmatlari spektri uchun 200.000 –
1.000.000 dollar harajat qiladilar. Bunday sarflardan tashqari, himoyalash
tizimining ajralmas qismi bo„lgan brandmauerning narxini ham hisobga
olish zarur.
Himoyalash sohasining eng muhim masalalaridan biri standartlar
masalasidir. Elektron himoyalangan tranzaktsiyalar (
Secure Electronic
Transaction, SET)
CyberCash, Netscape Communications va
RSA Data
Security (SET ishlab chiquvchi komplektni taklif etuvchi) kabi
kompaniyalarning xizmatidan foydalanadilar. Ammo, boshqa standartlar
ham mavjud, masalan
Secure/MIME va
United Nations/Electronic Data
Interchange
for
Administration,
Commerce,
and
Transport
(UN/EDIFACT). Universal va yagona usul mavjud bo„lmas ekan,
mahsulotlarni va himoyalashning usullarini tanlash oson bo„lmaydi.