audioaxborot (ovoz), videoaxborot va animatsiya (multiplikatsiya, «tirik video»)




Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana27.01.2024
Hajmi0,71 Mb.
#147006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QarshiboyevOtkir

audioaxborot (ovoz), videoaxborot va animatsiya (multiplikatsiya, «tirik video») 
ko‘rinishdagi axborotlarni turli his etuvchi organlari tomonidan qabul qilish 
darajasining yuksaltirilishini ta’minlaydi. Bu esa darslarni qiziqarli va samarali 
tashkil etishni ta’minlaydi. Shaxsiy kompyuter o‘qituvchining yordamchisi 
sifatida ishtirok etadi. O‘qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida zamonaviy 
dasturiy ta’minotlar yordamida turli ko’rgazmalar, slaydlar va videolavhalar 
tayyorlashi tavsiya etiladi. Bunday yuqori saviyadagi mashg‘ulotlarni tashkil 
qilish uchun auditoriyalarning maxsus jihozlanganligi hamda ushbu 
mashg‘ulotni olib boruvchi o‘qituvchilarning shaxsiy kompyu terda ishlash 
tajribasiga ega bo‘lishi zarur bo’ladi. 
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limga keng kirib kelishi 
bilan ko‘pgina davlatlarda masofaviy ta’lim, ochiq ta’lim va malaka 
oshirishning masofadan turib oshirish kurslari ham keng kirib keldi. Hozirgi 
kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi qoshida 
ham bir qator masofadan malakasini oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilgan va 
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Masofaviy ta’limning o‘quv -uslubiy 
negizini tashkil qiluvchi elektron o‘quv adabiyotlarini yaratish bo‘yicha 
respublikamiz oliy o’quv yurtlarining «Ta’limda axborot texnologiyalari»,
«Axborot texnologiyalari va menejment», «Informatika o’qitish metodikasi»
kabi ta’lim yonalishlarida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Hozirgi kunda bir 


17 
necha yuz elektron darslik va qo’llanma, avtomatlashtirilgan test tizimlari, 
virtual stendlar, multimedia tizimlari ishlab chiqilib, o‘quv jarayonida keng 
foydalanilmoqda. 
Ta’lim inson tafakkurini kengaytiradi va o’z navbatida inson hayoti 
ravnaqiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Bu borada-kishilik jamiyati madaniyati va 
taraqqiyoti insondagi yashirin imkoniyatlar, yangi texnologiyalarni o’zlashtirish 
va amaliyotga joriy etish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tashabbuskorliklarda 
voyaga yetib kelayotgan yoshlarimizning bugungi hayotidagi faol ishtirokiga 
bog’liq. Bunga mamlakatimizda tashkil etilgan yangi ta’lim tizimi keng 
imkoniyatlarni yaratib berdi. Ayniqsa “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da 
ta’lim oluvchilar shaxsini ijtimoiylashtirish va bu borada boshlang’ich 
ta’limining vazifasi sezilarli darajada kengaytirildi. 
Boshlang’ich ta’lim mazmun – mohiyatiga e’tibor beradigan bo’lsak, 
uning fundamental asoslari u nihoyatda chuqur va qimmatli tarixiy ildizlarga 
ega ekanligiga guvoh bo’lamiz. Bundan 3000 yil ilgari Ona diyorimizdagi 
turmush tarzimizni ifodalovchi muqaddas kitob “Avesto” da yoki “Qur’oni 
Karim” va “Hadisi Sharif” larda komil inson talqinidagi ko’rsatkichlar ichida 
albatta asosiysisi dastlabki madaniyatiga, ma’rifatga qaratilgani hyech kimga sir 
emas. 
Demak, boshlang’ich ta’lim kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida 
ham muhim bo’lgan. Ular buyuk tafakkur egalarini yanada ulug’likka ko’targan 
va hattoki jamiyat (davlat) taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir ko’rsata olga n. 
Ayniqsa, Ona diyorimizda yashagan ulug’ insonlarimiz-mutafakkirlarimiz, 
davlat arboblarimiz va boshliqlarmiz ilm hamda ma’rifat homiysi bo’lganligi 
diqqatga sazovardir. Bu borada dalil sifatida quyidagi bir fikrni keltiramiz. 
“Sharq O’yg’onish davrining buyuk mutafakkiri Alisher Navoiy nodir dostonlar 
ijodkori va g’azal mulkining sultoni bo’libgina qolmay, ma’naviy kamolot, 
axloqiy go’zallik, insof, adolat, halollikning peshvosi, asosi bo’lgan bunyodkor 


18 
mehnatni, kasb-hunarlarning buyuk qadr-qimmatini ulug’lovchi, hunarparvar 
ustoz ham edi. Uning ustozligida, homiyligida voyaga yetgan Behzod, ustoz 
Shamsiddin, Mirak Naqqosh, Sultonali Mashhadiy, Muhammad Mu’in, Yusuf 
Badeiy, Ustod Noiy, Darveshali Changiy, Shamsiddin Andijoniy, Pahlavon 
Mahmud, Abu Sa’id, Qozi Nizomiddin, Ataulloh Husayniy, Zayniddin Vasifiy, 
Mirxond, uning nabirasi Xondamir, Kamoliddin Xusayn, Fasihiddin 
Muhammad, G’iyosiddin Muhammad, Nizomiddin Shayxim Suhayliy, 
Shamsiddin Badixishiy, Abdulla Kotib, Abdulhay Tabib, Nizom Ayrobodiy, 
Fasixiddin Sohibdoro kabi binokor, naqqos, muxandis, musavvir, sangtarosh, 
tabib, hattot, bastakor, naychi, g’ijjakchi, chehrakusho-rassom va boshqa kasb-
hunar egalarining dovrug’i, shuhrati yetti iqlimga yetgan edi”. 
Yuqoridagi hikmatlar va ularning jamiyat taraqqiyotidagi xosiyati 
haqida qomuschi va hadischi olimlar ta’limotlari va qarashlarida yanada 
rivojlantirildi va takomillashtirildi. Bularni ayniqsa Abu Rayhon Beruniy, 
Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad Mahmud 
Qoshg’ariy, Voiz Koshifiy, Al-Farg’oniy, Abu Nasr Al-Farobiy, Alisher Navoiy, 
Imom Al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Baxouddin Naqshband va shu kabilar 
asarlarida ko’plab uchratish mumkin. 
Juda ko’p manbalarda VIII-XIII asrlarda ma’naviyat va ma’rifat yuksaldi, 
shuningdek, Samarqand, Buxoro, Shosh, Bikent, Axsikat, Farg’ona, Quba, 
Marg’ilon, O’sh, O’zkand, Usrushona, Xavokand, Xojand, Jend, Urganch, Xiva, 
Marv, Termiz kabi qator rivoj topgan shaharlar, ulardagi me’moriy yodgorliklar, 
bozorlar, obodonchilik haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. 
Bu kabi xislatlar IX-XII asrlar – “Ilk O’yg’onish davri” da yanada 
rivojlandi. Ayniqsa dunyoviy ilm bilan diniy ilmning uyg’unlikda olib borilishi 
bu kabi yo’nalishlarni yuksak cho’qqilarga ko’tarilishiga asosiy poydevor 
bo’ldi. Bu soha ayniqsa XIV-XV asrlarda, ya’ni “So’ngi O’yg’onish davri” da 
yanada rivojlandi va davlat arboblari ham mazkur sohalarni davlat siyosati 


19 
darajasigacha olib chiqdi. 
Bu borada Ulug’ bobomiz Amir Temurning xizmatlarini qayd qilish 
maqsadga muvofiqdir. U mamlakatning iqtisodiy qudratini isloh qilishga harakat 
qildi va olimu-fuzalolarni, kosibu-hunarmandlarni o’z himoyasiga oldi. Bu 
haqda rus olimi A.Yu.Yakubovskiy quyidagilarni yozgan edi: “U yaxshi hisob -
kitoblik xo’jayin edi. U Movarounnahrga nafaqat turli-tuman boyliklarni, balki 
hunarmand, musavvir, me’mor va olimlarni ham olib keldi. To’g’ri 
Movarounnahrning o’zi ham mutaxassis va olimlarga boy edi. Lekin fan va 
madaniyat arboblari, hunarmandlar qancha ko’p bo’lsa, hunarmandchilik, 
madaniyat, ilm-fan ham shancha tez rivojlanadi”. 
Bu boradagi faoliyat va ularning rivoji, poydevori to’g’risida quyidagi 
“Tuzuklar” o’zining qimmatli xulosani beradi: “...Agar kasbu hunar va ma’rifat 
ahllaridan bo’lsa, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush berilsin. 
Bulardan boshqa bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa o’z ahvoli va kasbu 
koriga qarab ish tutsinlar. ... Sarmoyasi qo’lidan ketib qolgan savdogarlarga o’z 
sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin 
berilsin. Dehqonlar va rayyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi 
yetmay qolgan bo’lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug’ va asbob tayyorlab 
berilsin. Agar fuqorodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, 
unga yordam berilsin”. 
Xullas bizning avlod-ajdodlarimiz ilm-ma’rifatga va kasb-hunarga katta 
e’tibor berib kelgan. Shu sababli ham “Hunarli kishi xor bo’lmas”, - degan 
hikmatli so’zlar xalqimiz orasida-iste’molga aylanib ketgan bo’lsa ajab emas. 
Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikri nihoyatda qimmatlidir: 
“Hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat 
sharq, balki umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun 
jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu -
fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va 


20 
dunyoviy ishlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. 
Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshoatlari, shu kungacha 
ko’rku fayzini, mahobatini yo’qotmagan asori atiqalarimiz qadim-qadimdan 
yurtimizda dehqonchilik hunarmandchilik, madaniyat, me’morchilik va 
shaharsozlik san’ati yuksak darajada bo’lganligidan dalolat beradi. Beshafqat 
davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvchilarimiz, bitiklardan 
tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq 
qo’lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, 
falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, 
dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, 
iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi”.
Bizning Mustaqil Davlatimizning kelajagi uchun yangicha intellektual 
salohiyatiga ega bo’lgan, ya’ni zamonaviy tafakkurga, madaniyatga, ma’rifatga, 
mehnatga, kasbiy fazilatlarga ega bo’lgan avlodni tarbiyalashga mustahkam boy 
milliy merosimiz, poydevorimiz bor ekan, demak, o’sib kelayotgan yosh avlodni 
sog’lom va komil inson qilib tarbiyalash ishini yaxshilash to’g’risidagi olib 
borilayotgan islohatlarning asosiy yo’nalishlarini, ushbu tizimni ham mazmunan 
ham shaklan tubdan zamonaviy talablar asosida yangilash zarur ekan. Bu 
bevosita boshlang’ich ta’lim mutaxassislari yo’nalishidagi o’qituvchilariga ham 
tegishlidir, chunki yoshlarga kasb-hunarlarni o’rgatish orqali, ularni halol 
mehnat qilishga, mehnatsevarlikka o’rgatiladi. Bu esa barkamol avlod 
tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir. Sababi buyuk, boy milliy merosga ega 
bo’lgan xalqimiz o’z taraqqiyotining hyech bir bosqichini mehnatsiz ilmsiz, 
kasb-hunarlarsiz tasavvur qilmaydilar. Bu borada bu yerda uzoq o’tmishdan 
bittagina dalilni keltirish bilan kifoyalanamiz.
Ta'limni axborotlashtirishni rivojlantirish quyidagi shartlarga ega: 


21 
- Jamiyatni axborotlashtirishning tezkor jarayoni. Shunday qilib, bugungi kunda 
ko'plab insonlar shaxsiy kompyuterga ega bo'lib, jahon bo'ylab tarmoqqa, jumladan, 
maktab o'quvchilariga, talabalarga ulanadilar. 
- kompyuter texnik vositalarining texnik imkoniyatlarini oshirish va ularning 
narxini pasaytirish, bu ularni yanada qulayroq qilish imkonini beradi. Deyarli har bir 
maktab o'z shaxsiy kompyuter sinfiga ega va zamonaviy maktablar va universitetlar har 
bir tinglovchiga kompyuterlar, multimedia projektorlari va kengashlarni o'rnatadilar. 
Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan 2016-yil mamlakatimizda “Sog‘lom ona 
va bola” yili deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dasturida 
qator dolzarb vazifalar belgilangan bo‘lib, ularni amalga oshirishda ta’lim jarayonini 
yanada takomillashtirish hamda AKTning joriy etilishi muhim ahamiyatga molikdir. 
Sahifamizda qator umumta’lim maktablari va kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari 
tomonidan ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi, taqdim etayotgan imkoniyatlar va 
ularning ijobiy hamda salbiy ta’sirlari haqida fikr yuritiladi.
Fotima Samiqova, Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 265-umumta’lim 
maktabi boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi 


22 
Fotima Samiqova — umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi 
sifatida katta tajribaga ega, ilg‘or innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari 
imkoniyatlaridan foydalanib, amalga oshiradigan faoliyatida ko‘plab shogirdlar 
tayyorlagan ustoz. OAV sahifalarida mazkur sohaga oid ko‘plab maqolalar muallifi. 
Kun 
sayin 
hayotimizning 
har 
bir 
sohasiga 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda. 
Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari, 
kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz o‘tkaza olmay qoldik, ulardan 
foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va ta’lim olishdagi vazifalarimizni 
yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida ta’lim tizimida ham 
turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. 
AKT nafaqat o‘quvchilarda bilim va malakalarini shakllantirishga, balki ularning 
shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga ham xizmat 
qiladi. Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik va ilg‘or pedagogik sohalarda chop 
etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi 
haqidagi fikrlar ta’kidlanayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. AKT imkoniyatlaridan 
foydalanish ta’lim jarayonida beriladigan axborotlar doirasini boyitish va o‘quvchilar 
tomonidan qiziqish bilan o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Ta’lim jarayoniga AKTning 
joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos bo‘lgan ta’limga yangicha 
yondashuv shakllana boshladi. 
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — inson hayotida egallaydigan bilimlar olamining 
poydevori bo‘lib hisoblanadi, kelajakda o‘zlashtirib boradigan fanlarga, umuman 
o‘qishga qiziqishi aynan bolaning ilk o‘qituvchisi, boshlang‘ich sinflarda egallagan 
savodxonligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ham boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi 
zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Ilgari boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi asosan 
o‘qish, yozish, dastlabki matematik bilimlarni o‘zlashtirishi kerak deb qaralgan bo‘lsa, 
bugungi kunda o‘quvchini fikrlashga, faollikka, mustaqillikni rivojlantirishga va 
bilimlarni mantiqiy jihatdan mukammal egallashga undovchi ta’lim jarayonining 


23 
muhim bosqichi sifatida yondashilmoqda. Shu sababli ham ta’lim jarayonining 
qiziqarliligi va samarasini yanada oshirish zarurati yuzaga keladi va bunda mazkur 
jarayonga AKTni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining faoliyati eng avvalo, jajji o‘quvchi-
bolajonlarni ta’lim muhitiga moslashtirish bo‘lib hisoblanadi. Ularda o‘qish jarayoniga 
qiziqish hamda zamonaviy o‘quvchilarga zarur bo‘lgan xususiyatlarni shakllantirish, 
ta’lim jarayonining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish birinchi o‘qituvchining 
vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davr boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi o‘quvchi-
bolalarni zamonaviy axborot jamiyati sharoitlarida o‘qitish, ta’lim va tarbiya berish, 
ularga dastlabki bilimlarni zamon ruhiga muvofiq ravishda, yetkazib bera bilishi zarur. 
O‘qitishning asosiy maqsadi — o‘quvchi bolalarning bilimlarni o‘zlashtirish hamda 
ta’lim jarayonida olgan axborotlardan amaliy foydalanish jarayonlarini ham anglab 
borishga o‘rgatishdan iborat. 
Ma’lumki, bugungi kunda deyarli ko‘pchilik zamonaviy o‘quvchi-bolalar 
umumta’lim maktablari ostonasiga qadam qo‘ygunga qadar, oilada axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan tanish bo‘lgan, hatto ulardan foydalana 
biladigan holda kelmoqdalar. Ular haqiqatdan ham axborot asrida tug‘ilib, hali atrof-
olamni anglamay turib, zamonaviy aloqa qurilmalari, kompyuter va boshqa gadjetlarni 
ko‘rib, ularning funksiyalari bilan tanish bo‘lgan holda ulg‘aymoqdalar. Bunday 
vaziyatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining eng muhim ahamiyatga molik 
vazifalari — bu o‘quvchilarga mazkur qurilmalar, ulardan foydalanish me’yorlari 
haqida ilk tushunchalarni berishdan iborat. O‘quvchilarda axborotlar olamidan 
o‘zlariga taalluqli axborotlarni to‘g‘ri tanlay bilish dastlabki salohiyatini 
shakllantirishda birinchi o‘qituvchining o‘rni muhim ahamiyatga molik. Bunda nafaqat 
o‘qish, ta’lim va tarbiya jarayonida tushuntirish ishlari, balki boshlang‘ich ta’lim 
muassasasining AKTdan foydalanish darajasi, o‘quv dasturidagi boshqa asosiy fanlarni 
o‘qitish jarayoniga ham AKTni joriy etib borish katta ahamiyat kasb etadi. 


24 
Boshlang‘ich ta’lim jarayoni o‘qituvchilari zamon talabiga mos dars o‘tishlari 
uchun AKT sohasida salohiyatga ega bo‘lishlari zarur. Bu hozirgi davrda uzluksiz 
ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir. Umumiy ma’noda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi salohiyati tushunchasida insonning AKT 
savodxonligi, ya’ni kundalik hayotida ham, kasbiy faoliyatida ham undan to‘g‘ri 
foydalana olish qobiliyati nazarda tutiladi. 
Pedagogning AKT sohasidagi bilimlari salohiyati ularning ushbu sohada malaka 
oshirishlari orqali amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari muntazam 
ravishda, AKT bo‘yicha malaka oshirishlari, shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimi 
talablariga muvofiq bo‘lish uchun mustaqil ta’lim orqali ham o‘z bilimlarini oshirishlari 
zarur. Bundan tashqari, o‘qituvchilar Internet vositasida turli ilmiy-amaliy 
konferensiyalar, seminarlar materiallaridan foydalanishlari, hamkorlar bilan tajriba 
almashish maqsadida hozirgi davrda kengayib borayotgan o‘qituvchilar forumlaridan 
foydalanishlari ham foydadan holi bo‘lmaydi. 
Shunday qilib, AKTni joriy etish va Internet tarmog‘idan foydalanish o‘qituvchi 
kasbiy mutaxassislik sohasida quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: 
o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi; 
o‘qituvchining o‘z kasbiga ijodiy yondashuvi uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim 
etadi; 
o‘qituvchining mustaqil ta’lim olishi, masofaviy malaka oshirishi uchun keng 
imkoniyatlar taqdim etadi. 
Shaxnoza Qayumova, Samarqand viloyati, Norpay tumani 57-umumta’lim 
maktabining boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi
Shaxnoza Qayumova — sifatida o‘z kasbiy-mutaxassislik faoliyatiga ijodiy 
yondashish, har bir o‘quvchining induvidual xususiyatlarini hisobga olib, ta’lim-tarbiya 
berish g‘oyasini ilgari suradi. AKT hamda Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan keng 
foydalanib, dars o‘tishga intiluvchi iqtidorli o‘qituvchilardan. 


25 
Hech kimga sir emaski, bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham AKT 
vositalaridan bemalol foydalana oladilar va kompyuterga oid savodxonlik doirasida 
bilimga ega bo‘lishlari ham mumkin. 1–2 sinf o‘quvchilari ham hatto telefon, planshet 
kabi ko‘plab zamonaviy vositalardan foydalanish, tovushli va video axborotlarni qabul 
qilish va uzatish, kompyuter ekranidagi imkoniyatlar bilan ishlash, fayllar tizimi, 
interaktiv majmualar bilan tanishishni o‘zlashtirib olgan bo‘lishlari ham ehtimoldan 
holi emas. 
Shunday ekan, bunday zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga dars 
o‘tuvchi o‘qituvchidan ham AKT vositalaridan keng foydalanish, dars jarayoniga tatbiq 
etish uchun turli loyiha va taqdimotlar tayyorlash hamda o‘quvchilar uchun darsni 
interaktiv va innovatsion texnologiyalar asosida yanada qiziqarli qilib, taqdim etish 
talab etiladi. O‘quvchi atrof-olamga oid bilimlar bilan bir qatorda, AKTga oid 
bilimlarning asosini ham aynan o‘qituvchidan olgani ma’qul deb hisoblayman. Shu 
bois, bugungi kunda o‘qituvchining AKTga oid va innovatsion texnologik malakalari 
darajasini muntazam oshirib borish zarurati yuzaga keladi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishdan 
maqsad ham aynan o‘quvchilarni zamonaviy axborotlar, texnika vositalari bilan 
tanishtirish, bu sohada savodxonlik darajalarini oshirish, eng asosiysi, mazkur 
axborotlardan to‘g‘ri foydalanish malakalarini oshirishdan iboratdir. Boshlang‘ich 
ta’lim o‘qituvchisi sifatida shuni ta’kidlamoqchi edimki, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchi 
hayotida har bir o‘zlashtirib boradigan bilim va malakalarining poydevori bo‘lib 
hisoblanadi, shu sababli ham o‘qitish sifati boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi zimmasiga 
katta mas’uliyat yuklanadi. 
Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi o‘qituvchiga kasbiy-mutaxassislik 
faoliyatida rivojlanib, katta bilim va tajribaga ega bo‘lib borishida muhim ahamiyatga 
ega. 
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisini boshqa fanlar o‘qituvchilariga nisbatan ta’lim 
sohasining eng universal mutaxassisi deyish mumkin. Uning asosiy vazifalari qatoriga 


26 
o‘quvchi-bolalarga o‘qish, yozish, matematik tushunchalar asoslari va atrof-olam 
haqidagi dastlabki bilimlarni berish, shuningdek, ularda umumiy ta’limga oid 
dunyoqarash va kommunikativ salohiyatlarini shakllantirishdek hayotiy muhim 
masalalar ham kiradi. Fanlarga oid yangi bilimlarni egallab borishda ham kompyuter 
va raqamli texnologiyalardan foydalanish katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Raqamli 
ta’limiy resurslar yordamida o‘qituvchi o‘quv materialining ko‘rgazmaliligini, 
qiziqarliligi va samarasini oshirishi mumkin, ayniqsa, o‘quv materialining 
ko‘rgazmaliligidan foydalanish boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisiga juda qo‘l keladi. 
Bundan tashqari, AKTdan foydalanish turli tadbirlar o‘tkazishda ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Yaqinda ta’lim muassasamizda ham shunday tadbirlardan biri — 
«Sog‘lom ona va bola yili»ga bag‘ishlab, «Biz sog‘lom farzandlarmiz» nomli tadbir 
o‘tkazdik. Bayramona ruhda o‘tkazilgan tadbir mazmuni o‘quvchilarning turli fanlarga, 
shuningdek, AKTga oid bilimlari tanlovi bilan boyitilgandi. Unda o‘quvchilar 
zamonaviy AKT vositalarining yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga ta’sir etuvchi foydali 
va zararli jihatlarini aks ettiruvchi chiqishlarni namoyish etdilar. Boshlang‘ich sinflar 
o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan mazkur tadbirni tayyorlashda AKT vositalaridan 
foydalanish uning yanada qiziqarli o‘tishini ta’minladi. 
Xulosa qilib aytganda, AKT imkoniyatlarining joriy etilishi evaziga zamonaviy 
ta’lim jarayonining samaradorligi va qiziqarliligi yanada oshadi. O‘quvchilarning 
dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyatini ta’kidlagan holda ulardan 
foydalanish me’yorlarini unutmasligimiz zarur. 
Buviniso Abdukarimova, Toshkent pedagogika kolleji o‘qituvchisi 
Buviniso Abdukarimova — ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi. 
Biologiya fani o‘qituvchisi sifatida katta salohiyatga ega.Fanni o‘qitishda zamonaviy 
interaktiv va innovatsion texnologiyalardan foydalanib, alohida yondashuvi sababli 
ko‘plab shogirdlar yetishtirgan mahoratli ustoz.
Zamonaviy o‘qituvchi va uning dars o‘tish usuli bundan hatto 10–15 yil avval 
faoliyat yuritgan o‘qituvchilar va ularning dars o‘tish usullaridan katta farq qilishi shart. 


27 
Bugungi kun o‘qituvchisi kompyuter va AKT hamda Internet tarmog‘i 
imkoniyatlaridan keng foydalana bilishi zarur. Ta’limiy dasturlar, raqamli ta’limiy 
resurslar hamda axborot manbalaridan foydalanish, zarur axborotlarni topish va ta’lim 
masalalarini hal etishga muvofiqlarini tanlab ola bilish, axborot muhiti vositalaridan, 
shuningdek, skaner, raqamli fotosuratga olish qurilmasi va videokamera, raqamli 
mikroskop, proyeksion uskunalardan foydalanishni bilishlari shart deb hisoblayman. 
Pedagogik faoliyatga o‘qituvchi kadrlarni tayyorlashda ta’lim jarayonini 
axborotlashtirish va axborot texnologiyalari tizimi haqida chuqur bilim berilishi zarur. 
Hozirgi davrda o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) 
taqdim etayotgan zamonaviy imkoniyatlardan foydalanish ta’lim jarayoni samarasini 
oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. AKT ta’lim jarayonida o‘quvchilarga 
nafaqat bilim va mazkur sohada malakalarini shakllantirish, balki ularning 
dunyoqarashlarini kengaytirish, shaxsiy sifatlariga ta’sir etib, intellektual rivojlantirish, 
bilishga qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. 
Bu haqda ko‘plab olimlar tadqiqotlarida ta’kidlanganligi, OAV materiallari ham 
guvohlik beradi. AKT o‘quvchilarning ijodiy tafakkurlari rivojlanishiga ham kuchli 
ta’sir etadi. O‘quvchilarga bilim berish jarayonida axborotlarning obrazli ifodalanishi 
o‘quv materialini yanada boyitib, oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Umuman 
olganda, ta’lim-tarbiya jarayoniga AKT joriy etilishi quyidagi afzalliklarga ega ekanligi 
haqida ko‘p ta’kidlanadi: 
AKT vositalari o‘quvchilarni ta’lim jarayonida fanlarni o‘zlashtirishga alohida 
jalb etish va qiziqishlarini oshirishda muhim omillardandir; 
o‘quvchilarni intellektual faoliyatga undaydi; 
o‘quvchilarni fanlar bo‘yicha turli olimpiada, viktorina, tanlovlarga tayyorgarlik 
ko‘rishlarida ijobiy imkoniyatlarni taqdim etadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bo‘lajak o‘qituvchilar faoliyatida quyidagi 
tavsiyalar foydadan holi bo‘lmaydi deb o‘ylaymiz: zamonaviy o‘qituvchi o‘quvchilar 
bilan axborotlashgan ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikda muloqot qilishi uchun ham 


28 
axborot texnologiyalariga oid bilim va malakalarga ega bo‘lishi, ta’lim jarayonidagi 
turli vaziyatlarda o‘z bilim va malakasi bilan o‘quvchilarning talablariga javob berishi 
zarur; AKTdan foydalanib, yangi metodik masalalarni hal etishi, fanga oid bilimlarini 
chuqurlashtirishi, o‘z kasbiy mahorati darajasini oshirishi zarur; 
AKTga oid savodxonlik o‘qituvchining o‘quvchilar, hamkasblar, ota-onalar 
oldida obro‘yini oshirish omillaridan biri ekanligini to‘g‘ri anglash zarur; kompyuter 
o‘qituvchiga o‘quvchilar o‘zlashtirishini kuzatish uchun monitoring bazasini tashkil 
etish, o‘quvchilar erishayotgan natijalarini samarali kuzatish vositasi sifatida 
foydalanishni bilish; o‘qituvchilik kasbiy-mutaxassislik faoliyatiga ijodiy 
yondashishga rag‘batlantiruvchi vosita sifatida foydalana bilish zarur. 
Ota-onalar ham AKT vositalaridan foydalanayotgan farzandlari tarbiyasida 
quyidagilarga e’tiborli bo‘lislari zarur degan fikrdamiz: farzandingiz zamon bilan 
hamnafas ulg‘ayib borishida kompyuter va boshqa zamonaviy qurilmalardan 
foydalanishlariga to‘sqinlik qilmang, biroq ulardan to‘g‘ri foydalanishlarini doimiy 
nazorat qilib boring. Farzandlaringiz o‘zligini anglab borishida hamda shaxs sifatida 
rivojlanishlarida mazkur qurilmalarning ijobiy ta’sirini ham ta’kidlash zarur; 
kompyuter farzandlaringizning mustaqil ta’lim olishida qulay imkoniyat yaratuvchi 
yanada qiziqarli omil bo‘lishiga e’tibor bering; kompyuter, planshet kabi qurilmalardan 
to‘g‘ri foydalanish ma’lum ma’noda farzandlaringiz bilan munosabatingizga ijobiy 
ta’sir etadi. 
Eng asosiysi, voyaga yetmagan har qanday yoshdagi farzandlaringizning nafaqat 
AKT va Internet imkoniyatlaridan foydalanishlari, balki boshqa sohalardagi kundalik 
hayot-faoliyatlarini nazorat qilish hamda doimo xabardor bo‘lish zarurligini unutmang. 

Download 0,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



audioaxborot (ovoz), videoaxborot va animatsiya (multiplikatsiya, «tirik video»)

Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish