Axborot tizimlari




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/155
Sana19.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#243546
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid

 
 
 
 


72 
5- bob Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari 
5.1 Ma’lumotlar banki tushunchasi va uning tarkibi 
 
Axborot bilan ta’minlash tizimlarining rivojlantirilishi foydalanuvchilarning 
axborotga bo’lgan extiyojlarini qondirishda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankiga 
o’tish imkoniyatini yaratdi.
Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni 
markazlashgan holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanish uchun mo’ljallangan 
axborotli, tematik, dasturiy, tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar 
hamda texnologik jarayonda band personalni qo’shganda) vositalarining tizimi 
sifatida ifodalanishi mumkin. 
Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo’llanilishini ta’minlab beruvchi dasturiy 
to’plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki deb ataladi[24,25].
Avtomatlashtirilgan 
ma’lumotlar banki
inson-mashina tizimidan iborat bo’lib, 
ichki foydalanuvchilar hamda kompyuter, kommunikatsiya texnikasi asosida 
axborotni zaruriy qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi texnologiyaning 
axborot jarayonlarini o’z ichiga oladi. Ma’lumotlar bankiga quyidagi asosiy 
talablar
qo’yiladi: 

muammoli sohaning holatiga axborotning mos kelishi; 

ishlashning ishonchliligi; 

tezkorligi va unumdorligi; 

foydalanishning oddiy va qulayliligi; 

foydalanishning ommaviyligi; 

axborotning ximoyalanganliligi; 

kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi. 
Ma’lumotlar bankining tarkibi unga yuklatilgan vazifalar va echilishi kerak 
bo’lgan masalalarning hususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ma’lumotlar 
bankining asosiy vazifalari quydagilardan iborat: 

axborotni saqlash va uni himoyalashni tashkil etish; 

saqlanilayotgan ma’lumotlarning davriy dolbzarbligini ta’minlash;

foydalanuvchilar va amaliy dasturlarning so’rovlari bo’yicha ma’lumotlarni 
izlash va tanlash; 

olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va belgilangan shaklda natijalarni 
chiqarish. 
Ma’lumotlar bankining tarkibiy 
elementlari
qatoriga quyidagilar kiradi: 
1)
bir yoki bir necha ma’lumotlar bazasi; 
2)
ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT); 
3)
masalalarni echishning amaliy dasturlar to’plami; 

Download 2,86 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish