Utfellarni qaynatish va kristalli shakar olish




Download 1,23 Mb.
bet115/231
Sana13.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#155970
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   231
Bog'liq
Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

Utfellarni qaynatish va kristalli shakar olish. 55-60% quruq moddalarga ega tozalangan qiyom keyingi ishlov berishga yuboriladi. Unda diffuzion sharbatni tozalashda ajratib olinmagan ko‘p miqdorda noqandlar mavjud. Qiyomdan toza saxaroza kristallarini ajratib olish uchun, kristallizatsiya vakuum apparatlarida past haroratda qaynab turgan o‘ta to‘yingan eritmalarda o‘tkaziladi.
Quyultirilgandan keyin olingan mahsulot utfel deb nomlanadi. U


  1. 7,5% suv, 92-92,5% quruq moddalar va taxminan 55% saxaroza kristallaridan iborat. Kristallaro suyuqlik qovushqoq eritma holida bo‘lib, u noqandlar va saxarozaning to‘yingan eritmasidan iborat. Qandlavlagidan, yoqilg‘ini kamroq sarflab, iloji boricha maksimal miqdorda qand olish uchun, saxaroza ko‘p marta kristallizatsiyalanadi. Bunda, mahsulot bolimi- ni uch marta kristallizatsiyalash eng ratsional hisoblanadi (6.8-rasm).


Ushbu sxema bo‘yicha qiyom yig‘gichdan vakuum-apparatga beriladi va quruq moddalar miqdori 92,5% bolguncha quyultiriladi. I kristallizatsiya tayyor utfeli (utfel I) utfelaralashtiruvchi qabulqilgichga tushiriladi. Utfel taqsimlovchi orqali u sentrifugaga beriladi. Sentri- fugalash jarayonida saxaroza kristallari ajraladi va ikkita ottyok hosil bo‘ladi. Kristallar yuzasi kristallaro parda bilan qoplangani tufayli, sentrifuganing o‘zida kristallar 70-95 °C haroratga ega artezian suv bilan yuviladi. Suv utfel massasiga nisbatan 3-3,5% miqdorda sarflanadi. Shunday qilib birinchi ottyok (ottyok I)-biroz kristallarga ega utfelning kristallaro eritmasi bo‘lib, ikkinchi ottyok (ottyok II) kristallarni oqartirish natijasida olingan suyuqlikdir.
Sentrifugadan shakar 0,8-1,0% namlikka ega boigan holda tebranma transportyorga tushiriladi va elevator yordamida quritish-sovitish qurilmasiga uzatiladi. Bu yerda ho‘l shakar issiq havo bilan namligi 0,14% ga yetguncha quritiladi (tarasiz saqlanganda uning namligi 0,03­


  1. 04% boiishi kerak), keyin sovitiladi. Shakar lentali transportyordan o‘tish paytida undan magnit separator yordamida metall aralashmalar olib tashlanadi. Saralash qurilmasida shakardan qumoqchalar ajratib olinadi va kristallar olchamiga ko‘ra uch fraksiyaga boiinadi. Keyin shakar saqlash uchun bunkerga uzatiladi. Havoni shakar changidan tozalash siklonlarda amalga oshiriladi.




Download 1,23 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   231




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Utfellarni qaynatish va kristalli shakar olish

Download 1,23 Mb.