TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
13
Keysda bayon qilingan vaziyatni o’rganib va
tahlil qilib, o’quvchilar
o’zining kelgusidagi kasbiy faoliyatida o’xshash vaziyatlarda qo’llashi mumkin
bo’lgan tayyor yechimni oladi.
Keysda bayon qilingan vaziyatlar (kasbiy), amaliy mashg’ulotlarda
yechiladigan vaziyatli masalalardan tubdan farq qilinadi. Agar vaziyatli
masalalarda har doim shart (nima berilagan) va talab (nimani topish kerak)
berilgan bo’lsa, keysda, qoidaga ko’ra, bunday parametrlar mavjud emas.
O’quvchiga taqdim etilgan ixtiyoriy keysda:
• keysning belgilanishi va topshiriq/savollar aniq ifodalangan bo’lishi
kerak;
• bayon qilingan muammoli vaziyatni yechish
uchun kerakli va yetarli
xajmda ma’lumotlarni o’z
ichiga olishi kerak
•
keysni yechish uchun uslubiy ko’rsatmalar bo’lishi kerak.
Keys–stadi (ingl.sase– to’plam, aniq vaziyat, stadi-o’qitish)–amaliy o’qitish
vaziyatlarmetodi.
Keys-stadi - o’qitish, axborotlar, kommunikatsiya
va boshqaruvning
qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keys-stadida
bayon qilingan amaliy
muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o’quv natijalariga
kafolatli yetishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal
usullari va vositalari majmuidan iborat bo’lgan o’qitish texnologiyasidir.
Ushbu metod o’quvchilarni quyidagilarga undaydi:
1.
muammoni shakllantirishga;
• amaliyvaziyatnitahlilqilishvabaholashga;
• muammo yechimini eng maqbul variantini tanlashga.
O’quv mashg’ulotning o’qitish texnologiyasini tanlashni ikki asosiy dalil
belgilaydi:
1. Keysning hajmi (qisqa, o’rtacha
miqdordagi, katta)
2. O’quv topshirig’ini taqdim etish usuli:
- savolli ( savollar keysdan keyin keltiriladi)
- topshiriqli (topshiriq keys kirish qismining oxirida keltiriladi)