140
bo„ldi;
ba‟zi bir manbalarga kirish material va moliyaviy qiymatlarni
nazorat qilishni talab qiladi;
ishlov berilayotgan axborotlar turli-tuman ko„rinishga ya‟ni, faqat
matnli ma‟lumotlar emas;
axborot jarayonlarining sub‟yeklari faqat insonlar emas, balki ular
tomonidan yaratilgan faoliyat ko„rsatish dasturlari kiritilgan
avtomatlashtirilgan tizimlar hamdir.
So„ngi yillarda ham alohida, ham ular asosida qurilgan hisoblash
tizimlarida
jamlanayotgan
va
ishlov berilayotgan
axborotlarni
himoyalash masalalariga katta ahamiyat berilmoqda. Axborotni
himoyalash deyilganda ma‟lumotlarni buzish, axborotlarni yo„qotishdan
ogohlantirish uchun vositalar, usullar va tadbirlar mosligini yaratish yoki
axborotlardan ruxsatsiz foydalanishdan himoyalanish tushuniladi.
Axborotlarni himoyalash muammosi mutaxassislar tomonidan
quyidagicha talqin qilinadi. Axborotlarga ishlov berish vositalari,
usullari va shakllarining murakkablashishi bilan ularning zaifligi ortadi.
Zaiflikning ortishiga sababchi bo„ladigan asosiy omillar quyidagilar
hisoblanadi:
turli toifaga ega bo„lgan axborotlarni yagona berilganlar bazasida
jamlash;
hisoblash tizimi manbalariga kirish huquqiga ega bo„lgan
foydalanuvchilar doirasining keskin ortishi;
kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning kengayishi, xususan
Internet xalqaro tarmog„i. Internet tarmog„i orqali davlat, harbiy,
tijorat va xususiy tavsifga ega bo„lgan katta hajmdagi axborotlar
uzatiladi.