§. QAND-RAFINAD SHAKAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI




Download 1,23 Mb.
bet117/231
Sana13.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#155970
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   231
Bog'liq
Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

§. QAND-RAFINAD SHAKAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI


Qandlavlagidan olingan shakarda juda kam miqdorda noqandlar (bo'yovchi moddalar, kul elementlari va boshqalar) mavjudligi tufayli u sariq tusli rang, o‘ziga xos ta’m va hidga ega boiishi mumkin.
Oddiy shakarni qo‘shimcha tozalash va qaytadan kristallash natijasida shakar-rafinad va qand-rafinad olinadi («rafinatsiya»-tozalash ma’nosini anglatadi). Bunda bo‘yovchi, mineral moddalar va boshqalar qo'shimcha ravishda ajratiladi.
Qand-rafinad ishlab chiqarishning asosiy maqsadi yuqori sifatli kristalli mahsulot olishdan iborat boiib, uning quruq moddalarida sof saxarozaning miqdori 99,9% dan kam bolmasligi lozim (GOST 22).
Qand-rafinad shakar-rafinad, bolakcha qand-rafinad: presslangan ushatilgan, quyilgan qand xossasiga ega presslangan ushatilgan, tez eruvchan, shu jumladan, alohida-alohida qadoqlangan yolbop, qnyilgan ushatilgan ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Presslangan ushatilgan qand- rafinad aniq oichamlarga ega alohida bolakchalar shaklida, quyilgan qand-


203
rafinad o'lchamlari 40-70 mm ixtiyoriy shaklga ega boMgan ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda quyilgan qand-rafinad tayyorlanishi qiyin bo‘lganligi sababli juda kam miqdorda ishlab chiqariladi.
Rafinatsiyalashmng asosiy jarayoni -saxarozani ko‘p martali kristallizatsiyalash va qiyomni fizik-kimyoviy (adsorbsion) usullarda tozalashdan iborat. Qand-rafinad ishlab chiqarishda mahsulotlar ikki guruhga bolinadi: rafinadli (2-3 pog‘onali) va mahsulotli (3-4 pog‘onali). Qand-rafinad faqat birinchi ikki yoki uch sikllarda olinadi, qolgan sikllar, ottyoklarni qandsizlantirish va olingan sariq shakarni adsorbsion tozalashga qaytarish va kristallizatsiyalashdan iborat. Shunday qilib qand-rafinad ishlab chiqarishda ko‘p martali kristallizatsiyalash qo‘llaniladi va har bir kristallizatsiyadan oldin qiyom mexanikaviy va adsorbsion usullarda tozalanadi. Bunda texnologik jarayonlar siklik tarzda takrorlanadi, buning natijasida shakar saxarozasi qand-rafinad saxarozasiga aylanadi, noqandlar esa shakar oz qismi (0,6-0,9%)ni ushlab qolgan holda rafinad patokasida to‘planadi.
Qand-rafinad ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: shakarni tarozilarda tortib olish va elash; rafinad qiyomi va klers tayyorlash; qiyomdan mexanik aralashmalarni olib tashlash; qiyomni adsorbsion tozalash; qiyomni kristallar hosil boiguncha quyultirish; kristallizatsiya; sentrifugalash va kristallarni oqartirish; rafinad bo‘tqasini olish; rafinad bo‘tqasini presslash; briketlarni quritish va sovitish; briketlarni ushatish; qand-rafinadni qadoqlash, joylash va saqlash.
Ishlab chiqarishga tushadigan shakar avtomatik tarozilarda tortiladi, aralashmalar (ip, yorliqcha, xaltaning pati va boshqalar) dan tozalash uchun elanadi va rafinad qiyomi tayyorlash uchun beriladi. Rafinad qiyomi odatdagi shakarni eritib, quruq moddalar miqdori 73 % ga yetguncha qaynatiladi. ^/er.v-yuqori sifatli shakar, rafinad ishlab chiqarishning quruq chiqindilari, rafinad guruhidagi tanlangan adsorberlarni suvda eritish yo‘li bilan olinadi. Qiyomlarning harorati 75 °C, pH i 7,5 dan past bo‘lmasligi lozim. Mexanik aralashmalarni olib tashlash uchun qiyomlar shag‘al yoki filtrperlit orqali o‘tkaziladi va rangsizlantirish hamda mineral aralashmalardan tozalash maqsadida adsorbsion usulda tozalanadi.
Adsorbsion tozalash uchun granulalangan, aktivatsiya qilingan ko‘mir AGS-4, ba’zan norit va karborafin ko‘mirlari qoilaniladi. Qiyomni rangsizlantirish uchun uzlukli va uzluksiz usullardan foydalaniladi.
Uzlukli ishlaydigan adsorber 0,8-1,2 m diametrga, 8-10 m baland- likka ega silindrik sig'imdan iborat. Adsorber ko‘mir bilan toldiriladi va 204
yuqoridan qiyom quyiladi. Adsorberga quyiladigan rafinad qiyomining harorati 80°C, mahsulotli qiyomniki-75 °C ni tashkil qilishi kerak. Tozalangan qiyom adsorberning tubidan chiqadi va nazorat filtrlash amalga oshiriladi. Uzluksiz usulda rangsizlantirishda qiyom adsorberning pastki qismidan berilib, adsorbent yuqoridan solinadi va qiyomda osilgan holda qiyom bilan aloqaga kirishadi. Rangsizlantirilgan qiyom filtrlash qurilmasidan o‘tgandan keyin nazorat filtrlashga beriladi. Apparatlarni toldirish uchun qollanilgan kolnir 10-15 kun ishlatilgandan keyin to‘liq yangilanadi yoki qayta tiklanadi (regeneratsiyalanadi).
KAD, MD, glukonat-4 kabi kukunsimon ko‘mirlar granula- langanlarga nisbatan kattaroq adsorbsion yuzaga ega. Ular 20% li suvdagi suspenziya yoki qiyom bilan aralashma tarzida qollaniladi, bunda qiyom va ko'mir maxsus mashinalarda aralashtiriladi yoki aktivatsiya qilingan ko‘mir qatlami orqali o‘tkaziladi. Aktivatsiya qilingan ko‘mir qatlami orqali qiyom 10-15 minut davomida olkaziladi. Ishlatilgandan keyin kukunsimon ko‘mirlar regeneratsiya qilinmaydi.
Qiyomlarni rangsizlantirish uchun sanoatda ion alamashinuvchi smolalar (yelimlar) ham qollaniladi. Ular sun’iy yol bilan olingan organik moddalar bolib (AV-17-2P), o‘z ionlarini qiyomdagi shu zaryadli ionlar bilan tezda almashinish qobiliyatiga ega. Bunda rangsizlantirishga yuboriladigan qiyomlarning harorati 80 °C dan oshmasligi, pH esa 7,1­


  1. oraliglda boiishi kerak. Qiyomlarni ionitlarda tozalash reaktorlar va yordamchi jihozlardan iborat boigan ion almashinuvchi qurilmalarda amalga oshiriladi.


Rangsizlantirilgan qiyomlar quyultirish uchun vakuum-apparatlarga beriladi. Rafinad utfelini qaynatish xuddi lavlagidan shakar olishda utfelni qaynatish jarayonidan farqlanmaydi. Faqat rafinad utfellarniki shakarnikiga nisbatan tezroq qaynatiladi: rafinadli utfellar-70-85 minut, mahsulotli utfellarniki-2-3 soat, chunki bu quyultiriladigan qiyomlar shakarnikiga nisbatan yuqori tozalikka va konsentratsiyaga (65 % o‘rniga 73 %) ega.
Rafinad utfelini olishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, uni quyultirish jarayonida intensiv ko‘k rangga ega ultramarin (10 tonna utfelga 70 g miqdorida) kiritiladi. Uni ishlatishda tayyor mahsulot ko‘kamtir tusga ega boiadi, bu sariq tusni yashirib, mahsulotning oq rangliligi darajasini oshiraHi
Kristallizatsiyalanuvchi rafinad utfellari 75 °C haroratda quruq moddalar miqdori 91,0-91,5 % ga yetguncha quyultiriladi. Mahsulotli


205

utfellarniki esa quruq moddalar miqdori utfel I uchun 91,0-91,5%, utfel



  1. uchun-90,5-91,0, utfel III uchun-90,0-91,0 va utfel IV uchun 89,0­90,0% ga yetguncha quyultiriladi.


Tayyor utfel utfel aralashtiruvchi kristallizatorlarga qo‘shimcha kristallizatsiyalash uchun tushiriladi. Sovitish va kristallizatsiyalash jarayonida utfel quyuqlashadi. Uning kerakli zichligini saqlab turish uchun navbatdagi mahsulotning qiyomi bilan suyultiriladi (tebratiladi).
Shakar kristallarim ajratish uchun utfelga davriy va uzluksiz ishlaydigan sentrifugalarda ishlov beriladi. Bunda pulsatsiya beruvchi uzluksiz ishlaydigan sentrifugalar keng qoilaniladi. Sentrifuga to‘rtta gorizontal barabanlardan iborat boiib, ular tirqishli elaklardan ishlab chiqilgan va sentrifuga bo‘ylamasi bo'yicha birin-ketin (1, II, III, IV) o‘rnatilgan va 800 ayl/minut tezligi bilan harakatlanadi. Shakar harakatlanishi yolida barabanlar diametrining oshishi ko‘zda tutilgan. Birinchi va uchinchi barabanlar ham aylanma, ham ilgarilanma-qaytma harakatlanadi.
Sentrifugalar gorizontal kojuxda joylashgan bo‘lib, unda birinchi bolimni ikkinchisidan ajratish uchun to‘siq o‘rnatilgan. Shakar ultramarin suspenziyasi qo‘shilgan klers bilan oqlantiriladi. Sentrifugalash va oqartirish natijasida yarimtayyor mahsulot-rafinad bo‘tqasi olinadi. U namlanuvchi klers pardasi bilan qoplangan kristallardan iborat.
Rafinad bo‘tqasida namning miqdori olinadigan qandning qattiqligi bilan bogliq boiib, klersning qoldiradigan miqdori (1,5-1,9%) orqali rostlanadi. Mustahkam qand ishlab chiqarishda, klersning eng ko‘p miqdori qoldiriladi, chunki navbatdagi presslash va quritish jarayonlaridan keyin klersdan kristallizatsiyalanadigan saxaroza monokristallarni sementlashtiradi.
Bir tusli rangga va talab qilinadigan massaga ega boigan briketlarni olish uchun, rafinad bo‘tqasi bir xil kristalli struktura, harorat va namlikka ega boiishi lozim. Kichik kristallar ortiqcha namni ushlab qoladi, yiriklari esa-briketlarning yuzasini notekis qiladi. Shuning uchun turli utfellarni sentrifugalashdan keyin keladigan rafinad bo‘tqasini sentrifugalar ostida joylashgan lentali konveyerda aralashtiriladi. Uning keyingi aralashtirilishi, elevator bilan tashish va lentali konveyer ustiga joylashgan to‘rli barabanlarda elash jarayonida sodir boiadi. Presslashda tushadigan rafinad bo‘tqasidagi kristallar quyidagi oichamlarga ega boiishi kerak: 30%—1—1,5 mm va undan yirikroq; 60%—0,5—1 mm va 10%—0,5 mm gacha.


206
Briket shaklini hosil qilish uchun rafinad bo‘tqasi bosim ostida presslanadi. Rafinad bo‘tqasining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari va saxaroza kristallarini yaqinlashtiruvchi qisish kuchiga ko‘ra briket turli zichlikka, shaklga va o‘lchamga ega boiadi. Bo‘tqam presslash karusel tipidagi presslarda amalga oshiriladi. Uning diskida matritsa va puansonlar joylashgan to‘rtta matritsalar mavjud. Davriy ishlaydigan presslarda bir minutda 28-32 presslash amalga oshiriladi.
Presslangan nam qand-rafinad 8-10 soat davomida quritiladi. Mustahkam presslangan qand rafinadni (bo‘tqa namligi 2,3 % dan yuqori) quritish uchun vakuum-quritgichlar qollaniladi. Vakuum ostida briketlarni quritishning umumiy davomiyligi 5-6 soatni tashkil qiladi.
Quritish va sovitishdan keyin briketlar alohida aniq shaklga, olcham- larga, mustahkamlikka va massaga ega qand-rafinad bolakchalariga ushatiladi va quyidagi mahsulotlar olinadi:


  • presslangan ushatilgan va quyilgan qand xossasiga ega presslangan ushatilgan qand-rafinad parallelepiped shakliga, har biri 11 yoki 22 mm qalinlikka, 7,5, 5,5 va 15 g massaga ega bolakchalar;


  • presslangan tez eruvchan qand-rafinad parallelepiped shakliga,


  1. g massaga ega bolakchalar;


  • quyilgan qand-rafinad olchamlari 40-70 mm, ixtiyoriy shaklga ega;


  • mayda qadoqlangan (yo‘lbop) presslangan qand-rafinad paralle­lepiped shakliga, 5,5 g massaga ega bolakchalar;


  • shakar-rafinad olchamlari 0,2 mm dan kam bolmagan alohida kristallardan iborat; kristallar olchamlari bo‘yicha-mayda-0,2-


  1. 8 mm, o‘rta-0,5-0,8 mm, yirik-1,0-2,5 mm turlari ishlab chiqariladi;


  • qand rafinad kukuni zarrachali 0,1 mm dan katta bolmagan holda shakar-rafinadni maydalash yo‘li bilan olinadi.


GOST 22 talablariga binoan shakar rafinad va qand-rafinad oq rangli (sof, dog'siz) boiishi kerak. Ko‘kimtir tusda bolishiga ruxsat beriladi. Quruq va eritma holatda ta’mi shirin, begona ta’msiz va hidsiz boiishi, suvda tola erishi, bunda eritma tiniq boiishi kerak. Tez eriydigan qand- rafinadning namligi 0,2% dan, shakar-rafinadning namligi esa 0,1 % dan oshmasligi kerak. Barcha ko'rinishdagi qand-rafinadlarda saxarozaning quruq moddalar hisobidagi miqdori 99.9% dan kam bolmasligi lozim.
Shakar va qandni saqlash. Shakar 20 °C dan oshmagan haroratda va havoning nisbiy namligi 70% dan yuqori bolmagan sharoitda, shakar-


207
rafinad va qand-rafinad esa ushbu haroratda havoning nisbiy namligi 80% dan yuqori bo‘lmagan sharoitda saqlanishi kerak. Shakar va qandni o‘tkir hidli mahsulotlar bilan birga saqlash mumkin emas.
Tayanch iboralar: Shakar, qand, qandlavlagi, shakarqamish, noqandlar, sharbatning tozaligi, lavlagi strujkasi, diffuzion sharbat, defekatsiya, saturatsiya, sulfitlash, utfel, kristallizatsiya, o'ta to'yinish koeffitsiyenti, shakar kristallari o'zagini hosil qilish, sentrifugalash, ottyok, affinatsiya, suyuq shakar, qand- rafinad melassa, turp.

Download 1,23 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   231




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. QAND-RAFINAD SHAKAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Download 1,23 Mb.