• Shoxli yirik mollarni so‘yish texnologik sxemasi
  • Hayvonlarni hushsizlantirish.
  • §. CHORVA MOLLARINI SO‘YISH TEXNOLOGIYASI




    Download 1,23 Mb.
    bet124/231
    Sana13.02.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #155970
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   231
    Bog'liq
    Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

    §. CHORVA MOLLARINI SO‘YISH TEXNOLOGIYASI


    Mollarni so‘yishga tayyorlash. Qoramollarni so‘yishdan oldin jin- si, yoshi va oriqligiga ko‘ra guruhlarga ajratish tavsiya etiladi, bu esa so'yilgan mollarning mahsulotini qayta ishlash jarayonini birmuncha yengillashtiradi.
    Mollarni so‘yishga tayyorlash, asosan, so'yishdan oldin mol saqlash bo‘limida amalga oshiriladi. Go‘sht kombinati maydonida mollarni so‘yish bo'limiga yo'naltirilgan yo'lak tayyorlanadi-yu, bunda vaqtincha saqlash xonalari bo'lib, hayvonlar o‘z turiga ko‘ra guruh holda saqlanadi. Mollarni so‘yishdan oldin veterinariya vrachi yana bir bor barcha hayvonlarni birma-bir ko‘zdan kechirib chiqadi. Agar kasalligi gumon hisoblangan mollar bo‘lsa, ular ajratib olinadi va tana harorati o‘lchanadi. Bunda ko‘pincha og‘irligi 0,5 kg bo‘lgan TNEV-1 rusumli elektr harorato‘lchagichdan foydalaniladi.
    Mollarni so'yishdan oldin 24 soat davomida och qoldiriladi, bu esa ularni oshqozon-ichak sistemasidan mumkin qadar ko‘proq axlatni chiqarib tashlashga mo‘ljallangan. Lekin sug'orish ishlari so‘yishga uch soat qolguncha davom ettiriladi. So‘yishdan oldin mollar cho‘miltiriladi. Bu esa go‘shtning toza bo‘lishi, xizmatchilarning qo‘llari ifloslanmasligi uchun muhim tadbir hisoblanadi. Mollarning oyoqlari ham toza bo‘lishi kerak. Hayvonlarni cho'miltirishda maxsus dush yoki shlanglardan foydalaniladi.
    Shoxli yirik mollarni so‘yish texnologik sxemasi quyidagi bosqichlardan iborat: mollarni haydab kirish va hushsizlantirish; osma yo'lga ko‘tarish; so‘yish; qonsizlantirish; terisini shilish yo'liga o‘tkazish; kallani kesib olish; terini shilish; ichki organlarini ajratish; tanani ikki qismga arralash; quruq tozalash; ho‘l tozalash; tamg‘alash; tortish.
    Hayvonlarni hushsizlantirish. Yirik mol va cho‘chqalar hushsizlan- tiriladi. Mayda mol va buzoqlar hushsizlantirilmaydi. Hushsizlantirishdan maqsad mol oyog‘iga g‘ildirakli zanjir bog'lab osma yo‘lga ko‘tarishda ishchi mehnatini xavfsizlantirishdir.


    219
    Hushsizlantirish shunday olib borilishi kerakki, bunda mol yuragining faoliyati o'zgarmasligi lozim. Yurak ishlab turganida mol so‘yilsa, uni qonsizlantirish toliq bo‘lib, undan olinadigan mahsulotlar sifatli va saqlashga chidamli bo‘ladi.
    Hayvonlarni hushsizlantirishning birmuncha usullari bo‘lib, hammasida ham agar hayvon qonsizlantirilmasa oradan bir necha minut o‘tgach u yana o‘ziga keladi.
    Bolg'a bilan hushsizlantirish. Bunda og‘irligi 2 kilogramm va dastasi


    1. metr bo‘lgan bolg‘adan foydalaniladi. Molni chap qulog‘idan o‘ng ko‘ziga va o‘ng qulog‘idan chap ko‘ziga chiziqlar kesishgan joyiga bolg'a bilan uriladi. Urish kuchi bosh suyagini shikastlamasdan, faqat miyaning molekular aloqasini o‘zgartira olishga yetarli bo‘lishi kerak.


    Otuvchi apparat bilan hushsizlantirishda to‘pponchadan foydalaniladi. Unda diametri 9 mm bo‘lgan gazsiz sochma o‘q solinib hayvonning miyasiga otiladi. Miyaga kirgan o‘q hayvonni hushsizlantiradi. Bunda yurak urishi davom etadi va qonsizlantirish jarayoni yaxshi natija beradi.
    Elektronarkoz yordamida hushsizlantirish usuli hozirgi vaqtda keng tarqalgan. Bu usul ma’lum kuchlanishga ega bo‘lgan elektr tokining qisqa muddatda molning markaziy asab sistemasiga ta’siriga asoslangan.

    Download 1,23 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   231




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    §. CHORVA MOLLARINI SO‘YISH TEXNOLOGIYASI

    Download 1,23 Mb.