TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
15
2 . «Suyak»ning chap qismida (yoki yuqori suyakda) muammo osti
muammoni yozing, o’ng qismida (pastki suyakda) – muammo osti muammoni
amalda mavjud ekanligini tasdiqlovchi dalillarni yozing.
«QANDAY?» IERARXIK DIAGRAMMASI - muammo to’g’risida
umumiy tasavvurlarni olishga, uning yechimini topish usul va vositalarini topishga
imkon beruvchi mantiqiy savollar zanjiridan iborat.
Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiradi.
«Qanday?» diagrammasini tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga
yo’riqnoma
«Qanday?» diagrammasini tuzishdan avval, siz quyidagilarni bilishingiz kerak:
ko’p hollarda Sizga muammolar hal etishda «Nima qilish kerak?» haqida o’ylashga
hojat bo’lmaydi. Muammo yechimini topish uchun asosan «Buni qanday qilish
kerak?» qabilida bo’ladi. «Qanday?» - muammoni hal etishda asosiy savol
hisoblanadi.
1. Doira chizing va uning ichiga yechilishi lozim bo’lgan muammoni yozing.
2. Ketma-ket ravishda «Qanday?» savolini qo’ying va shu savolga javob
bering. SHu tartibda savollarni ketma-ket berib boravering va javoblarni o’ylab
o’tirmasdan, solishtirmasdan, baholamasdan, tez-tez yozishda davom eting.
Maslahat va tavsiyalar:
Yangi g’oyalarni grafik ko’rinishda qayd etishni o’zingiz hal eting: daraxt yoki
kaskad ko’rinishida, yuqoridan pastga yoki chapdan o’ngga. Eng muhimi esda
tuting: nisbatan ko’p miqdordagi foydali g’oyalar va muammo yechimlarini topishga
imkon beradigan usul eng maqbul usul hisoblanadi.
Agarda siz muammoni yechimini topish uchun to’g’ri savollar bersangiz va
uning rivojlanish yo’nalishini namoyon bo’lishida ishonchni saqlasangiz,
diagramma, siz har qanday muammoni amaliy jihatdan yechimini topishingizni
kafolatlaydi.