-rasm. Optimal olddefekatsiyalash apparati




Download 1,23 Mb.
bet112/231
Sana13.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#155970
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   231
Bog'liq
Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

6.6-rasm. Optimal olddefekatsiyalash apparati.


193
anionlarini qo'shimcha cho‘ktirish va I saturatsiya uchun yetarli miqdorda talab qilinadigan ohakning ortig‘ini hosil qilish kabi asosiy jarayonlar sodir bo‘ladi.
Amidlarning (asparagin, glutamin va boshqalar) parchalanishi natijasida ammiak ajralib chiqadi, eritmada kalsiy tuzlari to‘planadi, ular esa saxarozaning kristallanishini yomonlashtiradi va uning yo‘qotilishini oshiradi. Redutsiyalovchi qandlarning parchalanishi natijasida sut, sirka, chumoli kabi organik kislotalar paydo bo‘lib, ular ohak bilan kalsiyning eruvchan tuzlarini hosil qiladi. Yog‘larning sovunlanishi natijasida cho‘kmaga tushadigan sovun va glitserin hosil bo‘ladi. Pektin moddalarining parchalanishi natijasida metil spirti, sirka va galakturon kislotalari hosil bo'ladi. Metil spirti sharbatning keyingi bug‘latilishida uchib ketadi, sirka kislotasi eruvchan kalsiy-sirka tuzlarini, poligalakturon kislotasi-qiyin filtrlanadigan shilimshiq kalsiy pektat tuzini hosil qiladi. Shunday qilib, defekatsiya jarayonida eritmaga o‘tgan noqandlardan qiyin filtrlanadigan kalsiyning tuzlari va bo‘yovchilarning hosil bo'lishi tozalangan sharbat sifatini yomonlashtiradi.
Asosiy defekatsiya o‘tkaziladigan apparatlarning tuzilishi, optimal dastlabki defekatsiya o‘tkaziladigan apparatlarnikiga o‘xshaydi. Asosiy defekatsiyaning davomiyligi sharbatdagi noqandlarning miqdori va dastlabki defekatsiyani o‘tkazilgan usuli bilan bog'liq. Sharbatga ohak suti bilan ishlov berish 50 °C dan past haroratlarda (sovuq defekatsiya), 50—60 °C oralig‘idagi haroratlarda (iliq) va 85-90°C haroratlarda (asosiy issiq defeksiya) o‘tkaziladi. Asosiy sovuq defekatsiyaning davomiyligi 20—30 minut, issiq defekatsiyaniki 15-20 minutni tashkil etadi. Kombinatsiyalangan asosiy sovuq-issiq defekatsiyani o‘tkazish usuli noqandlarning yetarli darajada parchalanishini va kuchsizroq rangga ega sharbat olish imkonini beradi. Bunda birinchi pog‘onada-sovuq defekatsiya (50 °C dan past haroratlarda) 20-30 minut davomida, ikkinchisida-issiq defekatsiya (85 °C haroratda)-15-20 minut davomida o‘tkaziladi.

Download 1,23 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   231




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Optimal olddefekatsiyalash apparati

Download 1,23 Mb.