|
Lavlagi strujkasini qarama-qarshi oqimda qandsizlantirish
|
bet | 120/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgLavlagi strujkasini qarama-qarshi oqimda qandsizlantirish.
Diffuzion sharbatni tozalash prinsipial sxemasi.
Utfellarni qaynatish va kristalli shakarni olish.
Ottyoklarni qayta ishlash.
Suyuq shakar ishlab chiqarish texnologiyasi.
Qand-rafinad ishlab chiqarish texnologiyasi.
tajriba ishi
Mavzu. Shakar va qand-rafinadning assortimentini o'rganish va sifatini aniqlash.
Maqsad. Shakar va qand-rafinadning assortimenti bilan tanishish, ularning sifat ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish.
Mazmuni. Standartlar, ma’lumotnomalar, uslubiy ko'rsatmalardan foydalanib, shakar va qand-rafinadning assortimentini o'rganish, laboratoriya asbob va uskunalarini qo'llab, ularning sifat ko'rsatkichlarini aniqlash va xulosa chiqarish.
209
bob. GO'SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI
§. GO'SHT SANOATINING RIVOJLANISHI
Mustaqillik yillarida 0‘zbekistonning barcha viloyatlarida go‘sht sanoati o‘zining texnikaviy potensialini tiklab oldi va taraqqiy eta boshladi. Yangi kichik kushxonalar va go‘shtga dastlabki ishlov berish korxonalari barpo etildi. Mahsulot ishlab chiqariladigan asosiy bo‘limlar qurilma va uskunalar bilan jihozlandi. Umuman hozirgi vaqtda barcha jarayonlar uskuna va texnik vositalar yordamida ishlashga o‘tgan.
Bulardan tashqari sanoat korxonalarida texnik mahsulotlar, hayvonlar uchun oqsil, oziqalar, tibbiy preparatlar va galantereya buyumlari tayyorlash ishlari ham amalga oshirilmoqda,
So‘nggi yillarda go‘sht sanoati tizimida barcha texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sotuv tashkilotlariga sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetkazib berish chora-tadbirlari tobora jadallashmoqda. Shuningdek, so‘yilgan hayvonlarning qoni, suyagi, iste’molga yaroqsiz bo'lgan hayvon chiqindilaridan foydalanish, texnik yog‘, oqsil tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Fizika, kimyo, biokimyo va mikrobiologiya fanlari yutuqlaridan amaliyotda keng foydalanilmoqda. Bu esa chiqindi mahsulotlardan unumli foydalanish imkonini bermoqda.
Umuman, hozirgi zamonaviy go‘sht korxonasi-murakkab agregat, avtomatlar va konveyer liniyalarga ega bo‘lgan sanoat kompleksi hisoblanadi. Go'sht va go'sht mahsulotlarini sun’iy usulda sovitib berish va muzlatish imkoniga ega bo‘lgan sovuqxonalar mavjud.
Bulardan tashqari ular keng miqyosda yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotini tayyorlab berish, texnik mahsulot yetishtirish va hayvonlar uchun to‘la qiymatli oziqa ishlab chiqarish imkoniga ega.
Go‘sht korxonalaridagi ishlab chiqarish bo‘limlari, asosan, quyi- dagilardan iborat:
hayvonlarni so‘yishdan oldin saqlash bo'limi;
so'yish va terini shilish, yoki tanaga ishlov berish bo‘limi (bunga yog‘-moy, teri va ichak boMimi va hayvon go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash bo‘limlari kiradi);
210
kalla-pocha mahsulotlarini yig‘ish va qayta ishlash bo‘limi;
kolbasa va konserva tayyorlash bo‘limi va sovuqxona;
qadoqlab o'lchash va yarimtayyor mahsulotlarni tayyorlash bo‘limi;
texnik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va hayvonlarga oziqa tayyorlash bo‘limi shular jumlasidandir.
So'nggi yillarda keng quloch yozayotgan, yangi tashkil etilayotgan fermerchilik harakati, shaxsiy dehqon xo‘jaliklari o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turli xil chorva hayvonlari va parrandalarni ko‘paytirib, boqib semirtirish, olinadigan mahsulot sifatini yaxshilash chora-tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada viloyatlarda ham ko'plab fermer xo‘jaliklari ulkan natijalarga erishmoqdalar. Ular chorva sonini tobora ko‘paytirish, naslini yaxshilash, yem-xashak bazasining barqarorligini oshirish kabi tadbirlarga alohida e’tibor berganlari holda astoydil mehnat qilmoqdalar.
Umuman mamlakatimizda go‘sht ishlab chiqarish sanoati uchun xomashyo bazasi sifatida fermer va jamoa xo‘jaliklarining tutgan o‘rni nihoyatda salmoqlidir.
Go‘sht sanoati korxonalarida qayta ishlanadigan asosiy xomashyolarga qoramol, qo‘y-echki, cho‘chqa, quyon, parranda va boshqalar kiradi. Shuningdek, go‘sht uchun ot, tuya va boshqa hayvonlar ham qayta ishla- nadi.
Go‘sht uchun hayvonlarlarni so‘yish ma’lum darajada jamoa xo‘jaliklari va dehqon-fermer xo‘jaliklarining o‘zida bajariladi va mahsulotning qayta ishlash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Lekin, bunday xo'jaliklar nihoyatda kam bo‘lib, ularni rivojlantirishda ko‘plab muammolarga duch kelinmoqda. Chunonchi, kichik so‘yish maydonchalarini qurish, kushxonlarni va ixchamlashtirilgan mol so'yish sexlarini tashkil etish, ularni maxsus asbob-uskunalar bilan ta’minlash, shuningdek, eng asosiysi, malakali texnolog kadrlarning yetishmasligi eng muhimlaridan hisoblanadi.
|
| |