TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
14
-
rivojlantiruvchi, ta’lim-tarbiya
hamda bilimlarni kengaytirish,
chuqurlashtirish va malakalarni shakllantirishga qaratilgan
didaktik vosita.
GRAFIK TASHKIL ETUVCHILAR
KLASTER (klaster-tutam, bog’lam)-axborot xaritasini tuzish yo’li- barcha
tuzilmaning mohiyatini umumlashtirish va aniqlash uchun qandaydir
biror asosiy
omil atrofida g’oyalarni yig’ish asosida aniq biror mazmunni keltirib chiqaradi.
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha
yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va keng jalb qilishda yordam beradi.
Klasterni tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma
1. Katta qog’oz varag’i markazida kalit so’z yoki 1-2 so’zdan
iborat mavzu
nomini aylana ichiga yozing.
2. Kalit so’z bilan birlashdigan yon tomoniga
kichkina hajmdagi aylana-
“yo’ldoshcha” ichiga mavzu bilan aloqador so’z yoki so’z birikmasini yozing.
Ularni chiziq bilan “bosh” so’zga bog’lang.
3. Ushbu “yo’ldoshcha”larda “kichik yo’ldoshlar” ham bo’lishi mumkin, ular
ichiga yana so’z yoki iboralar yozib ajratilgan vaqt tugagunga qadar yoki g’oyalar
tugamagunga qadar davom ettiriladi.