15
bоrishini tа’minlаsh dаsturini ishlаb chiqishni tаshkil etish chоrа-tаdbirlаri
to’g’risidа»gi Qаrоrini vа 2001 yilning mаy оyidа rеspublikаmizdа
birinchi mаrtа
o’tkаzilgаn Internet fеstivаlini аytib o’tish mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida ham yuqori malakali
informatika
va
axborot
– kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha
mutaxassislar yetishib chiqishmoqda,
undan tashqari matematika, fizika kabi
muxassisliklarni bitirganlar ham dasturlash bo‘yicha ma’lum bir qayta
tayyorlash
kurslarini bitirishsa, ularning intellektual boyligidan dasturiy
mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish natijasida milliy iqtisodimiz
rivojlanishiga katta hissa qo‘shish mumkin bo’ladi. Axborot – kommunikatsiya
texnologiyalarini maktabda ta’lim olishni boshlagan vaqtdan boshlab ommaviy
ravishda o‘qitishni
boshlashimiz kerak, chunki bu davrda o‘quvchilar
ko‘nikmalarga tez erishishadi.
Jahon amaliyoti axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy
ta’lim berish jarayonining barcha daraja va bosqichlariga kiritish lozimlig ini
ko‘rsatmoqda. Ta’limga axborot – kommunikatsiya
texnologiyalarini tatbiq
qilish va foydalanishdan asosiy maqsad – ta’lim jarayonining barcha
ishtirokchilari, ya’ni ta’lim oluvchi va beruvchilar uchun yangi imkoniyatlarni
yaratib berishdan iboratdir.
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini